Umida YoziyevaMagistratura bo'lim boshlig‘i,
|
Qarshi davlat universitetida magistratura bo‘limi 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab faoliyat ko‘rsata boshlagan. Hozirda universitetda 25 ta mutaxassisliklar bo‘yicha talabalar tahsil oladilar.
Magistraturada o‘quv jarayoni yuqorida qayd etilgan barcha mutaxassisliklar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari bilan tasdiqlangan malaka talablari va 2023-2024 o‘quv yillarida tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejalari, Universitet Ilmiy Kengashida muhokamadan o‘tgan va tasdiqlangan ishchi o‘quv sillabuslari hamda o‘quv jarayoni jadvallari asosida tashkil etilgan.
Magistratura mutaxassisliklarini tayyorlashda kafedra professor-o‘qituv-chilarining ilmiy salohiyatlari ham e’tiborga olingan. Hozirda magistratura yo‘nalishlarida 27 nafar fan doktori professorlar 52 nafar fan nomzodi (PhD) dotsentlar hamda 5 nafar katta o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadilar. Har bir mutaxassislikka buyurtmalar berishda shu mutaxassisliklar bo‘yicha fan doktorlari va fan nomzodlari mavjudligi nazarda tutilgan. Magistratura mutaxassisliklari Qashqadaryo viloyati va qo‘shni viloyatlarning magistratura mutaxassisliklariga bo‘lgan talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda buyurtmalar asosida tayyorlanib kelinmoqda.
Mutaxassisliklarni tayyorlashda moddiy-texnika bazasining mavjudligi muhim o‘rin tutadi. Mutaxassislik kafedralarida, o‘quv-ilmiy labarotoriyalarida va “Axborot-resurs markazida” magistratura talabalarining ilmiy faoliyatlari hamda magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashda yuqori sifatda foydalanib kelinmoqda.
Magistratura bo‘limining Ilmiy Kengashida tasdiqlangan yillik va istiqbolli rejalari mavjud. Yillik rejada o‘quv jarayonini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar o‘z aksini topgan. Istiqbolli rejada magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, tarjima qilingan o‘quv adabiyotlari, ma’ruza matnlari, masalalar to‘plami, laboratoriya bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar va boshqalar o‘z aksini topgan.