Zamonaviy filologik tadqiqotlar: nazariya, amaliyot va innovatsion metodlar

28-avgust 2024

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI NEMIS TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
 “ZAMONAVIY FILOLOGIK TADQIQOTLAR: NAZARIYA, AMALIYOT VA INNOVATSION METODLAR” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

AXBOROT XATI

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 18-yanvardagi 16-son buyrug‘iga asosan Qarshi davlat universiteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasida 2024 yilning 24-25 oktyabr kunlari “Zamonaviy filologik tadqiqotlar: nazariya, amaliyot va innovatsion metodlar”  mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Konferensiyada  ishtirok etish uchun filologiya sohalari (tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik)da ilmiy ishlar olib borayotgan tadqiqotchi professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda shu sohalarda ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar va talabalar ham taklif qilinadi.

Konferensiyada quyidagi sho‘balar bo‘yicha ma’ruza tezislari to‘plami e’lon qilinishi rejalashtirilgan:

Konferensiya sho‘balari:

1.      Umumfilologik tadqiqotlar: talqin va tahlil masalalari

2.      Adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari

3.      Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalari

4.      Adabiy aloqalar va tarjima muammolari;

5.      Ta’lim-tarbiya va yangi innovatsion texnologiyalar

 KONFERENITSIYA MATERIALLARINI RASMIYLASHTIRISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

- Tezis va maqolalar mavzusi bosh harflarda (14 shriftda) o‘rtaga yozilib, keyingi qatordan muallif(lar) ismi-sharifi, lavozimi, ilmiy darajasi yoziladi. Undan 1,5 interval pastda xat boshidan annotatsiya, kalit so‘zlar, yangi satrdan tezis yoki maqola matni yoziladi;

- tezislar va maqolalar Microsoft Word, Times New Romanda 3-5 to‘liq bet hajmida (nemis, rus va ona tillarida) 14 shrift, 1,5 intervalda, chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm, yuqori va past tomondan 2 sm qoldirilgan holda yoziladi;

- qaysi tilda yozilishidan qat’iy nazar tezis va maqolalarga o‘zbek, ingliz va rus tillarda annotatsiya, kalit so‘zlar matn boshida ilova qilinadi;

- matndagi ko‘chirma oxirida iqtibos olingan adabiyotning ro‘yxatdagi tartib raqami sahifa nomeri kvadrat qavs ichida beriladi, masalan [3, 55];

- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati tezis va maqolalar oxirida beriladi;

- tezis va maqolalar ishtirokchilarga elektron shaklda yuboriladi.

Tezis va maqolalarning mazmuniga, ma’lumotlar muallif(lar)ga tegishli ekaniga va keltirilgan manbalarning to‘g‘riligiga muallif(lar) mas’ul. Anjumanning rasmiy tillari: ona tili, rus, nemis va boshqa chet tillari. Anjuman materiallari elektron va kitob to‘plamlari holida chop etiladi.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan materiallarni tahririyat anjuman dasturiga va to‘plamga kiritmaslik huquqiga ega.

Mualliflardan maqola nashri uchun matnning har bir sahifasi uchun 30 000 (o‘ttiz ming) so‘mdan nashr haqqi talab qilinadi. Anjumanda ishtirok etish uchun maqolalar tahrir qilingan holda, elektron variantda 2024-yil 10-oktyargacha qabul qilinadi. Maqolalar Qarshi davlat universitteti Xorijiy tillar fakulteti Nemis  tili va adabiyoti kafedrasida qabul qilinadi.

Aloqa uchun telefon va telegramm raqamlari: +9989342231111 (Mahmudov Alisher Yo‘ldoshevich – alischer-2473@mail.ru);

Plastik karta: 9860 1901 1036 1168

Tashkiliy qo‘mita manzili: Xorijiy tillar fakulteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi. Qarshi shahar, Ko‘chabog‘-17