Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi

19 November, 2022

Kafedra mudiri: Biologiya fanlari falsafa doktori, dotsent

Sherqulova Jamila Payanovna

Telefon: +998914707227

E-mail: j.sherkulova@mail.ru

Kafedra haqida

Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi 2018 yil dekabr oyida Biologiya va Biotexnologiya kafedralari negizida tashkil etilgan. Kafedrada 3 nafar fan nomzodi dotsentlar, 1 katta o‘qituvchi, 5 nafar assisent o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Barcha o‘qituvchilar magistirlik darajasiga ega bo‘lib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha samarali ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Kafedra quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot olib boradi:

1. Zamburug‘larni toza kulturalarini ajratib olish, ularni morfo- kultural xususiyatini va istiqbolli turlarini  sun’iy ozuqa muhitlarida yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish.

2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararli mikroorganizmlarini erta aniqlash diagnostikasini ishlab chiqish va ularga qarshi biopreparat yaratish.

3.  Mikroorganzimlarni istiqbolli turlarini ajratib olish va ularni xalq xo‘jaligida ahamiyatini o‘rganish.

Kafedra O‘zRFA Mikrobiologiya instituti, O‘zRFA Botanika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik va uzumchilik ilmiy tadqiqot instituti,  Janubiy  Dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda o‘quv-uslubiy, ilmiy va ilmiy-ishlab chiqarish sohasida hamkorlik ishlari olib bormoqda.

Kafedra mudiri dotsent J.SHerqulova “Qashqadaryo vohasi sharoitida introduksiya qilingan manzarali daraxt va butalar mikromitsetlari” mavzusida J.SHerqulova tomonidan biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ishi muvofaqiyatli himoya qilingan. Ilmiy ishlar natijasida 1 ta mualliflik guvohnomasi (№ BGU 00359. “Qashqadaryo vohasi manzarali daraxt va butalar mikromitsetlari“) olingan. Himoyadan keyingi ishlarida bir necha OAK tasarrufidagi xorijiy va respublika jurnallariga ilmiy maqolalar hamda hamda 2021 yilda “Mikrobiologiya” laboratoriya mashg‘ulotlari va “Biozararlanish” o‘quv qo‘llanmalar, “Sanoat mikrobiologiyasi” va “Dala amaliy mashg‘ulotlari uchun al’gologik va mikologik namunalarning aniqlagichi” o‘quv va uslubiy qo‘llanmalari nashr etilgan.

Kafedra dotsenti B.Xujamqulov tomonidan “Hisor Davlat qo‘riqxonasi O‘rta Osiyo tog‘ tabiati andozasi”, “Tok kasalliklari va ularga qarshi kurash” risolalari chop ettirgan.

Kafedra dotsenti I. Xayitov “Biologicheskiye osobennosti nekotorix drevesnix predstaviteley sem. Fabaceae Lindi. v usloviyax Karshinskogo oazisa” biologiya fanlari nomzodi ishini muvoffaqiyatli himoya qilingan. I.Xayitov tomonidan “Biotexnologiya asoslari” va “Yuksak o‘simliklarning hujayralaridan ko‘paytirish biotexnologiyasi” uslubiy qo‘llanmalari hamda bir necha maqolalarini hamda 2021 yilda “Mahalliy va chetdan keltirilgan meva hamda uzum navlarining Qashqadaryo viloyatida o‘rganish” nomli monogarfiyasini chop ettirgan. Hamda Akademik Maxmud Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik va uzumchilik ilmiy tadqiqot institutining Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga asosan ilmiy tadqiqotlar ishlari I. Xayitov rahbarligida olib borilmoqda.

Janubiy Dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutiining Genom texnologiyalari laboratoriyasi negizida Qarshi davlat universiteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi filiali mavjud bo‘lib, hamkorlik asosida “Mikrobiologik va biotexnologik tadqiqotlarni rivojlantirishda oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining hamkorligi” mavzusida amaliy seminar o‘tkazilgan. Hozirda talabalarning ishlab chiqarish, malakaviy amaliyotlarini o‘tashlari va magistrlarga ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun sharoitlar yaratilgan. 

Kafedra 2021 yil 20 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi PQ - 4899-son Qarori hamda O‘zR VM 2021-yil 78-f sonli farmoyishiga asosan “Mikrobiologiya va biotexnologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy – amaliy konferensiyasini o‘tkazdi. Konferensiyada mikrobiologiya va virusologiyaning dolzarb muammolari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasida mikroorganizmlarning o‘rni, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda zamonaviy biotexnologik usullar, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, farmatsevtika, tibbiyot va sanoatda mikrob biotexnologiyalaridan foydalanishga bag‘ishlangan ilmiy maqola va tezislar chop ettirildi. 

Kafedrada 60710200 – Biotexnologiya (tarqmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy, ilmiy – tadqiqot, pedagogik, ma’naviy va ma’rifiy, tashkiliy - boshqaruv, ishlab chiqarish faoliyatlarini olib boriladi.         

Kafedra qoshida 70510102 - Mikrobiologiya va virusologiya va 70510103-Biotexnologia mutaxassisligi bo‘yicha magistratura mavjud bo‘lib, hozirda magistrantlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar

Mikrobiologiya va biotexnologiyasi kafedrasida iqtidorli talabalar “ustoz – shogird” tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir iqtidorli talabalarga ilmiy rahbar tayinlangan bo‘lib, o‘zlari tanlagan mavzulari ustida ilmiy izlanishlar olib borimoqdalar. Kafedrada iqtidorli talabalar bazasi tashkil etilgan.

Kafedra qoshida iqtidorli, izlanuvchi va qiziquvchi talabalar bilan birgalikda “Yosh mikrobiolog va biotexnologlar” to‘garagi tashkil etilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi: 

SHerkulova Jamila Payanovna-b.f.f.d, dotsent  

Xujamkulov Baxrom Eshboyevich-b.f.n. dotsent

Xayitov Ilhom Yuldashevich-b.f.n., dotsent

Sharopova Moxidil Amanovna-katta o‘qituvchi

Chariyev Rashid Ravshanovich-o‘qituvchi

Eshonqulov Erkin Yulchi o‘g‘li-o‘qituvchi

Salomova Sayyora Samadovna-o‘qituvchi

Murodullayev Dilmurod Dilshodovich-o‘qituvchi

Qo‘ziboyev Humoyun Nasim o‘g‘li – o‘qituvchi

Kafedra manzili: Bosh bino 3-qavat A 305-xona