Devonxona va arxiv

1-Mart 2024

Gafiatulina Guzal Anvarovna


Devonxona va arxiv boshlig‘i
Telefon: +998 90 734 73 33
Elektron pochta: guzalgafiyatulina@gmail.com
 
Qabul kunlari: har kuni  soat 15:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

2013 yildan devonxona mudirasi

Bo‘lim tarixi

Qarshi davlat universiteti devonxonasi (keyinchalik matnda Devonxona deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan tashkiliy tuzilmaga kiradi va bevosita universitet rektorga bo’ysunadi.

 

Asosiy vazifalari


• -Universitetdan chiquvchi hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;
• -Kiruvchi hujjatlarni (EDO.IJRO.UZ.) Ijro intizomi idoralararo electron tizim orqali ijrochilarga zudlik bilan yetkazish;
• -Rektor ko’rsatmasiga muvofiq hujjatlarni o’z vaqtida ijro etish uchun mas’ullarga yetkazish;
• -Rektor (prorektor) imzosi bilan yuboriladigan hujjatlar qayd etilib, to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;
• -Ish jarayonida o’z malaka va tajribasini oshirib borish hamda ish faoliyatida yangi yo’nalishlarni joriy etishni ta’minlash;
• -Devonxona xizmatiga oid bajarilgan barcha ishlar yuzasidan universitet rektoriga axborot berib turish;
• -Devonxona bo’limiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan yozma murojaatlarini ro’yxatga olish, rahbariyatga zudlik bilan yetkazish va tegishli javoblar yo’llanishini qonunda ko’rsatilgan moddalar asosida bajarish;
• -Bo’limga tegishli ishchilarining malakasini oshirish choralarini ko’rish;
• -Ijro etilgan hujjatlarni yig’ma-jildlarga tikib ko’yish;
• -Hujjatlarni belgilangan muddatda idoraviy arxivga topshirishga tayyorlaydi va topshirish;