O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi

1 June, 2021

Kafedra mudiri: 
Filologiya fanlari doktori, dotsent

Achilov Nasim Kamolovich

Telefon: (+998 93) 907-40-27

 

Elektron manzili:  nasim.ochilov@mail.ru

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019-yil 22-noyabrda tasdiqlangan “Qarshi davlat universiteti tashkiliy tuzilmasi” va 2019-yil 10-dekabrda bo‘lib o‘tgan universitet Kengashining 651X buyrug‘iga asosan “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga mudir vazifasini bajaruvchi dotsent D. Xalilova tayinlangan. QarDU Kengashi qaroriga asosan filologiya fanlari nomzodi, dotsent N. Ochilov 2021-yil 8-yanvardan kafedra mudiri sifatida faoliyatini boshladi. Kafedrada jami 13,5 shtat birligida 17 nafar professor- o‘qituvchi mavjud bo‘lib, shundan 2 nafari fan doktori, 6 nafari dotsent, 4 nafari filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) hamda 4 nafar katta o‘qituvchi va o‘qituvchidan iborat tarkib faoliyat yuritmoqda. Kafedra nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalariga “O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi”, ”Davlat tilida ish yuritish”, “O‘qituvchi nutqi madaniyati”, “O‘zbek adabiyoti”, 5111700 - Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi talabalariga “Ona tili va bolalar adabiyoti”, “Ona tili o‘qitish metodikasi”, “Ifodali o‘qitish praktikumi“ fanlari o‘qitilib, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar yetakchi professor-o‘qituvchilar tomonidan fanning eng so‘nggi yutuqlari asosida olib borilmoqda. Kafedra O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Buxoro davlat universiteti, Urgench davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Koreya Respublikasining Yevrosiyo Turk instituti va boshqa ta’lim muassasalari bilan o‘quv va ilmiy sohalarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari Qarshi davlat universitetining akademik litseyi, Koson agrotexnologiya texnikumi bilan ham ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda hamkorlik ishlarini amalga oshirib kelmoqda.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi: “O‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘qitish va adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borishga mo‘ljallangan. Kafedrada “O‘zbek tili va adabiyotshunosligining nofilologik ta’limda o‘qitilish masalalari” mavzusida ilmiy seminar tashkil etilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar tomonidan mavzuga oid muammolar yuzasidan ma’ruzalar tashkil etilmoqda.

Kafedraning ilmiy salohiyati 75 % foizni tashkil etib, 2020-2021 o‘quv yilida D. Bazarova “O‘zbek tilida variantdosh birliklarning nutqiy qo‘llanishi va uslubiy xususiyatlari” filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), D. Shodmonova “Abdulla Oripov she’riyatining linvopoetik xususiyatlari” (metaforik hodisalar misolida) filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), D. Niyozova “Badiiy matnda lisoniy shaxs tiplari” filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), N. Ochilov “XX asrning oxiri va XXI asr boshlarida dostonchilik an’analarining saqlanish holati” filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 2020-2021 o‘quv yili davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 3 ta monografiya, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma 30 ga yaqin ilmiy maqolalar respublika va xorijiy jurnallarda chop ettirildi.

Hozirgi vaqtda N. Ochilov rahbarligida mustaqil tadqiqotchilar F. Jumayeva “Qashqadaryo vohasi to‘y qo‘shiqlarining lokal xususiyati va poetikasi”, D. Hamroyev “Tarkibadaxshon” dostoni syujeti genezisi va evolyutsiyasi” mavzularida 10.00.08 – Folklorshunoslik ixtisosligi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Kafedra o‘zining tashkiliy tuzilmasidan kelib chiqqan holda Qashqadaryo viloyatidagi qator tashkilot va korxonalarda davlat tilida ish yuritish, hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tashkil etish borasida ham tegishli amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.