Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo’lim

9-iyul 2023

Umidjon Xolmurodov Do`stmurod o`g`li


Talabalarni turar-joy bilan ta`minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo`lim boshlig‘i,

Telefon: +998 91 644-44-54
Elektron pochta: umidjonxolmurodov@gmail.com
 
Qabul kunlari: Har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

2023 yil fevral oyidan xozirgi vaqtga qadar Qarshi davlat universiteti Talabalarni turar joy bilan ta`minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo`lim boshlig`I vazifasida ishlab kelmoqda

Bo‘lim tarixi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-sonli «Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning 7-bandida «davlat oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan saqlanadigan to’rttagacha shtat birligidan iborat talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo’lim tashkil etish» vazifasi yuklatilgan edi. Qarordagi 7-bandning ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda 2021-yil oktabrdan talabalarni turar-joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo’limi tashkil etildi.

Asosiy vazifalari

* Talabalar turar-joylari faoliyati va xodimlar mehnatini tashkil qilish; 
* Talabalar turar-joylari bino-inshootlari va hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil qilish hamda doimo ozoda, saranjom-sarishta saqlanishini ta’minlash;
* Talabalar turar-joylariga yangi kiruvchi talabalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, xona, yumshoq va qattiq mebellar bilan ta’minlanishini nazorat qilish; 
* Talabalar turar-joylarida sanitariya-gigiyena, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalarida muntazam rioya qilinishini ta’minlash;
* O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 605-sonli «Ijara huquqi asosida yashayotgan     talabalar tomonidan to’lanadigan ijara to’lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlaydi. Bunda institutimizda tahsil olib ijara asosida yashayotgan talabalarga oylik ijara to’lovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmagan holda) Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan to’lab berilishi uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi va tavfsiyalar beradi.