O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti faol koordinatorlari tomonidan “Plogging” loyihasi tashkil etildi.Mazkur loyiha doirasida talaba-yoshlar yugurish (jogging) davomida atrof-muhitni tozalash, chiqindilarni yig‘ish orqali ekologik madaniyatni oshirishga hissa qo‘shdilar. “Plogging” — bu nafaqat sport, balki tabiatga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyatni oshiruvchi harakatdir. Ushbu tashabbus yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bilan birga, atrof-muhitni asrashga xizmat qiladi. Keling, birgalikda tabiatni asraylik va toza muhit yaratishda faol bo‘laylik!