Hayvonot olamini o‘rganishning dolzarb muammolari va istiqbollari

28-Avgust 2024

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

FANLAR AKADEMIYASI ZOOLOGIYA INSTITUTI

OʻZBEKISTON ZOOLOGLAR JAMIYATI

AXBOROT XATI

Hurmatli hamkasblar! Sizni 2024 yil 7-8 noyabr kunlari Qarshi davlat universitetida o’tkaziladigan “Hayvonot olamini o‘rganishning dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etamiz.

Anjumanni o’tkazishdan maqsad – Zoologiya fanining dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollarini, hayvonot dunyosini saqlash va barqaror foydalanish, uni muhofaza etish va monitoring qilish asoslarini muhokama etish.

Anjumanning rasmiy tillari: o’zbek, rus va ingliz tillari.

Anjuman materiallari elektron ko’rinishida (PDF formatida) tayyorlanadi va tarqatiladi. Elektron to’plamga maqolalar o’zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Topshirilgan maqolalar taqrizdan o’tkaziladi.

Anjuman yo’nalishlari:

·  Umurtqasiz hayvonlar faunasini o‘rganishning dolzarb muammolari va istiqbollari;

·  Umurtqali hayvonlar faunasini o‘rganishning dolzarb muammolari va istiqbollari;

·  Zoologiya fani va ta’limining dolzarb muammolari va yechimlari;

· Parazititizm, o‘simlik zararkunandalari, biozararlanish va ekologik xavfsizlik muammolari.

ANJUMAN TASHKILIY QO’MITASI

Tashkiliy qo’mita raisi: prof. Bobonazarov G’.Y.

Tashkiliy qo’mita raisi muovini: dots. Raxmatullaev A.Y.

Tashkiliy qo’mita a’zolari: dotsentlar: Ruziyev B.X., Davronov B.O., PhD. Buriyeva X.P.

Tashkiliy qo’mita kotiblari: Hosilova G.Q., Omonova N.R., Orziyeva Y.M.

Anjumanda ishtirok etish uchun: tashkiliy qo’mita elektron manziliga – qarduconference@mail.ru 2024 yil 30 iyulga qadar 1-ilovada keltirilgan shaklni to’ldirib yuborishingiz so’raladi.

2024 yil 30 sentabrga qadar chop etish uchun anjuman materiallarini 2- ilovaga muvofiq rasmiylashtirilgan holda (maqola 3 betgacha) yuborishingiz lozim. Konferensiyaga taqdim etilgan maqolalarda keltirilgan ma’lumotlarga mualliflarning shaxsan o‘zlari javobgar bo‘ladi. Tahririyat konferensiyaning ilmiy yo’nalishiga mos bo’lmagan, rasmiylashtirish talablariga javob bermaydigan va belgilangan muddatdan kech yuborilgan maqolalarni rad etish huquqiga ega.

Maqolalarni konferensiya materiallari to‘plamiga kiritish uchun nashr qilishga talab qilinadigan to‘lov miqdori: professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy va amaliy xodimlar uchun – 80 000 (sakson ming) so‘m, magistr va talabalar uchun 40 000 (qirq ming) so‘m, xorijiy ishtirokchilar uchun – bepul.

To‘lov uchun karta raqami  9860010120968317  Rakhmatullaev Alimardan.

Murojaat uchun: tel.: (+99893) 931-79-31; (+99897) 519-68-82.

Telegram manzil: +99 891 472 74 46

E-mail: qarduconference@mail.ru