Kafedra mudiri: i.f.f.d (Phd)
Muxitdinov Shohijahon Xudoyor o‘g‘li
Telefon:
Elektron pochta manzili: shoxjaxonmuxitdinov082@gmail.com
Kafedra tarixi
“Turizm va marketing” kafedrasi 2021 yil sentabr oyida “Iqtisodiyot va servis” kafedrasi negizida tashkil etildi.
Hozirgi kunda kafedraga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Sh.SH. Yakubova rahbarlik qilmoqda. Kafedra universitetning asosiy o‘quv-ilmiy tarkibidan biri hisoblanadi. Kafedradagi fanlarni o‘qitishga ilmiy darajaga ega, salohiyatli professor-o‘qituvchilar jalb qilingan. Kafedraning asosiy maqsadi yuqori malakali, raqobatbardosh, shaxsiy fazilatlarga ega, dunyoqarashi keng mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi “Turizm sohasi raqobatbardoshligini oshirish va turistik xizmatlar sohasida investitsion faollikni oshirishda zamonaviy marketing konsepsiyalaridan foydalanish yo‘llari” mavzusiga qaratilgan.
Bugungi kunda kafedrada 13 nafar professor-o‘qituvchilar, shundan 1 nafar iqtisodiyot fanlari doktori, professor, 2 nafar iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsentlar, 3 nafar katta o‘qituvchilar, 6 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Kafedraning professor-o‘qituvchilari nafaqat pedagogik mahorati, balki shuningdek, zamon talablariga to‘laqonli javob beradigan o‘z sohasining yetuk mutaxassis ekanliklari bilan ham ajralib turadi. Kafedra tarkibining 38 foizini xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha sertifikatga ega o‘qituvchilar tashkil qiladi. Xususan, kafedra mudiri Sh.Yakubova ingliz tilidan S1 (sertifikat №013771), o‘qituvchilar E.G‘ulomxasanov S1 (sertifikat №01550), B.Ro‘ziyev B2 (sertifikat №22DTM1012429RB), Z.Jabborova B2 (sertifikat №22DTM1013871JZ), M.Qurbonova IELTS 5,5 (sertifikat №013578) darajaga ega.
Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy salohiyatni oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2022-2023 o‘quv yilida kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 3ta monografiya, 50dan ortiq ilmiy, uslubiy va ommabop maqolalar xalqaro, respublika va mahalliy nashrlarda chop etilmoqda.
Kafedrada bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
“Turizm va marketing” kafedrasi Qashqadaryo viloyatining drayver sektorlaridan hisoblangan turizm, mehmonxona xo‘jaligi, marketing va savdo tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Xususan, “61010400 - Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishidan tashqari “60412500 - Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”, “5233400 - Turizm sohasida marketing”, “5230400 – Marketing (turizm marketingi)”, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab “61010100 - Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish”, “60412600 – Savdo ishi (turlari bo‘yicha)” kunduzgi bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida jami 270 nafardan ortiq talabalar tahsil olmoqda.
Kafedrada magistratura mutaxassisligi
2018-2019 o‘quv yilidan boshlab 5A610301 – “Turizm (xalqaro va ichki)” mutaxassisligiga magistrlar qabul qilindi. Bugungi kunda magistratura bosqichi bitiruvchilari jami 7 nafarni tashkil qilib, tahsil olayotgan magistr talabalarning soni 14 nafardan oshdi. Bakalavr ta’lim yo‘nalishini tugatgan bir qancha bitiruvchilar (Ro‘ziyev Bobur, Xujanov Shoxrux, Salomov Farrux) Gjel davlat universiteti turizm mutaxassisligi magistraturasida, 1 nafar talaba (Jo‘rayev Shoxrux) Koreya Respublikasi Chonan shahridagi Nanseol universitetida “Moliya” yo‘nalishida tahsil olib keldilar. Normurodov Behruz Kipr Final xalqaro universitetida MBA Biznes boshqaruvi fakultetining “Menejment” yo‘nalishini, Rahmonqulov Jonibek Malayziyaning Mahsa universiteti MBA yo‘nalishini tamomladilar. Kafedraning magistratura bitiruvchilari hozirda kafedrada o‘z ilmiy va pedagogik faoliyatini davom ettirmoqdalar.
“Turizm (xalqaro va ichki turizm)” ta’lim yo‘nalishi bakalavr va magistratura bosqichi bitiruvchilari respublika va viloyat miqyosida turizm sohasining turli infratuzilmalarida yetuk va malakali kadr sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Kafedraning bakalavriat va magistratura bosqichlarida o‘qitiladigan fanlari:
· Animatorlik xizmatini tashkil etish
· Marketing
· Marketing kommunikatsiyalari
· Marketing tadqiqotlari va analitikasi
· Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
· Mehmondorchilik industuriyasida xizmatlar sifatini boshqarish
· Mintaqaviy turizm
· Restoran biznesi
· Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti
· Turizm iqtisodiyoti
· Turizm menejmenti
· Turizm nazariya va amaliyoti
· Turizm resurslarini tadqiq qilish va turistik rekreatsion dizayn
· Turizm rivojlanishini prognozlash
· Turizm xizmatlar bozori
· Turizmda atrof muhit boshqaruvi
· Turizmda logistika
· Turizmda loyihalashtirish va prognozlashtirish
· Turizmda marketing
· Turizmda tadbirkorlik
· Turizmni rejalashtirish
· Turistik klaster
· Turistik mahsulotlar marketingi
· Turistik xizmatlar bozori
· Turopereyting
· Xalqaro turizm
· Ekologik turizm
· Ekskursiya xizmatini tashkil etish
Kafedraning xorijiy va milliy OTMlar bilan hamkorligi
Kafedraning Qashqadaryo viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Ipak yo‘li xalqaro turizm universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Qarshi muhandislik va iqtisodiyot instituti, hamda viloyatning bir qator turizm infratuzilmasi sub’ektlari, Qashqadaryo viloyat savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, "GRAND STAR AAA" xususiy korxonasi, "DUBAY SARBON EXCELLENT REST" MCHJ, “Sanam tikuvchilik fabrikasi” MCHJ bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolangan.
Shuningdek, Turizm va marketing kafedrasi Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti, Belgorod davlat Milliy tadqiqot universiteti, Gjel davlat universitetlari, Tojikiston Milliy universitetlari professor-o‘qituvchilari bilan o‘zaro tajriba almashish, dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish, ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish borasida keng ko‘lamli ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
2022 yilda universitet rektorining Turkiya davlatiga safari doirasida Turkiyaning Ege universiteti, Dijle Universiteti, Suleyman Demirel universiteti, Nigde O‘mer Halisdemir universitetlari bilan hamkorlik memorandumlari va protokollari imzolanib, turizm sohasida ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlari amalga oshirilmoqda. 2022-2023 o'quv yili davomida Turkiyaning Suleyman Demirel universitetidan hamkorlik doirasida Turizm va marketing yo'nalishi talabalariga dars o'tish uchun professor-o'qituvchi jalb qilish rejalashtirilgan.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash
“Turizm va marketing” kafedrasida “TOURISM” nomli talabalar to‘garagi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. To‘garakda “Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)”, “Turizm sohasida marketing” va “Marketing” ta’lim yo‘nalishlari talabalari jalb etilgan. Talabalar bilan muntazam ishlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular haqida tegishli ma’lumotlar banki mavjud.
Iqtidorli talabalar kafedraning professor-o‘qituvchilari rahbarligida xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida hamda universitet, Respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalar, fan olimpiadalari, seminarlar, tanlovlarda faol ishtirok etib kelishmoqda.
2021 yil may oyida universitet miqyosida o‘tkazilgan “Qarshi davlat universiteti rektori fan olimpiadasi”da Turizm yo‘nalishi 1 kurs talabalaridan Axmadjonov Islomjon, Eshonqulov Ramazon, 2 kurs talabalaridan Suyunova Dilnoza, Suyunova Nilufarlar ishtirok etib faxrli (I,II,III darajali) diplomlar bilan taqdirlandilar. I va II o‘rinni egallagan talabalar fan olimpiadasining respublika bosqichida faol ishtirok etdilar.
Iqtidorli talabalarning professor-o‘qituvchilar rahbarligida xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida hamda universitet, Respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallarida 50 ga yaqin ilmiy maqola va tezislari chop etildi, jumladan:
Halqaro ilmiy jurnallarda – 2 nafar talabaning (Europian scholar journal ESJ)
Respublika ilmiy jurnallarida – 13 nafar talabaning (Scientific Progress, Eurasian Journal of Academic Research, Central Asian Academic Journal of Scientific Research)
Halqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda – 10 nafar talabaning (II International Scientific and Theoretical Conference USA, Chicago, II Mіjnarodnoї Naukovoї Konferensії Ukraine, Halqaro ilmiy anjuman Samarqand)
Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda – 24 nafar talabaning (Iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashning ustuvor yunalishlari, Qarshi).
“Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)”, “Turizm sohasida marketing” va “Marketing” ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun bir qator mahorat darslari tashkil etildi. Xususan, joriy yilning aprel-may oylarida Turkiya Respublikasi “Pilav station, Coffee station, Tea Station” zanjirli restoranlar ijrochi direktorlaridan biri Evren Dunder turizm talabalari uchun “Restoran biznesi” mavzusida, Rossiya Federatsiyasining Gjel davlat universiteti professor-o‘qituvchisi Alla Korjanova Aleksandovna “Organizatsiya ekskursionnogo obslujivaniya” fani bo‘yicha mahorat darslari o‘tib berdilar.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan “Ipak yo‘li” halqaro turizm universitetida tashkil etilgan “Turizm va sport vaziri kubogi” an’anaviy musobaqasida “Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi I kurs talabalaridan Abdullayev Nurbek sprotning “Arm wrestling” sport turi buyicha faxrli II darajali diplom va kumush medal bilan, Jamoaviy futbol bo‘yicha talabalar Shokirov Oybek, Shirinov Ruslan, To‘rayev Shaxzod, Suvonov Asilbek, Ro‘ziyev Asadlar III darajali diplom va bronza medallari bilan taqdirlandilar.
Talabalarning Qashqadaryo viloyat turizm va sport Bosh boshqarmasi, “Yoshlar ishlari agentligi” viloyat boshqarmasi, turizm infratuzilmasi vakillari va mutaxassislari, tadbirkorlik subyektlari rahbarlari bilan uchrashuvlari va davra suhbatlari muntazam tashkil etilgan. Talabalarning viloyatning zamonaviy infratuzilmalar, tarixiy obyektlar va muzeylarga tashriflari muntazam yo‘lga qo‘yilgan.
Iqtidorli talabalar va magistrlardan 20 nafari kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilgan.