Ustuvor yo‘nalishlar

28-Avgust 2024

Universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari qo‘yidagilrdan iborat:

ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali talaba-yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;

oila, va mahallalar bilan ta’lim-tarbiya sohasida uzviy hamkorlikni ta’minlash;

targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;

universitetda el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

talaba-yoshlarni Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;

madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;

yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir etuvchi, ularni g‘oyaviy jihatdan qaram etishga yo‘naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va o‘z mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish;

davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish;

yoshlar o‘rtasida millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish.

Sahifalar

Madaniy-ma'rifiy faoliyat
Ma’naviyat rukni
Ustuvor yo‘nalishlar