Djabbarov Oybek RaxmanovichAmaliy matematika kafedrasi mudiri,
|
Djabbarov Oybek Raxmanovich ‒ matematik modellashtirish sohasidagi olim, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori. O.R.Djabbarov ilmiy ishlari dempfirlash ta’sirida nochiziqli parabolik tenglamalar orqali tavsiflanadigan diffuziya jarayonlarni matematik modellashtirishga katta hissa qo‘shgan. O.R.Djabbarov 25 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etgan, 4 ta scopus maqola muallifi. prof. M.Aripov rahbarligida ilmiy izlanish olib borib, tayanch doktoranturaga o‘qigan va 2022 yilda muddatidan oldin “Dempfirlash ta’sirida nochiziqli parabolik tenglamalar orqali tavsiflanadigan diffuziya jarayonlarni matematik modellashtirish” mavzusida (PhD) dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2022 yil oktabr oyidan buyon O.R.Djabbarov Qarshi davlat universiteti “Amaliy matematika” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Universitet tashkil etilgandan buyon “Informatika va HT”, “Informatika”, “Informatika va matematik modellashtirish”, “Tatbiqiy dasturlash va informatika”, “Amaliy matematika va informatika” nomlari ostida faoliyat olib borgan kafedra negizida Qarshi davlat universiteti rektorining universitet tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi 2018-yil 1-noyabrdagi №508-X buyrug‘iga asosan “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi ikkita kafedra — “Informatika o‘qitish metodikasi” va “Amaliy matematika” kafedralariga ajraldi.
Amaliy matematika kafedrasida 60540200–Amaliy matematika, 60610100-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha), 60610400-Dasturiy injiniring, 60530600-Mexanika va matematik modellashtirish yo‘nalishlarida bakalavr, 70540201-Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistr tayyorlanadi. Kafedrada 2019-2020 o‘quv yilidan buyon 05.01.07-«Matematik modellashtirish, sonli usullar va dasturlar majmui» ixtisosligi bo‘yicha PhD (tayanch doktorantura) faoliyat yuritmoqda. Hozirda 7 nafar doktorant tahsil olmoqda. Kafedrada mutaxassis bo‘lib yetishishi kutilayotgan bo‘lajak kadrlar, o‘rta umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida informatika va matematika fanlaridan ta’lim berish, shuningdek korxona va tashkilotlarda kompyuter xizmatlari ko‘rsatishda, kompyuter dasturlarini mahalliylashtirish va ishlab chiqarishda ishtirok etadi va OTM lar hamda ilmiy tadqiqot muassasalarida faoliyat olib boradi.
Informatikaning nazariy asoslari
Hisob
Dasturlash
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlari
Mutaxassislikka kirish
Dasturlash asoslari
Algoritmik tillar va dasturlash
Algorimtlar va berilganlar strukturasi
Sun’iy intellekt va neyronto‘rli tenglamalar
Jarayonlar tadqiqoti va optimal boshqaruv
Sonli usullar
Dasturlash texnologiyalari
Python dasturlash tili
Matematik modellashtirish
Optik aloqa tizimlar
Axborot xavfsizligi asoslari
Kompyuter tarmoqlari
Berilganlar bazasi
Axborot tizimlari
Mobil ilovalar yaratish
Web dasturlash
Dasturiy injinering
Variatsion hisob va optimallash usullari
Hisoblash usullari
Iqtisodiy matematik masalalar
Algoritmik tillar va dasturlashning qo‘shimcha boblari
Splayn funksiyalar metodi
Tarmoq texnologiyalari
Kompyuter grafikasi
Magistratura
Kafedraga tegishli 70540201-Amaliy matematika yo‘nalishida 17 nafar magistratura talabalari Amaliy matematikar yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishmoqda.
Magistraturada o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati:
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
Tabiatshunoslik masalalarida modellashtirish
Amaliy matematiklar uchun ko‘nikmalar
Ayirmaliy sxemalar nazariyasi
Matematik modellashtirishda kompyuter texnologiyalari
Ilmiy hisob
Integral tenglamalarni taqribiy yechishsh usullari
Bilimlarga asoslangan tizimlar
Splayn funksiyalar metodi va ularni tadbiqlari
Geperbolik sistemalar uchun sonli usullar
Matematika fizika masalalarini yechish usullari
2022-2023 yillar davomida kafedra a’zolari tomonidan 1 ta monografiya, 8ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma Scopus, Web of Science bazalarida 10 ta maqola chop etilgan. xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalarida indeksatsiyalangan jurnallarda 20 dan ortiq va xorijiy jurnallarda 25 ga yaqin, OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda 10 dan ortiq, Respublika miqyosida 20 dan ziyod tezis va maqolalar chop ettirildi, Kafedra professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalar tomonidan 20 dan ortiq dasturiy mahsulotlar ishlab chiqildi va Intellektual mulk agentligi tomonidan EHM dasturlari uchun guvohnomalar qo‘lga kiritildi.
Kafedrada 2019-2020 o‘quv yilidan buyon 05.01.07-«Matematik modellashtirish, sonli usullar va dasturlar majmui» ixtisosligi bo‘yicha PhD (tayanch doktorantura) faoliyat yuritmoqda. Hozirda 4 nafar doktorant tahsil olmoqda.
Djabbarov Oybek Raxmanovich
kafedra mudiri, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Shukurov Omon Musurmonovich
izika-matematika fanlari doktori, professor
Xolmurodov Abdulxamid Erkinovich
fizika-matematika fanlari doktori, professor
Eshqarayeva Narxol G‘uzarovna
texnika fanlari nomzodi, dotsent
Akbarova Aziza Abduxakimovna
fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Shukurova Oysara Po‘latovna
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), (o‘rindoshlik asosida)
Qurbonov Zafar Mamanazarovich
dotsent v.b.
Eshboyev Erkin Abdirashidovich
dotsent v.b.
Shoyqulov Shodmon Qudratovich
katta o‘qituvchi
Shovaliyev Bahodir Haqnazarovich
katta o‘qituvchi
Pirova Rashida Qudratovna
katta o‘qituvchi
Xurramov Alisher Hasanovich
o‘qituvchi
Bozorov Akmal Ashirovich
o‘qituvchi
Zaripova Aziza Raxmonovna
o‘qituvchi
Qlicheva Feruza Gulmuradovna
o‘qituvchi
Boboxonova Yudduz Bahodir qizi
o‘qituvchi
Xurramov Ismoil Dilmurodovich
o‘qituvchi (o‘rindoshlik asosida)
Matanov Muhammad Charshamiyevich
o‘qituvchi (o‘rindoshlik asosida)
Boymurodov Farrux Farhod o‘g‘li
o‘qituvchi (o‘rindoshlik asosida)