Maktabgacha ta’lim kafedrasi

16-Fevral 2025

Oripova Nodima Xalilovna


Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri,
pedagogika fanlari doktori, professor
Telefon: +998 90 288-60-73
Elektron pochta: oripova_73@mail.ru
 
Qabul kunlari: Haftaning dushanba va payshanba kunlari soat 15:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

Oripova Nodima Halilovna - pedagogika fanlari doktori, professor. 2023- yil 28-dekabrda “Variativ modellashtirish asosida talabalar pedagogik e’tiqodini shakllantirish nazariyasini  tizimlashtirish (boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi misolida)” mavzusidagi (DSc) doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. N.Oripova 200 dan ortiq ilmiy maqola va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Turkiya, Amerika, Rossiya va boshqa mamlakatlar hamda “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallarda 10 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan. 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma va 2 ta monografiyasi nashr etilgan. 2020 yil fevral oyidan buyon N.H. Oripova Qarshi davlat universiteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 

Kafedra tarixi

“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi 1991-yilda Qarshi Davlat pedagogika institutida  “Maktabgacha tarbiya” nomi bilan tashkil topgan. 1993-yilda kafedra nomi “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va metodikasi” nomi bilan yuritila boshlangan. 2010 yilda kafedra “Ijtimoy pedagogika- psixologiya va maktabgacha ta’lim” kafedrasi nomi bilan o‘zgargan. 2014-yil 1-apreldan universitet kafedralarining optimallashganligi sababli ushbu kafedra “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi tarkibiga qo‘shilgan va ”Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi deb nomlanган.  2018-yil oktabr oyida Qarshi davlat universiteti strukturasiga o‘zgartirish kiritilganligi bois “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi tarkibidan “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi ajralib chiqdi va hozirgi kunga qadar faoliyat yuritib kelmoqda.

Asosiy vazifalari

Kafedrada 60110200 – Maktabgacha ta’lim yo’nalishi bo‘yicha (kunduzgi va sirtqi) bakalavrlar tayyorlanadi. Kafedrada 2020-yilidan buyon 13.00.08- Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha PhD (tayanch doktorantura) faoliyat yuritmoqda. Hozirda 9 nafar doktorant tahsil olmoqda. Kafedrada mutaxassis bo‘lib yetishishi kutilayotgan bo‘lajak kadrlar, davlat va nodavlat MTTlarida, pedagogika kollejlarida, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlarida faoliyat olib borishadi, shuningdek, turli OTM larda mutaxassislik yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirishadi.

O‘qitiladigan fanlar

Rivojlantiruvchi markazlarni tashkil qilish texnologiyasi
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish
Xalq pedagogikasi
Bolalar nutqini o‘stirish
Matematik tasavvurlarni shakllantirish 
Bolalar jismoniy tarbiyasi
Tabiat bilan tanishtirish 
Tasviriy faoliyatga o‘rgatish
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi
Umumiy pedagogika
Xorijda ta’lim tizimi
Maktabgacha talimni o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish
Ta’lim tarbiyaning dolzarb masalalari. 
Inkluziv ta’lim  
Korreksion pedagogika                                              

Ilmiy ishlar

Keyingi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qator darslik va qo‘llanmalar, monografiyalar nashr etildi. Jumladan kafedra mudiri N.Oripova “Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik” darsligini va “Oila pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini, kafedra profesori A.Xo‘jaqulov “Maktabgacha ta’lim menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanmasini, o‘qituvchilar:  L.Botirova “Tabiat bilan tanishtirish” nomli darsligini,  N.Buriyeva “Umumiy pedagogika”, M.Alimardonova “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnalogiyasi” va V.Keldiyarova “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanmalarini nashr ettirdi. Shu bilan birga, mazkur yillarda R.Rashidova, M.Rajabova hammualifligida “Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik asoslari” nomli, N.Buriyeva  va S.Ashirovalar hammuallifligida “Maktabgacha yoshdagi bolalar dunyoqarashini shakllantirishning zamonaviy usullari” nomli, T.Tilovovaning “Hayot ekologiyasi”, N.Oripovaning “Variativ modellashtirish asosida bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy pedagogik e’tiqodini shakllantirish nazariyasi”, M. Muxammadiyevaning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida faoliyatlar integratsiyasi jarayonida mas’uliyatlilikni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” nomli monografiyalari nashr ettirildi.

Tadqiqotchilar

Kafedrada 2020- yildan buyon 13.00.08- Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha PhD (tayanch doktorantura) faoliyat yuritmoqda. Hozirda 9 nafar doktorant tahsil olmoqda.

Hamkorlik

Nizomiy nomidagi TDPU;
Termiz davlat pedagogika instituti;
Andijon davlat pedagogika instituti;
Buxoro davlat pedagogika instituti; 
Viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi;
Qarshi shahrining bir qator maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
Janubiy Joreyaning KOICA tashkiloti;
Belarus davlat universiteti (Belarus Respublikasi);
Qozon Federal universiteti.

Kafedra o‘qituvchilari

Oripova Nodima Halilovna-kafedra mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor
Xo‘jaqulov Akbar Eshquvvatovich- kafedra professori, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori
Muhammadiyeva Manzura Maratovna- kafedra dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori
Alimardonova Mohichehra Bahromovna- kafedra katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori
Tilovova Nargiza Turopovna-kafedra o‘qituvchisi
Botirova Latofat Luftillayevna-kafedra o‘qituvchisi
Bo‘riyeva Nilufar Rasulovna-kafedra o‘qituvchisi
Rashidova Ra'no Ganiyevna -kafedra o‘qituvchisi
Rajabova Muxayyo Yusupovna- kafedra o‘qituvchisi