Doktorantura uchun kerakli hujjatlar ro‘yxati

30-avgust 2024

Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

  1. Ariza.

  2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma.

  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).

  4. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi.

  5. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufasssal loyihasi.

  6. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so‘ng, dissertasiya tadqiqoti asosini tashkil etishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy ilmiy maqola va ikkita tezis chop etilgan bo‘lishi lozim).

  7. Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi В1 yoki B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2024-yil 14-iyuldagi 211-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha).

Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihoni topshiradilar.

Doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.

Hujjatlar 2024-yil 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar Yagona elektron tizim http://daraja.ilmiy.uz orqali qabul qilinadi.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: (97) 556-84-77

Manzil: Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy, Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘limi.