Qarshi davlat universiteti Rossiya Federatsiyasining N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod davlat lingvistika universiteti, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti, Patris Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti hamda Belarus Respublikasining Belarus davlat chet tillari universiteti, Belarus milliy texnika universiteti, Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti, Qozog’iston Respublikasi Muxtor Auezov nomidigi Janibiy Qozog’iston universiteti bilan xalqaro hamkorlik asosida 2026/2027 o‘quv yili uchun qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjatlar qabul qilishni boshladi.
Endilikda siz ham Qarshi davlat universitetida ham Rossiya, Belarus, Qozog’iston davlatlari oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olib, biryo‘la ikkita davlat universitetlarining qo‘shma diplomiga ega bo‘lasiz! Oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan yoshlar uchun ajoyib imkoniyat! 2026/2027 o‘quv yilida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda magistratura mutaxasissliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida qabul e’lon qilinadi!
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari:
1. N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod davlat lingvistika universiteti (Rossiya): 60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili hamda 45.03.01 – Filologiya. «Russkaya i zarubejnaya filologiya» bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga
Qarshi davlat universitetida 3 yil, N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod davlat lingvistika universitetida 1 yil tahsil olinadi.
2. Privoljsk tibbiyot tadqiqot universiteti (Rossiya): 60910200-Davolash ishi (bakalavriat) hamda 31.05.01 – Davolash ishi (spetsialitet bosqichi) ta’lim yo‘nalishlariga 60910300-Pediatriya (bakalavriat) hamda 31.05.02- Pediatriya (spetsialitet bosqichi) ta’lim yo‘nalishlariga Qarshi davlat universitetida 4 yil, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetida 2 yil tahsil olinadi.
3. Moskva davlat lingvistika universiteti (Rossiya): 60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili hamda 45.03.02-Lingvistika. “Teoriya i metodika prepodavaniya inostrannix yazikov i kultur bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga Qarshi davlat universitetida 2,5 yil, Moskva davlat lingvistika universitetida 1,5 yil ta’lim olinadi.
4. Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti: (Belarus):
60540200 - Amaliy matematika hamda 1-31 03 03-01 Amaliy matematika (ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga Qarshi davlat universitetida 2 yil, Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetida 2 yil tahsil olinadi.
5. Belarus davlat chet tillari universiteti (Belarus): 60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili hamda 6-05-0231-01 Современные иностранные языки (английский язык и русский язык) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga
Qarshi davlat universitetida 2 yil, Belarus davlat chet tillari universitetida 2 yil (3 kursda hamkor BDCHTUda + 4 kursda masofada) tahsil olinadi.
6. Belarus milliy texnika universiteti (Belarus): 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) hamda 6-05-0311-02 Экономика и управление bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga Qarshi davlat universitetida 2 yil, Belarus milliy texnika universitetida 2 yil tahsil olinadi.
Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari:
1. N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod davlat lingvistika universiteti (Rossiya): 70230101 - Lingvistika (rus tili) hamda 45.04.01 Filologiya. «Russkiy yazk kak inostranniy» hamda Sovremennaya lingvistika i mejkulturnaya kommunikatsiya Qarshi davlat universitetida 1 yil, N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod davlat lingvistika universitetida 1 yil tahsil olinadi.
2. Patris Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (Rossiya): 71010101 — Turizm va mehmondo’stlik hamda 43.04.02 «Turizm» (profil «Planirovaniye i razvitiye turizma») Qarshi davlat universitetida 1 yil, Patris Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universitetida1 yil tahsil olinadi.
3. Belarus davlat chet tillari universiteti (Belarus): 70230101 Lingvistika (ingliz tili) hamda 7-06 0231-03 Teoreticheskaya i prikladnaya lingvistika
Qarshi davlat universitetida 1 yil, Belarus davlat chet tillari universitetida 1 yil tahsil olinadi.
4. Belarus milliy texnika universiteti (Belarus): 70540201 - Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) hamda 7-06-0533-05 - Prikladnaya matematika i informatika 70410102 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) hamda 7-06-0311-02 Mirovaya ekonomika Qarshi davlat universitetida 1 yil, Belarus milliy texnika universitetida 1 yil tahsil olinadi.
5. Muxtor Auezov nomidigi Janibiy Qozog’iston universiteti (Qozog’iston Respublikasi): 70230101 - Lingvistika (rus tili) hamda 7MO2331 – Prikladnaya lingvistika Qarshi davlat universitetida 1 yil, Muxtor Auezov nomidigi Janibiy Qozog’iston universiteti 1 yil tahsil olinadi.
Batafsil ta’lim yo‘nalishlari va shartnoma miqdorlari haqida ma’lumotlar quyida:
O‘qishga kirish uchun quyidagi hujjatlar 11-avgustdan 25-sentyabrgacha https://my.qarshidu.uz/services/96%20 havolasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi:
1.O‘qishga kirish formasi to‘ldiriladi (elektron rus, o‘zbek tillarida);
2.Pasport (notarial tasdiqlangan rus tili tarjimasi);
3.O‘rta yoki o‘rta maxsus ta’limni tugatganligi haqida tasdiqlovchi hujjatning attestat yoki diplom ilovasi bilan (magistratura uchun bakalavr diplomi ilovasi bilan) notarial tasdiqlangan rus tilidagi tarjimasi;
4.Elektron rasm (orqa foni oq rangda)
Darvoqe, abituriyentlar rus tilini bilishlari muhim hisoblanadi!
Shoshiling! Ta’lim olish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang!
Porloq kelajak - bilimli yoshlar qo‘lida!
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+99891 072 18 18
+99891 474 47 70