Ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘limi

27-Iyun 2023

 Bahodir Karimov Safarovich


Ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i,

Telefon: +998 97 556-84-77
Elektron pochta:  boho_mss@mail.ru
 
Qabul kunlari: Har kuni soat 15:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

2001-2005 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti talabasi
2007-2009 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti magistratura talabasi
2010-2012 yy - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali tabiiy va umumkasbiy fanlar kafedrasi assistenti
2012- 2013 yy - Qarshi davlat universiteti ilmiy bo‘lim uslubchisi
2013 y. - h.v   - Qarshi davlat universiteti Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish  bo‘limi boshlig‘i, Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari kafedra o‘qituvchisi

Bo‘lim tarixi

2023-yilning mart oyiga qadar  Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar  tayyorlash bo‘limi deb yuritilgan. Universitet rektorining 2023-yil 3-martda 103 X - sonli buyrug‘iga asosan  Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘limi deb o‘zgartirildi

Asosiy vazifalari

Bo‘lim faoliyatining asosiy qismini quyidagilar tashkil qiladi:
Universitetda  olib  borilayotgan   ilmiy-tadqiqot  ishlarining monitoringini  olib  borish:
Fan  doktori (DSc), falsafa doktori (PhD)  hamda  ularning  ilmiy   yo‘nalishlari  to‘grisida  ma’lumotlar   bankini  shakllantirish:
Fan va ishlab chiqarishning innovatsion  korporativ   hamkorligini  tashkil etish bo‘yicha fakultet kafedralarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash:
Kafedralardagi  yetuk  professor-o‘qituvchi,  tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchi, iqtidorli  talabalar  va  tegishli  ishlab  chiqarish korxonalari vakillaridan iborat innovatsion  guruhlarni shakllantirish va ishlab chiqarish bilan ikki tomonlama imzolangan shartnomalar asosida ularning  faoliyatini  yo‘lga  qo‘yish:
Universitetda «Oliy  ta’lim  fan  va  ishlab  chiqarishning innovatsion korporativ hamkorligini  tashkil  etish bo‘yicha  tadbirlar rejasi»ning  amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borishini yo‘lga qo‘yish:
 O‘zR FA tarmoq  institutlari  bilan hamkorlikda  qo‘shma   labaratoriyalar va kafedralar sonini oshirish va ularni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash:
Scopus, web of science va boshqa xorijiy nashrlarga maqolalar chop etish bo‘yicha ishlarni tashkil etish:
 Xo‘jalik  shartnomalari  bo‘yicha   olib  borilayotgan ilmiy-tadqiqot  ishlari  to‘g‘risida   ma’lumotlar  bazasini  shakllantirish  va  yangilab         borish.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligi tomonidan  e’lon qilingan davlat  grantlari, davlat ilmiy-texnik  dasturlari doirasidagi fundamental amaliy, innovatsion va yosh olimlar) yo‘nalishlari tanlovlarga chet  el  grantlari tanlovlarida universitet professor- o‘qituvchilarining ishtirokini  ta’minlash
Universitetda  xalqaro  va  Respublika  miqyosida  ilmiy-amaliy  anjumanlar,  seminarlarni  tashkillashtirish va  konferensiyalarni  o‘tkazish.
Tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar to‘g‘risida yagona  axborot  bazasini  shakllantirish,  va  monitoringini  olib  borish, ularning  dissertatsiya  mavzularini universitet  kengashida  tasdiqlash.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Davlat stipendiyalari  hamda nomli  Davlat  stipendiyalariga   nomzodlarni  saralash Nizom  talablari  asosida   me’yoriy hujjatlarni  tayyorlab  Oliy  ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligiga taqdim  etish.  (magistr,  bakalavr)
Iqtidorli  talabalarni  saralab  olish ular  to‘g‘risida  ma’lumotlar  bazasini  yaratish  va  yangilab  borish, ularni  ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish.
Universitetning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha yillik hisobotlarini o‘z vaqtida tayyorlash va Oliy  ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligiga  taqdim  etish.
Oliy ta’lim muassasasi talabalari respublika fan olimpiadasini universitet bosqichini o‘tkazish va respublika bosqichiga talabalarni ishtirokini tashkil qilish
“Yil talabasi” tanlovini universitet bosqichini o‘tkazish va respublika bosqichiga talabalarni ishtirokini tashkil qilish
Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha iqtidorli talabalarning ilmiy va fan to‘garaklari ish faoliyatini monitoring nazoratini tashkil qilish
Maktab va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida "QarDU Rektori fan olimpiadasi" tanlovini tashkil qilish
Universitet talabalari o‘rtasida “Rektor fan olimpiadasi”ni tashkil etish
Universitet talabalarini “Startap” tanlovlariga loyihalar bilan qantnashishini tashkil qilish
Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha iqtidorli talabalarning ilmiy va fan to‘garaklari ish faoliyatini monitoring nazoratini tashkil qilish
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim va sog‘liqni saqlashga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, rektor buyruqlari ijrosini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini ilmiy xodimlar va talabalarga yetkazib borish.

Xodimlar