Davronov Shohjahon Rizamat o‘g‘liQarshi davlat universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori,
|
Davronov Shohjahon Rizamat o‘g‘li 1994-yil 8-iyulda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. 2015-yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini, 2017-yilda esa Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi — informatika va axborot texnologiyalari, kompyuter injiniringi (kompyuter tizimlarini loyihalash). Shohjahon Davronov mehnat faoliyatini 2017-yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining “Dasturiy injiniring” kafedrasida assistent lavozimida boshlagan. Shundan so‘ng Qarshi davlat universitetida tayanch doktorant, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida ta’lim kredit tizimini boshqarish sektori bosh mutaxassisi, “Dasturiy injiniring” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi, “Axborot xavfsizligi” kafedrasi mudiri hamda “Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” kafedrasi dotsenti lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2025–2026-yillarda Qarshi davlat universitetining Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri sifatida ishlagan. 2026-yil 16-iyuldan Qarshi davlat universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.