Iqtisodiyot kafedrasi

17-Fevral 2025

Ochilov Akram Odilovich


Iqtisodiyot kafedrasi mudiri,
Iqtisodiyot fanlari doktori professor
Telefon: +998 90 987 92 38
Elektron pochta: akram.oo@mail.ru
 
Qabul kunlari: Har kun soat 09:00 dan 16:00 gacha

Mehnat faoliyati

1985-1986 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti Qarshi filiali katta laboranti
1986-1987 yy. - Moskva gidromelioratsiya instituti stajyor-o‘qituvchisi
1988-1991 yy. - Moskva gidromelioratsiya instituti aspiranti
1991-1992 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti Qarshi filiali gidrotexnika inshootlari kafedrasi assistenti
1992-1995 yy. - Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti assistenti
1995-1997 yy. - Qarshi muhandis-iqtisodiyot instituti agrotexnologiya markazi metodisti
1997-2001 yy. - Qarshi muhandis-iqtisodiyot instituti agroiqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi, gidroinjeneriya kafedrasi dotsenti
2001-2007 yy. - Qarshi muhandis-iqtisodiyot instituti marketing xizmati bo‘limi boshlig‘i
2007-2008 yy. - Qarshi muhandis-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti
2008-2009 yy. - Qarshi muhandis-iqtisodiyot instituti menejment kafedrasi dotsenti
2009-2010 yy. - Qarshi davlat universiteti kasbiy ta’lim kafedrasi dotsenti, moliya-iqtisodiyot ishlari prorektori v.b.
2010-2012 yy. - Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti, kasbiy ta’lim kafedrasi dotsenti
2012-2019 yy. - Qarshi davlat universiteti mehnat ta’limi kafedrasi dotsenti
2019-2022 yy. - Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot va servis kafedrasi professori v.b.
2022-2023 yy. - Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi professori
2023 y. - h.v.   - Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi mudiri

Kafedra tarixi

Kafedra 1967 yilda "Siyosiy iqtisod" nomi bilan tashkil etilgan. 1992 yilda kafedra nomi o‘zgartirildi: "Iqtisodiyot nazariyasi" va 2021 yilda "Iqtisodiyot" 2012-2013 o‘quv yilida kafedraga 5231600 – "Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi"yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilindi. 2023-2024 o‘quv yilida ushbu ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta’lim shaklining so‘nggi yili bitiruvchilari o‘qishni tugatdilar. 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab ushbu yo‘nalish nomi va kodi 60411400 – "Inson resurslarini boshqarish" deb o‘zgartirildi. Shuningdek, 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab kafedrada 60310100 – "Iqtisodiyot" ta’lim yo‘nalishi kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab magistrantlar 70411401 – "Inson resurslarini boshqarish" mutaxassisligiga,  2024-2025 o‘quv yilidan boshlab esa 70410102- "Iqtisodiyot" mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga qabul qilindi. Qishki qabul 2023-2024 o‘quv yilida 3 nafar magistrant o‘qishni tamomladilar, hozirda 2 ta yo‘nalishda 8 nafar magistrant  tahsil olmoqdalar. Kafedrada 08.00.12-"Mintaqaviy iqtisodiyot" va 08.00.13-"Menejment" ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura faoliyat yuritib, unda 3 ta kursda tayanch doktorantlar tahsil olmoqdalar. 2023 yildan hozirgi paytgacha kafedrani   iqtisodiyot fanlari doktori, professor A.O.Ochilov boshqarib kelmoqda.

Asosiy vazifalari

Kafedra oliy ta’lim muassasasi tuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib, unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.

O‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat bo‘yicha: Aholi statistikasi, Barqaror rivojlanish, Biznes va tadbirkorlik, Buxgalteriya hisobi va audit, Demografik tahlil, Demografiya va inson kapitali, Yetakchilikni rivojlantirish, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, Ijtimoiy soha iqtisodiyoti, Investitsiyalarni baholash, Investitsiyalar tahlili, Innovatsion iqtisodiyot, Iqtisodiy ta’limotlar tarixi, Inson kapitali, Inson taraqqiyoti, Inson resurslari iqtisodiyoti, Inson resurslarini boshqarish, Inson resurslarini strategik rejalashtirish, Iqtisodiyot nazariyasi, Iqtisodiy siyosat,  Iqtisodiy xavfsizlik, Iqtisodiy tahlil va audit, Karyerani rivojlantirish, Kichik biznes va tadbirkorlik, Korporativ boshqaruv, Mikroiqtisodiyot, Mikro va makroiqtisodiyot, Menejment, Marketing, Makroiqtisodiyot, Mehnatni tashkil etish va boshqarish, Menejment asoslari, Moliya, Moliya bank va soliqqa tortish, Mehnat bozori iqtisodiyoti, Mehnat iqtisodiyoti, Pul va banklar, Raqamli iqtisodiyot, Soliqlar va soliqqa tortish, Statistika, Strategik rejalashtirish, Sanoat iqtisodiyoti, Tadqiqot usullari va ko‘nikmalari, Akademik ko‘nikmalar va kasbiy kompetentlik, Tadbirkorlik asoslari, Tarmoqlar iqtisodiyoti, Talantni boshqarish, Ekonometrika asoslari, Ekonometrika, Ekonometrikaga kirish, Xufiya iqtisodiyot  Magistratura bo‘yicha:    Mikroiqtisodiyot -2, Makroiqtisodiyot-2, Ekonometrika-2, Ishlab chiqarishni tashkil etish, Empirik iqtisodiyot, Innovatsion menejment, Inson resurslarini strategik boshqarish, Mehnat bozori transformatsiyasi, Demografik tahlil, Inson resurslari analitikasi, Davlat boshqaruvida inson resurslari, Innovatsion menejment

Ilmiy ishlar

Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi mavzusi: -"Oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy ishlab chiqarish korxonalari  integratsiyasini rivojlantirish yo‘nalishlari". Kafedrada  2025-yil 2-3-may kunlari  “Yashil energetika va iqtisodiyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Anjumanda xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, iqtisodiyot, turizm va marketing sohasi mutaxassislari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, magistrant va talabalar o‘zlarining ilmiy maqola va ma’ruzalari bilan kunduzgi va sirtqi bo‘limlarda ishtirok etadilar.Bundan tashqari kafedrada hozirgi kunda professor o‘qituvchilarning Scopus, Web of science kabi xalqaro bazalarda hamda OAK tan olgan mahalliy hamda xalqaro jurnallarda 600 dan ortiq ilmiy ishlari, shu bilan birga ularning 20 ga yaqin monografiya, 10 dan ortiq darslik, 20 ga yaqin o‘quv-qo‘llanmalari chop etilgan. 

Tadqiqotchilar

1.Kafedra katta o‘qituvchisi Sh.Xolliyev - falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olish uchun 08.00.04.-"Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti" ixtisosligi bo‘yicha "Qishloq xo‘jalik ekinlarining yovvoyi ajdodlaridan foydalanish iqtisodiy samaradorligini oshirishning iqtisodiy asoslari" mavzusida,

2.Katta o‘qituvchi M.Ostanova - falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olish uchun 08.00.10.- "Mehnat iqtisodiyoti. Demografiya" ixtisosligi bo‘yicha "Iqtisodiy rivojlanishning innovatsion modeliga o‘tish sharoitida inson kapitali sifatini oshirish istiqbollari" mavzusida;       3.O‘qituvchi Sh.Xayriddinov - falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olish uchun  08.00.07. -"Moliya, pul muomalasi va kredit" ixtisosligi bo‘yicha "Budjet muassasalarida moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash masalalari (Qashqadaryo viloyati oliy ta’lim muassasalari misolida)" mavzusida;

4.2-kurs tayanch doktorant M.Salimov - falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olish uchun 08.00.13.  -"Menejment" ixtisosligi bo‘yicha "Davlat tashkilotlarida xodimlar karyerasini boshqaruvi mexanizmini takomillashtirish" mavzusida;                                                           5.2-kurs tayanch doktorant U.Sattorov - falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olish uchun 08.00.13. -"Menejment" ixtisosligi bo‘yicha "Tijorat banklarida korporativ  boshqaruvning xalqaro tamoyillari asosida boshqaruv sifatini oshirish" mavzusida;                                   6.2-kurs tayanch doktoranti M.Musurmonova - falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olish uchun 08.00.12.  -"Mintaqaviy iqtisodiyot" ixtisosligi bo‘yicha "mintaqa korxonalar faoliyatini moliyaviy-iqtisodiy rivojlantirishning ekonometrik modeli" mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Hamkorlik

Kafedra ilmiy-tadqiqot, ilmiy sohalarda bir nechta oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ular quyidagilardir:    1. Sankt-Peterburg politexnika universiteti. 2. Sankt-Peterburg davlat universiteti. 3.Rossiya iqtisodiyot universiteti. 4. Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi moliya instituti. 5. Moskva shahar pedagogika universiteti. 6. Don davlat texnika universiteti. 7. Qozon Federal universiteti. 8. Belarus davlat universiteti. 9. Belarus    milliy universiteti. 10. Boshqirdiston davlat pedagogika universiteti. 11. Tuva davlat universiteti. 12. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.    13. O‘zbekiston milliy universiteti. 14. Samarqand davlat universiteti. 15. "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti. 16. Urganch davlat universiteti. 17. Samarqand iqtisodiyot va servis universiteti. 18. Qarshi davlat texnika universiteti.    19.Urganch davlat universiteti. 22. Qoraqalpoq davlat universiteti.  

Kafedra o‘qituvchilari

Asosiy shtatdagilar:                                                                                                          

Ochilov Akram Odilovich - kafedra mudiri, i.f.d., prof.
Qo‘chqorov G‘aybulla Fayzullayevich - i.f.n., prof.                                              

Erkayeva Gulbahor Panjiyevna-i.f.n., prof. 
Ostanov Egamberdi - i.f.n., dots.
Jo‘rayev Olimjon Narqulovich - PhD., dots.v.b.
Ostonova Mashhura Egamberdiyevna -k.o‘qit.
Xolliyev Sherali Baxtiyorovich -k.o‘qit.
Xayriddinov Shuxrat Botirovich-o‘qit.
Hazratqulov Shahboz Boboqul o‘g‘li-st.o‘qit.
Kabilova Shaxnoza Djo‘rayevna-st.o‘qit.
Rahmonova Tillaoy Malik qizi-st.o‘qit.
Eshmaxmatov Ulug‘bek Erkin o‘g‘li-st.o‘qit.
Yaxshiqulova Moxinur Tohir qizi-st.o‘qit.
G‘aniyev Shaxzod Shuhrat o‘g‘li-st.o‘qit.                                                                                                        

Ichki o‘rindoshlar:                                                                                   
Abdiyev Alimardon Chorshanbiyevich - i.f.n., dots.
Raimova Muborak Djurayevna - dots.v.b.
Babayeva Lola Ibragimovna - dots.v.b.
Ernazarov Zohid Nazarovich - PhD., dots.
Ismatullayev Jasur Anvarovich- PhD., dots.v.b.
Azimov Islom Xolmuratovich -st.o‘qit.  
To‘xtayev Soyib Safarovich-st.o‘qit.                                                                                      

Tashqi o‘rindoshlar:                                                                                                                

Bo‘riyev Jamshid Parda o‘g‘li-PhD., k.o‘qit..
Ergashev Tohir Qurbonovich- i.f.n., dots.
Xazratov Sarvar Ibragimovich-st.o‘qit. 
Saidov Suxrob Oktamovich-st.o‘qit.

Sahifalar

Iqtisodiyot fakulteti
Iqtisodiyot kafedrasi
Turizm va marketing