Xodimlar bo‘limi

15-may 2024

Xo‘jaqulov Akbar Eshquvatovich


Xodimlar bo‘limi boshlig‘i,
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent
Telefon: +998 93 696-21-28
Elektron pochta: xojaqulov82@mail.ru
 
Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 16:00 gacha

Mehnat faoliyati

2002-2009 yy. - Qarshi davlat universiteti xodimlar bo‘limi nazoratchisi
2009-2011 yy. - Qarshi davlat universiteti magistranti
2011-2017 yy. - Qarshi davlat universiteti xodimlar bo‘limi katta nazoratchisi o‘rindoshlik asosida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
2017-2019 yy. - Qarshi davlat universiteti xodimlar bo‘limi muhandisi o‘rindoshlik asosida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
2019-2021 yy. - Qarshi davlat universiteti xodimlar bo‘limi muhandisi o‘rindoshlik asosida maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
2021- y. - h.v.  - Qarshi davlat universitetining xodimlar bo‘limi boshlig‘i o‘rindoshlik asosida maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti

Bo‘lim tarixi

“Xodimlar bo‘limi” 1956 yilda Qarshi davlat pedagogika institutida “Kadrlar bo‘limi” nomi bilan tashkil topgan. 2021-yil 11-martdan boshlab hozirgi kunga qadar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent A.Xo‘jaqulov rahbarlik qilib kelmoqda.

Bo‘lim a’zolari:

  • Xo‘jaqulov Akbar Eshquvatovich
    Bo‘lim boshlig‘i p.f.f.d., PhD, dotsent
  • Tog‘ayeva Nargiza Ismailovna
    Muhandis
  • Raimberdiyev Asqarjon Asrorovich
    Muhandis
  • Nazarova Oydin Muxammadiyevna
    Muhandis
  • Tog‘ayeva Muqaddam Raxmatulla qizi
    Muhandis
  • Radjabova Fazilat Ostonovna
    Muhandis
  • Sa’dullayev Shohzod Husan o‘g‘li
    Muhandis

Asosiy vazifalari

  • Bo‘limning faoliyati va xodimlarining mehnatini tashkil qilish;
  • Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirliklarining Hay’at qarorlari, buyruqlari, modemogramma va telefonogrammalarini ijrosini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  • Universitetning rektor nomenklaturasiga kiruvchi barcha xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishni rasmiylashtirish, shuningdek yuqori organlar nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga tasdiqdan o‘tish uchun xodimlar hujjatini tayyorlash;
  • Kafedra va universitetning boshqa bo‘limlari bo‘yicha shtatlardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishni va joylashni amalga oshirish;
  • Xodimlarga asosiy mehnat qonunlarini tushuntirish;
  • Universitetning barcha bo‘limlarida ichki tartib va mehnat intizomiga rioya qilishni nazorat qilish;
  • Hujjatlashtirishga kiritilgan ariza, bildirishnomalarni ishlab chiqish hamda keyingi rasmiylashtirishda aniqlik kiritish; 
  • Professor-o‘qituvchilar va boshqaruv apparati, ma’muriyat va o‘quv-yordamchi xodimlarning  tabellarini tekshirib borish va haqiqatda ishlamagan xodimlarga ish vaqti qo‘yilishi holatlarini oldini olish choralarini ko‘rish;
  • Mehnat daftarchalar, shaxsiy guvohnoma blankalarini hisobga olish va topshirish, rektorga imzo uchun taqdim etiladigan buyruq loyihalarini tekshirish va nazorat qilish;
  • Professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xo‘jalik bo‘limi xodimlarini ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish va joylashtirish bo‘yicha komissiyalar tarkibida qatnashish;
  • Professor-o‘qituvchilarga tegishli bo‘lgan hujjatlarni tasdiqdan o‘tkazish, rasmiylashtirish, universitet barcha xodimlariga belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’til jadvali asosida ta’tillarini berilishini nazorat qilish, zaxira kadrlar bilan ishlash, yillik, oylik hisobotlarni tayyorlashni ta’minlash va belgilangan muddatlarda taqdim etilishini amalga oshirish;
  • Hodimlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha belgilangan tartibda mehnat organlariga va yuqori tashkilotlarga hisobotlar tayyorlash va taqdim etishni ta’minlash;
  • Bo‘sh lavozimlarga iqtidorli yosh magistr darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tanlash, kadrlar zaxirasiga kiritish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha rektorga takliflar kiritish. 
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
  • Universitet ichki tartib qoidalari, odob-ahloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ish bilan ta’minlashga oid qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va vazirliklarning buyruqlari, topshiriqlari, mahalliy hokimyat organlarining qarorlarini hamda Nizom, yo‘riqnomalar va meyoriy hujjatlarni, universitet ichki tartib-qoidalarini  amal qilishi hamda Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga va namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, bo‘lim vazifalaridan kelib chiqib strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash.