Organik kimyo kafedrasi

1-Mart 2025

Qodirov Abduahad Abdurahimovich


Organik kimyo kafedrasi mudiri,
Kimyo fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: +998 91 451-54-84
Elektron pochta: kodirov.aa@qarshidu.uz
 
Qabul kunlari: Haftaning Har kuni   soat 15:00 dan 17:00 gacha

Mehnat faoliyati

2013-2018 yy. - Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi
2018-2021 yy. - Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi dosenti
2021 y. - x.v.   - Qarshi davlat universitetining organik kimyo kafedrasi mudiri

Kafedra tarixi

2021 yilda Organik kimyo kafedrasi tashkil etilgan. Tashkil etilgandan buyon kafedraning ilmiy salohiyati 60 % dan 73 % ga ko‘tarilgan. Kafedrada 1 ta fan doktori, dotsent, 3 ta fan nomzodi, dotsent, 3 ta PhD, dotsent, 1 ta PhD, dotsent vazifasini bajaruvchi, 3 ta o‘qituvchi, 3 ta tayanch doktorantlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Organik kimyo kafedrasi 60530100 – Kimyo yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr mutaxassislar tayyorlovchi kafedra hisoblanadi. Kafedrada 70530101 – Kimyo mutaxassisligi bo‘yicha magistratura mavjud. Shu vaqt mobaynida kafedraning 1 nafar a’zosi kimyo fanlari doktori ilmiy darajasini, 4 nafar a’zosi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini, 4 nafar a’zosi dotsent ilmiy unvonini olishga erishgan. Kafedra dotsenti Kodirov Abduaxad Abduraximovich kimyo fanlari doktori (DSc)  ilmiy darajasini olish uchun “Alifatik va geterotsiklik nitrillar hamda amidlar sintezi, kvant kimyoviy tasnifi, modifikatsiyasi, biologik faolligi” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qildi.  Mustaqil izlanuvchi Kurbanov Mingniqul Jumagulovich texnika fanlari doktori (DSc)  ilmiy darajasini olish uchun “Alifatik azot va bitsiklik oltingugurt saqlovchi organik birikmalar sintezi, olish texnologiyasi va qo‘llanilish sohalari” mavzusida dissertatsiya ishi olib boryapti. Ilmiy maslahatchi etib kimyo fanlari doktori Kodirov Abduaxad Abduraximovich tayinlangan. Kafedra a’zolari tomonidan "Aminonitrillar asosida yuqori samarali biologik faol birikmalar sintezini amaliyotga joriy etish" mavzusida ilmiy innovatsion loyiha muvaffaqiyatli bajarilgan, o‘stiruvchanlik xususiyatga ega N,N-bis-(α-sianizopropil) etilendiamin uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk Markazining ixtiroga patenti olingan (№IAP 07542, 2023 yil). Natijada qishloq xo‘jaligida keng qo‘llash uchun suvda oson eruvchan, kam zaharli va yuqori samarali sintetik stimulyator yaratilgan. Yuqori o‘stiruvchanlik xususiyatini namoyon etuvchi “Oltin kuz” preparatiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk Markazidan tovar belgisiga guvohnoma olingan (MGU 47964, 2023 yil). Shuningdek,  "Almashingan benzimidazollar va xinozolonlar qatorida tioamidalarning sintezi va kimyoviy o‘zgarishlari" (2023 y.), “Aminonitrillar sintezi va biologik faolligi” deb nomlangan monografiyalar, "Organik kimyo fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari"(2023 y.),  “Bioorganik kimyo”(2024) deb nomlangan darsliklar, "Organik kimyo", "Tabiiy birikmalar kimyosi" , “Organik kimyo fanidan mashq va masalalar to‘plami”, “Umumiy va noorganik kimyo 2” deb nomlangan o‘quv qo‘llanmalar chop etilgan. Kafedra a’zolarining ilmiy raxbarligida 3 nafar iqtidorli talaba turli tanlovlarda g‘olib bo‘lishgan, 2 nafar talaba nomdor stipendiant bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.

Asosiy vazifalari

Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida ta’lim texnologiyalari yaratilgan. Hamda kimyo ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun zamonaviy kimyoviy laboratori va laboratoriya jixozlari bilan taminlangan. Asosiy vazifalari kimyo ta’lim yo‘nalishi talabalarini quyidagilarni shakllantirish 1. ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ishlashga; 2. tegishli bakalavriat yo‘nalishi doirasida tanlangan mutaxassislik bo‘yicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirishga; 3. yangi kimyoviy birikmalar sintezi texnologiyasini amaliyotga tatbiq etish, kimyoviy birikmalarni olish, uning tuzilishi o‘rganish va tahlil qilish

O‘qitiladigan fanlar

Organik kimyo,

Modda tuzilishi,

 Kimyoda kompyuter modellashtirish,

Kimyoviy texnologiya,

Bioorganik kimyo,

Tabiiy birikmalar kimyosi,

 Geteroxalqali birikmalar,

Organik birikmalar sintezi,

 Kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari va qurilmalari,

 Tadqiqotning zamonaviy fizik- kimyoviy usullari,

Organik kimyoda gaz va suyuqlik xromatografiyasi,

Tovarlar kimyosi, Organik reaksiyalarning ta’sir mexanizmi,

Tabiiy va nozik organik kimyo

Ilmiy ishlar

Kafedra quyidagi yoʼnalishlarda ilmiy faoliyat olib boradi: 
1. Аlifatik va geterotsiklik nitrillar hamda amidlar sintezi, kvant kimyoviy tasnifi, modifikatsiyasi, biologik faolligi;
2. Neftь tarkibidagi siklik oltingugurtli birikmalarni olish texnologiyasi va kimyoviy modifikatsiyasi. 
Ushbu yoʼnalishlar boʼyicha kafedrada 1 ta Xalqaro, 1 ta Respublika miqyosida ilmiy amaliy konferentsiya, 1 ta darslik, 4 ta monografiya, 3 ta oʼquv qoʼllanma, 20 dan ortiq uslubiy koʼrsatmalar, 50 dan ortiq mahalliy OАK joʼrnallarida, 30 dan ortiq xorijiy jurnallarda maqolalar chop etilgan.

Tadqiqotchilar

Organik kimyo kafedrasi dotsenti, kimyo fanlari nomzodi Qurbanov Mingniqul Jumagulovich Texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun "Alifatik azot va bitsiklik oltingugurt saqlovchi organik birikmalar sintezi, olish texnologiyasi va qo‘llanilish sohalari" mavzusida 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha k.f.d., dotsent Kodirov Abduaxad Abduraximovichning ilmiy maslahatchiligida, Organik kimyo kafedrasi tayanch doktoranti Hamrayeva Komila Baxodir qizi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “α-Aminonitrillar asosida α-aminokislotalar sintezi va ularni olish texnologiyasi” mavzusida 02.00.03 - Organik kimyo ixtisosligi bo‘yicha k.f.d., dotsent Kodirov Abduaxad Abduraximovich rahbarligida, Organik kimyo kafedrasi tayanch doktoranti Xoliqova Gulnoza Axmad qizi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “α-Aminonitrillarni biometallar bilan kompleks hosil qilish reaksiyalarini o‘rganish” mavzusida 02.00.03 - Organik kimyo ixtisosligi bo‘yicha k.f.d., dotsent Kodirov Abduaxad Abduraximovich rahbarligida, Organik kimyo kafedrasi tayanch doktoranti Xolmirzayeva Lobar Shuxratovna kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Ikkilamchi polietilentereftalat alkogoliz mahsuloti va mahalliy xom-asholar asosida surkov moylari olish va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha k.f.n., dotsent Qurbanov Mingniqul Jumagulovich rahbarligida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda

Hamkorlik

Kafedra: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.Yu. Yunusov nomidagi O'simlik moddalari kimyosi instituti, O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-teхnologiya ilmiy tadqiqot inistituti, Mirzo Ulugbek nomidagi O'zMU, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Shurtangaz kimyo kompleksi, Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, O’zbekiston GTL zavodi hamda  boshqa ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik qiladi.

Kafedra o‘qituvchilari

Qodirov Abduahad Abdurahimovich,

Naxatov Innat,

Qurbonov Mengliqul Jumagulovich,

Xakimova Zuxra Mallayevna,

Choriyev Azimjon Uralovich,

Maxmadiyorova Charosxon Erkinovna,

Pirnazarova Nasiba Baymanovna,

Ro‘ziqulov Azim Yusupovich,

Xolmirzayeva Lobar Shuxratovna,

Safarova Matluba Alimqulovna,

Mamatova Shaxnoza Berdiqobilovna,

Karimov Oybek Tirkavovich,

Rustamov Sardor Rustamovich,

Elmurodov Chori Jurayevich