Kimyo-biologiya fakulteti

12-Mart 2025
 

Kamolov Luqmon Sirojiddinovich


Fakultet dekani,
kimyo fanlari doktori, professor
Telefon: +998 99 413-03-71
Elektron pochta: kamolov.luqmon@mail.ru
 
Qabul kunlari: Har kuni 14.00-18.00 (dushanbadan tashqari)

Mehnat faoliyati

Kamolov Luqmon Sirojiddinovich 1971 -yilning 3 avgust sanasida Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tumanining Toshqo‘rg‘on qishlog‘ida tavallud topgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet) kimyo fakultetiga 1988 o‘qishga qabul qilinib, 1994 yilda mazkur fakultetni a’lo baholarga muvaffaqiyatli tamomlagan. 1994 yil 31 avgustdan O‘z FA O‘simlik Moddalari kimyosi institutidagi alkaloidlar laboratoriyasida ilmiy tadqiqotchi sifatida ish boshladi va 1995 yil 1 yanvardan O‘z FA O‘simlik Moddalari kimyosi institutidagi alkaloidlar laboratoriyasida  aspirant sifatida o‘qishdi davom etirdi.O‘zining pedagoglik ish faoliyatini 1999 yil noyabrdan Qarshi shahridagi 1-litseyda kimyo o‘qituvchisi sifatida ish boshlagan. 2000 yil avgust oyidan Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi vazifasida, 2000 yil 18 dekabrdan 2002 yilgacha Tabiiyotshunoslik fakultetda ma’naviyat va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha dekan muovini, 2002 yil 18 martdan 2004 yilgacha magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimida va 2004 yildan 2016 yilgacha Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini lavozimlarida ishladi. Qarshi davlat universiteti «Kimyo» kafedrasi mudiri lavozimida 2016 yildan 2022 yilgacha faoliyat olib bordi. 2022-yildan hozirgi kunga qadar Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Fakultet tarixi

Fakultet 1960 yil 20 yanvarda Kimyo – biologiya fakulteti nomi bilan ish boshlagan. Keyinchalik, ya’ni 1994 yil “Tabiatshunoslik” markaziga aylantirilgan. 2001  yilda markaz tarkibida “Ximiya - geografiya” hamda “Biologiya -tuproqshunoslik” fakulteti tashkil etilgan. 2005 yil 26 avgustda har ikki fakultet birlashtirilib Kimyo – biologiya fakulteti deb nomlangan. 2011 yil, 5 noyabrdan “Tabiatshunoslik va geografiya” fakulteti nomi berilgan. 2014 yil 8 iyul oyidan fakultetga “Tabiiy fanlar” fakulteti maqomi berildi. 2021 yil oktabr oyidan fakultetga “Kimyo- biologiya” fakulteti maqomi berildi.

Asosiy vazifalari

Fakultetda o‘quv jarayonini tashkil etish va ta’minlash; 

Ta’limning barcha masalalari bo‘yicha talabalarga axborot xizmati ko‘rsatish va tushuntirish ishlarini olib borish;

Fakultet bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash va farmoyishlar chiqarish;

Yuqori tashkilotlarning ko‘rsatmalariga asosan fakultet bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash;

Talabalar faoliyatiga oid ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, saqlash va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;

Talabalar kontingenti monitoringini olib borish;

Talabalik guvohnomalarini rasmiylashtirish va talabalarga yetkazish; Baholash daftarchalarini rasmiylashtirish, talabalar o‘zlashtirish natijalarini qayd etib borilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va ularni saqlash;

Baholash qaydnomalarini rasmiylashtirish, ularning o‘rnatilgan tartibda to‘ldirilishini nazorat qilish va saqlash;

Semestr natijalarini umumlashtirish, hisobotlarni tayyorlash va o‘rnatilgan tartibda Oliy ta’lim muassasa o‘quv-uslubiy boshqarmasiga taqdim etish;

Semestr natijalari va stipendiya komissiyasi qaroriga asosan talabalarga stipendiyalar belgilash va ularni kursdan kursga o‘tkazish xususidagi buyruq loyihalarini tayyorlash;

Bitiruvchi bakalavr va magistr talabalarning talabalik guvohnomasi, reyting daftarchasi, o‘quv va shaxsiy varaqalarini OTM talabalar bo‘limiga o‘rnatilgan tartibda topshirish;Bitiruvchi talabalarga tegishli buyruqlar ijrosini ta’minlash.

Bakalaviatura yo‘nalishlari

Kimyo, Biologiya, Biotexnologiya

Magistratura mutaxassisliklari

Kimyo (fan yo‘nalishlar bo‘yicha), Biologiya (fan yo‘nalishlar buyicha), Mikrobiologiya va virusologiya, Biotexnologia.

Fakultetning iqtidorli talabalari

Jovliyev Shaxriyor Baxtiyor o‘g‘li -Beruniy nomli davlat stependiyanti, Uzokova Shaxzoda Sobir qizi-Ulug‘bek nomli davlat stependiyanti

Kafedralar

Noorganik kimyo kafedrasi

Botanika kafedrasi

Mikrobiologiya va biotexnologiya

Zoologiya kafedrasi

Organik kimyo kafedrasi

Fiziologiya kafedrasi