Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi

26-noyabr 2024

Ismatov Xolmumin Xurozovich


Bo‘lim boshlig‘i

Telefon: 75-220-02-17,  98-776-59-08
Elektron pochta: halmumin8@gmail.com
 
 
Qabul kunlari: Har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

1983-1988 yy. - Moskva muhandis qurilish instituti talabasi

1988-1995 yy. - Toshkent yengil metal konstruksiya zavodi texnik nazorat bo‘limi boshlig‘i

1995-2013 yy. - Milliy xavfsizlik xizmati xodimi (hozirgi kunda DXX )

2013-2017 yy. - “Sho‘rtan neftgaz” unitar sho‘ba korxonasi 1-bo‘lim boshlig‘i - rejim va qo‘riqlash bo‘yicha rahbar o‘rinbosari

2017-2023 yy. - G‘uzor tumani Sho‘rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi o‘quv markazi boshlig‘i

2023 y. - h.v.   - Qarshi davlat universitetining Korrupsiyaga qarshi kurashish "Kompleans-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i

Bo‘lim tarixi

Korrupsiyaga qarshi kurash "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-iyundagi "Oliy ta’lim tizimida "Korrupsiyasiz soha" loyihasini amalga oshirishni tashkil etish to‘g‘risida"gi 281-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash to‘g‘risida Qarshi davlat universiteti rektorining 2021-yil 5iyuldagi 171- I-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Bo‘lim tarkibi – bo‘lim boshlig‘i va ikki nafar bosh mutaxassisdan iborat. 

Asosiy vazifalari

Universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;

Oliy ta’lim tizimida "Korrupsiyasiz soha" loyihasini universitet miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurash "Komplayens-nazorat" tizimini joriy etish va uni amalga oshirish;

universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori  bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;

universitetda korrupsiya ko‘rinishlari namoyish bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;

universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;

universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek, zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;

korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standart va horijiy ijodiy tajribasini o‘rganish sotsiologik, ilmiy  va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;

universitetda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik,ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;

universitet huzuridagi texnikumlar va akademik litseyning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.

Bo‘lim mutaxassislari telefon raqami 97-319-00-12,  77-106-67-77; 

@QarDu_AntiKor_bot  Qarshi davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi.     

@eduuzanticor_bot O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Korrupsiya qarshi kurashish bo‘limi.