Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti

30 March, 2023

Fakultet tarixi

Fakultet 2021 yil 23 sentabrdan universitet rektorining buyrug‘iga asosan fizika-matematika fakulteti tarkibidan Matematika va kompyuter ilmlari alohida fakultet sifatida tashkil qilindi. Fakultetda malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha eng nufuzli tarixiy faoliyatga ega. Fakultetda ta’lim olgan malakali kadrlar Respublika va Viloyat oliygohlarida hamda ta’lim tizimi sohalari, xalq xo‘jaligining turli sohalarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Fakultet jamoasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga amal qilgan tarzda olib bormoqda. Fakultet faoliyati oliy ta’lim, kasb – hunar va o‘rta maxsus ta’lim, umumta’lim muassasalari  uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

Fakultet ma’muriyati:

Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti dekani, texnika fanlari nomzodi, dotsent

Eshqarayeva Narxol G'uzarovna

Telefon: (+998 91) 215-17-71 

E-mail: norxol@mail.ru

O’quv ishlar bo’yicha dekan muovini

 Norov Asliddin Ziyot o’g’li

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00 (Dushanba va shanba kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 93) 906-84-98

E-mail: muqumovasqar@gmail.com

O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini

Xurramov Ismoil Dilmurodovich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00 (Dushanba va shanba kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 91) 217-40-28

E-mail: ismoil_x@mail.ru 

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini

Bozorov Akmal Ashirovich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00 (Dushanba va shanba kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 91) 963-20-10

E-mail: safarov-l@mail.ru

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini

Jurayev Asrorjon Xasanovich

Telefon: (+99897) 312-24-66

Elektron manzil: asrorjon68@umail.uz

Fakultet kafedralari:

Matematik analiz va differensial tenglamalar

Amaliy matematika

Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari

Algebra va geometriya

Fakultet quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlaydi:

Matematika

Matematika va informatika

Amaliy matematika

Amaliy matematika va informatika

Informatika o‘qitish metodikasi

Quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi:

Matematika

Amaliy matematika

Axborot tizimlari

MATEMATIKA VA KOMPYUTER ILMLARI FAKULTETI FAOLIYATI

Matematika fakultetida o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-uslubiy ishlar OTM faoliyatiga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmonlari, Vazirlar mahkamasi qaror va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining bo‘yruq va topshiriqlari asosida universitet Ilmiy kengashi, rektor buyruqlari, shuningdek ta’liimga oid huquqiy - meyoriy hujjatlar asosida tuzilgan ish rejasida ko‘rsatilgan ishlar amalga oshirildi.

Fakultet 5 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va 3 ta  magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Fakultetda kunduzgi bo‘limda 1285 nafar talaba tahsil oladi. Shulardan 1 nafari Turkmaniston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi.

Bakalavriaturada;  60510400–matematika, 60540200 - amaliy matematika, 5130100–matematika, 5130200-Amaliy matematika, 5110100 – matematika va informatika, 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi, 5130200 – Amaliy matematika va informatika.

Magistraturada: 5A130101–Matematika, 70540201-Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha), 70610204 – Axborot tizimlari (tarmoqlar bo‘yicha)

Ilmiy salohiyat. Fakultetda 4 kafedra mavjud bo‘lib, hozirgi kunda asosiy shtatda 49 ta nafar, o‘rindoshlik asosida 20 nafar professor–o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Professor–o‘qituvchilar tarkibida 5 nafar fan doktor, professor, 13 fan nomzodi dotsent, 12 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar 2088 nafar talabalarga ta’lim tarbiya berib kelmoqda. Ilmiy salohiyat – 38%.

Fakultet kafedralari tomonidan “Noaniq informatsion holatlarda texnologik jarayonlarni matematik modellashtirish”,  va “Kompleks analizda integral formulalar va ko‘p o‘lchovli qoldiqlar” “Matematik fizika tenglamalari uchun to‘gri va teskari masalalar” borasida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Keyingi 3 yil ichida fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 4 ta darslik, 20 dan ortiq  o‘quv qo‘llanma, 10 ta  monografiya, 15 ta risola va mingga yaqin ilmiy maqolalar chop ettirilgan.

Fakultetdagi ta’lim yo‘nalishlarining kasbiy faoliyat turlari

Matematika - ta’lim jarayonida mos umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida o‘quv-tarbiya ishlari; matematik jarayonlarni ifodalovchi adabiyotlar; tushunish, o‘rganish va idrok etish; ta’lim jarayoni  meyoriy meyoriy xujjatlari; laboratoriya qurilmalari va uskunalari: fan va ishlab chiqarishdagi masalalar; axborot texnologiyalari; ixtisoslik bo‘yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari; tashkiliy-boshqaruv jarayoni; ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlari bo‘yicha faoliyat obyektlarini qamrab oladi. Ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-boshqaruv, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasi, pedagog (umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar  ta’limi) tizimida kasbiy faoliyat turlarini olib boradi.

Informatika o‘qitish metodikasi - bakalavriat ta’lim yo‘nalishi -umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlovchi yo‘nalish bo‘lib, ushbu yo‘nalishda ta’lim olganlar umumiy urta, urta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, oliy, malaka oshirish va kayta tayyorlash muassasalarida o‘rnatilgan tartibda yordamchi xodimlar, O‘zFA va tarmoq ITIda,   ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida, davlat boshqaruv organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarida kasbiy faoliyat yuritish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Amaliy matematika va informatika  - ta’lim yo‘nalishi - ilm-fan va texnika sohalaridagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, u fanning turli tarmoqlarida matematikani qo‘llashnning talablariga va amaliy faoliyatning turli sohalariga matematik usullarning kirib borishini o‘rganish, soha istiqbolini belgilash, kasbiy ko‘nikmaga, mutassaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining bilim vositalari, usullari va uslublari majmuasini o‘z ichiga oladi. Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari:  tajriba – konstruktorlik tashkilotlarida matematik va dasturiy ta’minot; pedagogika va axborot texnologiyalari; matematik usullar va kompyuter texnologiyalari.

Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi

Algebra va geometriya kafedrasi

Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi

Amaliy matematika kafedrasi

Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi

Algebra va geometriya kafedrasi

Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi

Amaliy matematika kafedrasi