Botanika kafedrasi

14-may 2024

Baysunov Babir Xidirovich


Botanika kafedrasi mudiri,
Biologiya fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: +998 90 721-66-99
Elektron pochta: bbaysunov@mail.ru
 
Qabul kunlari: Haftaning Seshanba, payshanba, juma kunlari soat 15:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

2023-yil oktabr oyidan boshlab botanika kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda

Kafedra tarixi

Kafedra 2018 yilda tashkil etilgan. Tashkil etilgandan buyon kafedraning ilmiy salohiyati 50 % dan 75 % ga ko‘tarilgan. Shu vaqt mobaynida kafedraning 3 nafar a’zosi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini, 2 nafar a’zosi dotsent ilmiy unvonini olishga erishgan. Kafedra a’zolari tomonidan  "O‘zbekiston janubida Lipskya Insignisning bioekologiyasi" (2020), "Ko‘kalamzorlashtirish" (2021), “Hibiscus syriacus L. ning O‘zbekiston sharoitiga introduksiya qilish natijalari va istiqbollari” (2022 y), "Introduksiya sortov kann v aridnuyu zonu" deb nomlangan monografiyalar, "Manzarali o‘simliklar" darsligi, ".O‘zbekiston shaharlarini ko‘kalamzorlashtirish", "Geobotanika.", "Manzarali o‘simliklar"  deb nomlangan o‘quv qo‘llanmalar chop ettirilgan. Kafedra a’zolarining ilmiy raxbarligida 3 nafar iqtidorli talaba turli tanlovlarda g‘olib bo‘lishgan, 2 nafar talaba nomdor stipendiant bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.

Asosiy vazifalari

Botanika sohasiga oid fanlarni sifatli o‘tilishini ta’minlash. Fanga doir o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish. Ustoz-shogird ishlarini yo‘lga qo‘yish.

O‘qitiladigan fanlar

Biologiya o‘qitish metodikasi
Biologiya tarixi va metodlari
Biologiyaning dolzarb muammolari
Biostatistika
Botanika
Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi
Fitotsenologiya
Geobotanika
Introduksiya nazariyasi va amaliyoti
Manzarali o‘simliklar
O‘simliklar fiziologiyasi
O‘simliklar geografiyasi
O‘simliklar introduksiyasi
O‘simliklar sitoembriologiyasi
O‘simliklarning o‘sish va rivojlanish fiziologiyasi
O‘simliklarning reproduktiv biologiyasi
O‘zbekistonning foydali o‘simliklari
Sitologiya

Ilmiy ishlar

Kafedra quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy faoliyat olib boradi:                                                        

 1.Janubiy O‘zbekiston florasini majmuali o‘rganish
2.Ekstraarid sharoitda madaniy florani introdutsentlar bilan boyitish muammolari
3.Introdutsentlarning yangi iqlim sharoitida adaptatsiya mexanizmlarini o‘rganish
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha kafedrada  1 ta xalqoro, 1 ta respuplika miqyosida ilmiy amaliy konferensiya, 1 ta darslik, 4 ta monografiya, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 20 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar, 50 dan ortiq mahalliy OAK jo‘rnallarida, 30 dan ortiq xorijiy jo‘rnallarda maqolalar chop etilgan

Tadqiqotchilar

Omonov Oybek Eshmirzayevich
Buxorov G‘iyos Xolboy o‘g‘li
Berdiyev Mirtemir Faxriddinovich 

Hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti,

Belgorod Davlat milliy tadqiqotlar universiteti,

N.I. Lobacheskiy nomli Nijegorod davlat universiteti,

O‘zbekiston Milliy universiteti,

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti,

Termiz davlat universiteti

Kafedra o‘qituvchilari

Baysunov Babir Xidirovich

Samatova Shoxista Azamatovna

Boʻranova Muhayyo Oralovna
Raximov Abduxofiz Lutfulloyevich
Nasriddinova Mexriniso Raxmatullayevna
Norxodjayeva Aziza Muzafarovna
Kattaboyeva Gulnoza Safarovna 
Xo‘jayev Dilshodbek Tog‘aymurot o‘g‘li