Zamonaviy geografiyada innovatsion g‘oyalar: Raqamli iqtisodiyot va GIS texnologiyalar

28-avgust 2024

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

AXBOROT XATI

“ZAMONAVIY GEOGRAFIYADA INNOVATSION G‘OYALAR: RAQAMLI IQTISODIYOT VA GIS TEXNOLOGIYALAR”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 18 yanvardagi 16-sonli buyrug‘iga asosan 2024 yil 25-26 oktabr kunlari Qarshi davlat universitetida bo‘lib o‘tadigan “Zamonaviy geografiyada innovatsion g‘oyalar: Raqamli iqtisodiyot va GIS texnologiyalar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qilamiz.


Konferensiyaning maqsadi: Geografiya fani va ta’limdagi ilmiy-amaliy izlanish olib borayotgan Respublika hamda xorijiy mutaxassislarning geografik ekologiya, landshaftlar nazariyasi, hududlarni geoekologik baholash va rayonlashtirish, iqlim o‘zgarishlari, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya sohalarini rivojlantirish, geodeziya kartografiya va GIS texnologiyalarini zamonaviy tadqiqotlar asosida o‘rganish, turizm sohasini rivojlantrish, geografik ta’lim masalalari bo‘yicha tadqiqot natijalari bilan ilmiy jamoatchilikni yanada kengroq tanishtirish, mazkur yo‘nalishdagi muammolar, ularning yechimlari va istiqboldagi vazifalar, fan sohasida erishilgan yutuqlarni amaliyotga joriy etish va tajriba almashish, ularning yechimlari bilan bog‘liq zamonaviy ilmiy yondashuvlarni yoritishdan iborat.


 Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:

1. Tabiiy geografiya, geoekologiya va tabiiy resurslardan foydalanishda innovatsion g‘oyalar, ilmiy- nazariy va amaliy masalalar.

2. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada raqamli iqtisodiyot: muammo va istiqbollar.

3. Global va mintaqaviy iqlim o‘zgarish sharoitida gidrologiya va gidrometeorologiyaning ilmiy- nazariy va amaliy masalalari.

4. Geodeziya va kartografiya, GIS texnologiyalarda zamonaviy tadqiqotlar.

5. Turizm va rekreatsiyani rivojlantirishning geografik muammolari va imkoniyatlari.

6. Zamonaviy geografiya ta’limi. Toponimika va geografik terminshunoslikda muammolar va istiqboldagi vazifalari.


Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz.

Maqolalarni qabul qilish muddati: 15.10.2024 yilgacha.


Maqolalarni rasmiylashtirish talablari

1. Maqolaning hajmi – 7 betgacha.

2. Matn formati: MS Word (*.doc, *.docx). Sahifa formati: A4 (210x297 mm). Har tomondan 2,5 smdan qoldiriladi. Matn faqat Times New Roman garniturasida, 12 kegl, 1,0 interval, 1,25-paragraf bilan teriladi.

3. Maqola matni quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi (1-ilova):

 - maqolaning katta harflar bilan yozilgan nomi (12 kegl, qoraytirilgan) sahifaning o‘rta qismiga joylashtiriladi;

 - muallif (hammualiflar) ning familiyasi, ismi, sharifi sahifaning o‘rta qismiga joylashtiriladi;

 - tashkilot, shahar va davlat nomi sahifaning o‘rta qismiga joylashtiriladi;

 - maqolaning annotatsiyasi (11 kegl) kenglik bo‘yicha tekislanadi;

 - kalit so‘zlar (7 tagacha, 11 kegl) kenglik bo‘yicha tekislanadi;

Yuqoridagi punktlar o‘zbek tilidagi maqolalar uchun o‘zbek, rus va ingliz tillarida, rus tilidagi maqolalar uchun rus va ingliz tillarida ketma-ket joylanadi. Ingliz tilidagi maqolalarda bu punktlar faqat ingliz tilida yoziladi.

 - maqola matni (12 kegl);

- rasm va jadval nomlari arab raqamlari bilan raqamlanishi (1-rasm, 1-jadval va h.k.), maqola matnida ularga havola keltirilishi; jadvallar ichidagi yozuvlar 11 kegldan kichik bo‘lmasligi kerak;

 - formulalar MS Word formulalar redaktorida yozilishi va arab raqamlari bilan qavs ichida (1) raqamlanishi kerak;

 - foydalanilgan bibliografik manbalar “Adabiyotlar ro‘yxati” sarlavhasi ostida alifbe ketma-ketligida raqamlangan ro‘yxat tarzida maqolaning oxirida keltiriladi (12 kegl), maqola matnida bibliografik havolalar faqat kvadrat qavslar [1] ichida yozilishi kerak;

4. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan so‘ng o‘zbek, rus va ingliz tillarida 12 kegl kattaligida oddiy shrift bilan muallif (hammualliflar) haqida ma’lumotlar (F.I.SH., ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, telefon raqami va E-mail) yoziladi.

5. Maqola fayli birinchi muallif familiyasi va konferensiya sho‘basi raqami orqali nomlanadi (Eshboyev B.T. 1.docx).


Konferensiyada ishtirok etish uchun talabnoma (erkin shaklda), maqolani taqdim qilish va to`lovini amalga oshirish muddati – 2024 yil 15 oktabrgacha.

Maqolalar to‘plamining nashr xarajatlarini qoplash maqsadida muallifdan har bir maqola uchun 125 ming so‘m miqdoridagi to‘lov amalga oshiriladi.

Konferensiya materiallari to‘plamida chop ettirish uchun maqolalarni yuqorida keltirilgan talablarga moslashtirib, quyidagi elektron manzilga yuborishingizni so‘raymiz: mgnkd@mail.rudnavotova@mail.ru .

To‘plamda o‘rin olgan maqolalardagi ilmiy ma’lumotlarning haqqoniyligi hamda mazmuni uchun mualliflar mas`uldirlar.

Tashkiliy qo‘mita manzili: Qarshi shahri, 180183, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy. Qarshi davlat universiteti.

Maqolalarni quyidagi elektron manzillariga yuborish mumkin: mgnkd@mail.ru, yoki dnavotova@mail.ru.

Anjuman haqidagi ma’lumotlar bilan www.qarshidu.uz saytida orqali tanishishingiz mumkin. 

Ma’lumot uchun telefonlar:      +99891 214-01-56 (Jumayev Xayrullo),

                                                       +99899 742-87-07 (Navotova Dilnoza),

                                                         +99893 423-71-72 (Safarov isoq),

                                                         +99890 667-48-59 (Eshboyev Bekzod),

                                                         +99891 459-14-15 (Xushmurodov Farrux).