Lingvistika kafedrasi

3-Mart 2025

Jurayev Nurbek Djumanazarovich


Lingvistika kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi

Telefon: +99891 453 63 63

Elektron pochta: 
 
Qabul kunlari: Haftaning Chorshanba, Payshanba Juma kunlari soat 15:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

2010-2014 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining filologiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. 2014-2016 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining lingvistika yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan. 2016-2022 yillarda  Qarshi Davlat universitetining Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2022-2025 yillarda  Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida katta o‘qituvchi, 2025 yil fevral oyidan Lingvistika kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. 2016 yildan hozirgacha Britaniya Kengashining “English for Academics”,  “English for Teachers”  hamda “Professional Development” dasturlarida Qashqadaryo viloyatidan trener sifatida faoliyat yuritmoqda

Kafedra tarixi

1965-yili xorijiy tillardan malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Qarshi davlat pedagogika institutida ingliz va nemis filologiyasi yo‘nalishlariga talabalar qabul qilina boshlandi. Ularga sifatli va yuksak saviyada bilim berish, respublikamiz janubida xorijiy tillar o‘qituvchilarining salohiyatni oshirish maqsadida 1967 yilda Chet tillari (ingliz va nemis tillari) kafedrasi tashkil topdi. 1967-1992 yillar davomida kafedrani filologiya fanlari nomzodi, dotsent Baxodir Samadov boshqargan. 1992-yildan Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tashkil topgan va kafedrani filologiya fanlari nomzodi, dotsent Bobonazar O‘ralov, 1993-1995-yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent Yo‘ldosh Temirov ustozlar boshqargan. 1995-2013-yillar davomida Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri etib filologiya fanlari nomzodi, dotsent Qiyomov Ro‘zi Elboboyevich tayinlandi. Keyinchalik ushbu kafedrani  filologiya fanlari nomzodi, dotsent S. Egamberdiyev,  filologiya fanlari nomzodi A. Aliqulov, A. Nazarov, P. Qurbonov, 2018-yildan Ingliz tili va adabiyoti kafedrasidan Lingvistika kafedrasi ajralib chiqdi va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M. Daniyeva  kafedra mudiri etib tayinlandi. 2020-2025 yillarda PhD, dotsent M.K.Omonova mazkur kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 2025-yil fevral oyidan N.D.Jurayev mazkur kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Asosiy vazifalari

60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi hamda 2024-yil sentabr oyida ENQA – Oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha Yevropa assotsiatsiyasi a’zoligiga ega “IAAR” mustaqil akkreditatsiya va reyting agentligi tashqi ekspert komissiyasi Qarshi davlat universitetining 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim faoliyati sifati va samaradorligini jahon standartlari va mezonlariga muvofiqligini baholadi.

70230101 - Lingvistika (ingliz tili) mutaxassiligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha doktorantura faoliyatini olib boradi.

O‘qitiladigan fanlar

Tilshunoslik
Adabiyotshunoslik
Nazariy rammatika
Leksikologiya va stilistika
O‘rganilayotgan til tarixi 
Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti
Tillarni o‘qitish metodikasi va texnologiyalari
Qiyosiy tipologiya
Tarjima nazariyasi va amaliyoti
Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar zamonaviy adabiyoti
Til aspektlari amaliyoti 
Til ko‘nikmalari integratsiyasi
Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari
Madaniyatlararo kompetensiya
Matbuot tili

Ilmiy ishlar

Kafedra mudiri N.Jurayevning “Reading Time”, dotsent M.Omonovaning "Improve your English through phrasal verbs", "Theoretical Phonetics"; katta o‘qituvchilar: G.Turayevaning "Theoretical Grammar"; G.Ergashevaning "English countrystudy"; R.Nekboyevaning "Comparative typology"; N. Amirqulovaning "Lexicology",  B.Latipovning “Paractical English Grammar”, U.Muhtorovaning “The Practise of  reading and writing ”, S.Shodixonovning “История и культура стран первого иностранного языка”, O.Otamurodovaning “Language teaching methods and educational technologies” o‘quv qo‘llanmalari,  bir qancha monografiyalar nashr etilgan.

Tadqiqotchilar

Kafedra mudiri N.Jurayev Toshkent amaliy fanlar universiteti professori Mengliyev Baxtiyor Radjabovich rahbarligida “ Ingliz va o‘zbek tillaridagi “til” mavzuviy guruhiga kiruvchi maqollarning semantik, lingvostatistik va lingvoma’naviy tipologiyasi”, M.Omonova MDLU professori Sheveleva Yevgeniya Olegovna rahbarligida "Лингвокультурологические особенности полимодальности рекламного дискурса" (DsC) , G.Turayeva QarDU dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori A. Axmedov rahbarligida "Ta’limga oid neologizmlarning leksik-semantik va derivatsion xususiyatlari", G. Ergasheva SamDCHTI professori Sh. Safarov rahbarligida "Предложние сочетания в позитсии предикатива и их синтактико-семантический анализ" , R.Nekboyeva Qarshi davlat universiteti filologiya fanlari nomzodi, dotsent O.O‘rinova rahbarligida "Ingliz va o‘zbek tillari maqollarida fitonim komponentli so‘zlarning semantik xususiyatlari", N. Amirqulova  NDU filologiya fanlari doktori, dotsent Q. D. To‘xtayeva rahbarligida "Frazeologizmlar tarkibidagi qo‘shma so‘zlarning kognitiv-semantik xususiyatlari", M. Nomozova TDSMU  filologiya fanlari doktori, professor I.Yo‘ldoshev rahbarligida "O‘zbek tilidagi inglizcha o‘zlashmalarning lingvistik tadqiqi" mavzusida (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Hamkorlik

BelDU, MDLU (Rossiya Federatsiyasi), O‘zDJTU, O‘zMU, SamDCHTI, BuxDU, FarDU, AndDCHTI, NamDCHTI

Kafedra o‘qituvchilari

  • Jurayev Nurbek Djumanazarovich, kafedra mudiri, katta o‘qituvchi
  • Omonova Maxfurat Keldiyarovna, PhD, dotsent
  • Jumanov Vaydulla Ibodullayevich, katta o‘qituvchi, f.f.f.d.(PhD)
  • Shukurova Zamira Shodiyevna, katta o‘qituvchi
  • Ergasheva  Gulnoz Alimovna, katta o‘qituvchi
  • To‘rayeva Go‘zal Xursandovna, katta o‘qituvchi
  • G‘aybulloyeva Maloxat Pulotovna, katta o‘qituvchi
  • Nomozova Marg‘uba Allonovna, katta o‘qituvchi
  • Mavlanova Nargiza Turayevna, o‘qituvchi
  • Irkayev Jasur Abdurahimovich, o‘qituvchi
  • Muxtorova Umidaxon, o‘qituvchi
  • Latipov Bobur Bahrom o‘g‘li, o‘qituvchi
  • Otamurodova Orzugul Musayevna, o‘qituvchi
  • Toxirova Dilnavoz, o‘qituvchi
  • Avazov Xamza Panjiyevich, o‘qituvchi
  • Zokirova Sevara Obidovna, o‘qituvchi
  • Ochilova Habiba Akramovna, o‘qituvchi
  • Pardayeva Mahliyo, o‘qituvchi
  • Zokirova Dilsora Zohiddin qizi, o‘qituvchi
  • Xidirova Nilufar Abdiaxatovna, o‘qituvchi
  • Ruziyev Qodir, o‘qituvchi
  • Xodjayorov Malik, o‘qituvchi
  • Otaniyozova Muhabbat, o‘qituvchi