Nemis tili kafedrasi

1 December, 2021

Kafedra mudiri:

Marqayev Komil SHerqulovich

Telefon: (+998 90) 617-31-32

Elektron manzili: komil-1991@mail.ru

Kafedra haqida

1965 yili Qarshi davlat pedagogika institutida Xorijiy tillardan malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida ingliz, nemis filologiyasi yo‘nalishlariga talabalar qabul qilina boshlandi. Ularga sifatli va yuksak saviyada bilim berish uchun va Respublikamiz janubida Xorijiy tillardan ilmiy salohiyatni oshirish, hamda rivojlantirish uchun 1967 yilda xorjiy tillar kafedrasi bazasidan nemis filologiyasi kafedrasi alohida mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqdi.

Kafedraga 1970 - 1972 yillarda katta o‘qituvchi Sh.Abdunazarov, 1973 yildan 1975 yilgacha katta o‘qituvchi L.Kojenkova, 1976 yildan 1990 yilga qadar filologiya fanlari nomzodi, dotsent N.Elmurodovlar rahbarlik qilganlar. Kafedraga 1990 yildan 2009 yilga qadar filologiya fanlari nomzodi, dotsent G‘.Xo‘jayev, 2009 yildan 2014 yilgacha filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi K.Marqayev, 2015 yildan 2021 yilgacha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi A.Maxmudovlar mudirlik qilgan. 2021 yil iyun oyidan boshlab filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi K.Marqayev,mudirlik qilib kelmoqda.

Kafedrada 1 nafar filologiya fanlari nomzodi, 2 nafar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar dotsent, 4 nafar katta o‘qituvchi va 6 nafar assistent o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat – 29%.

Kafedra professor-o‘qituvchilari Respublikamiz va xorijiy davlatlar tomonidan e’lon qilingan nufuzli tanlovlarda ishtirok etib, grant sovrindorlari sifatida xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim maskanlarida o‘z malakalarini oshirib qaytdilar. 2010 yilda katta o‘qituvchi A.Mahmudov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Iste’dod" jamg‘armasi granti sohiblari bo‘lishib Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay universitetida, shuningdek katta o‘qituvchi A.Maxmudov Germaniyaning Myugelzeye ta’lim markazida, 2011 yilda A.Axmedov Berlin Gyote institutida, 2013 yilda kafedra o‘qituvchilaridan Sh.Kuvanova Germaniyaning Shvebish-Hall Gyote institutida, N.Mahmudova Berlin Gyote institutida o‘z malakalarini oshirib qaytdilar.

Kafedra Germaniya yelchixonasi, Germaniya yelchixonasi qoshidagi DAAD (nemis akademik almashuv xizmati) tashkiloti, Germaniyaning Toshkentdagi Gyote instituti filiali, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti, O‘zDJTU, SamDCHTI, O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, SamDU, BuxDU, QarMII, Qashqadaryo VXTO‘MOQTM hamda viloyatdagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar bilan ilmiy hamkorlik olib borilmoqda. Ular bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan turli mavzudagi tadbir, seminar,treninglarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Kafedra katta o‘qituvchisi M.S.Qiyomovaning 5-sinflar uchun yaratilgan ”Deutsch” nemis tili darsligi, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmasi yana qayta nashr etildi va oliy o‘quv yurtlarining nofilologik fakultet talabalari uchun yaratilgan ”Deutsch” nemis tili darsligi yaratildi. Kafedra katta o‘qituvchisi Sh.Kuvanovaning abituriyent loyihasi bo‘yicha ”Nemis tilidan leksik minimum” o‘quv qo‘llanmasi, testlar to‘plami, ”Nemis tili grammatikasidan universal qo‘llanma”, ”Nemis tilidan ma’lumotnoma”, ”Nemis tilida qo‘shma gaplar tahlili”, "Nemis tili grammatikasidan universal qo‘llanma", "Nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma" kabi o‘quv qo‘llanmalari nashr etildi. Kafedra o‘qituvchilaridan A.Maxmudovning ”Lessing ijodida Sharq madaniyati talqini” monografiyasi, A.Mahmudovning ”Nemischa-o‘zbekcha tematik lug‘at” o‘quv qo‘llanmasi, K.Marqayev va N.Maxmudovalar hamkorlikda yaratgan uch tilli ”Sprichworter, Poslovitsi, Maqollar” qo‘llanmasi, K.Marqayevning “Tilshunoslik” o‘quv-uslubiy qullanmasi, “O‘zbek yetnonimlari” monografiyasi yaratildi. Y.Raximova, M.Shirovalarning filologiya fakulteti talabalari uchun yaratilgan ”Deutsch Topics” qo‘llanmasi, dotsent G‘.K.Xo‘jayev va o‘qituvchi Sh.Ashurovaning ”Deutsch” nomli o‘quv qo‘llanmasi bugungi kunda kafedradagi ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlarning yuqori saviyada olib borilayotganligidan darak beradi.

Kafedra Respublikamizdagi qator oliy o‘quv yurtlarining turdosh kafedralari, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zDJTU, SamDCHTI bilan ilmiy, ilmiy uslubiy sohalarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

M.S.Qiyomovaning 2011 yil ”Noshir” nashriyotida chop etilgan ”Deutsch” nemis tili darsligi 2014 yilda e’lon qilingan ”Yilning eng yaxshi darslik muallifi” nominatsiyasi bo‘yicha 2- o‘rinni olishga muvaffaq bo‘ldi.

Nemis tili yo‘nalishi IV-kurs talabasi Shaxnoza Nazarova ”A.Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi” sohibasi bo‘ldi. III- kurs talabasi Yovqochdiyev Yahyo Germaniyada bir oylik stipendiyali o‘qish grantini qo‘lga kiritdi va o‘qib sertifikat olib keldi. Nemis tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Kuvanova Shahnoza tarjimonlik bo‘yicha Gernaniyada o‘tkazilgan seminarlarda ishtirok etib kelmoqda.

Kafedra ilmiy yo‘nalishi: “Nemis tilshunosligi, adabiyotshunosligi va o‘quv uslubiyati”.

Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar:

60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha hozirda 154 nafar talaba tahsil olmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

Til ko‘nikmalari integratsiyasi

O‘qish va yozish amaliyoti

Til amaliyoti aspektlari

Tilshunoslik

Til nazariyasi

Adabiyotshunoslik

Nazariy fonetika

Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari

Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi

Leksikologiya

O‘rganilayotgan til filologiyasiga kirish

O‘rganilayotgan til tarixi

Stilistika va matn tahlili

Adabiyot nazariyasi

Nemis adabiyoti

Nemis tili o‘qitish metodikasi

O‘qituvchi nutq madaniyati

Umumiy tilshunoslik

Qiyosiy tipologiya

Nazariy grammatika

Tarjima nazariyasi va amaliyoti

Ikkinchi chet tili

Amaliy chet tili (Magistratura yo‘nalishi uchun)

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi:

Marqayev Komil SHerqulovich kafedra mudiri, f.f.n.

Ahmedov Anvar Botirovich f.f.f.d. (PhD)

Mahmudov Alisher Yo‘ldoshevich f.f.f.d. (PhD)

Qiyomova Mahbuba Sultonovna dotsent

Rahimova Muyiba Temirovna kat. o‘qituvchi

Kuvanova Shahnoza Omonovna kat. o‘qituvchi

Mahmudova Nigora Baxromovna kat. o‘qituvchi

Muqimova Dilafruz SHerboyevna o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini, o‘qituvchi (0,25)

Ro‘ziyeva Juletta Elmurodovna o‘qituvchi

Murtozayev Elyor Nizomiddinovich doktorant, o‘qituvchi (0,25)

Omonov Shuxrat G‘aniyevich o‘qituvchi, ilmiy ishlar bo‘yicha dekan muovini (0,25)

Niyozova Munira Jumanazarovna o‘qituvchi

Yo‘ldosheva Vohida Naraovna o‘qituvchi

Yangiboyeva Anorxol Qoraboyevna o‘qituvchi

Choriyeva Dilshoda Shukrullo qizi kabinet mudiri

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedra katta o‘qituvchisi, f.f.f.d. (PhD) Mahmudov Alisher Yo‘ldoshevich Qarshi davlat universiteti Adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri filologiya fanlari doktori, professor N. Shodmonov ilmiy maslahatchiligida XVIII-XIX asrlar olmon adabiyotida sharqona tolerantlik va gumanizm motivlari (G.YE. Lessing, Y.V.Gyote va H.Hayne dramalari asosida), N.Mahmudova Samarqand davlat chet tillar instituti professori N.Q.Turniyozov ilmiy rahbarligida “Sintagma va uning nutqiy voqelanishi”, Sh.Kuvanova Qarshi davlat universiteti professori N.Shodmonov ilmiy rahbarligida “Frans Kafka asarlarida kinoya va yumorning tadqiqi”, A.Berdimurodov Qarshi davlat universiteti professori X.Jabborov ilmiy rahbarligida “Nemis va o‘zbek tillarida ekologik terminlarning lingvistik xususiyati” mavzularida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Kafedrada tayyorlanadigan ilmiy-uslubiy ishlar:

A.Mahmudov - “G.E.Lessing ijodida Sharq talqini” nomli monografiya

A.Mahmudov - ”Nemischa-o‘zbekcha tematik lug‘at” o‘quv-uslubiy qo‘llanma

SH.Quvonova - ”Nemis tilida qo‘shma gaplar” o‘quv qo‘llanma.

SH.Kuvanova - “Nemischa-o‘zbekcha o‘quv lug‘at” o‘quv qo‘llanma.

M.Kiyamova - “Lehrerhandbuch” o‘qituvchilar uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanma

Y.Raximova, M.Shirova – “Deutsche topics”

Kafedra manzili: Xorijiy tillar fakulteti binosi, 3-qavat, 302, 323-xonalar