Rektor

27-Iyun 2024

Nabiyev Dilmurod Xamidullayevich


Qarshi davlat universiteti rektori,
iqtisod fanlari doktori, professor

 

Telefon: +998 75 220-02-10

Elektron pochta: rector@qarshidu.uz, qarshidu@umail.uz, kardu@mail.ru

 

Qabul kuni: Har chorshanba soat 9:00 dan 12:00 gacha

Nabiyev Dilmurod Xamidullayevich 1978-yil 20-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Iqtisod fanlari doktori, professor. Milliy tiklanish demokratik partiyasi a’zosi. Rus va ingliz tillarini biladi.

1996-1997 yilda “TAN-SI” mas’uliyati cheklangan jamiyati marketing bo‘limi menejeri, 1997-2000 yilda “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi menejeri assistenti, 2000-2008 yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I toifali stenografisti, yetakchi mutaxassisi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri yordamchisi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2008-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti dekani o‘rinbosari, 2008-2010 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan.

2010-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati Fan va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot masalalari bo‘yicha guruhining yetakchi konsultanti, 2011-2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha xizmatining Ta’lim va kadrlarni tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish guruhining oliy ta’lim masalalari bo‘yicha yetakchi konsultanti, 2012-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha xizmatining Fan va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot masalalari bo‘yicha guruhining bosh konsultanti, 2014-2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi o‘rinbosari, 2016-2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, 2017-2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari hamda 2018-2021yillarda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

2021-yil fevral oyidan Qarshi davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.