Fakultet tarixi
Qarshi shahrida tashkil etilgan o’qituvchilar tayyorlash institutida 1945-1946-o’quv yilida Tarix-filologiya bo’limi ochilgan. 1950-yilda mazkur bo’lim Tarix-filologiya fakultetiga aylantirilgan. 1963-yildan boshlab tarix ixtisosligi bo’yicha mutaxassislar tayyorlab kelinmoqda. 1977-yil sentabrda Tarix-filologiya fakulteti tarkibidan Tarix fakulteti ajralib chiqqan.
2008-yil iyundan boshlab Tarix fakultetida “Milliy g’oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi” ixtisosligi bo’yicha kadrlar tayyorlanmoqda. 2012-yildan fakultetda “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” ixtisosligi bo'yicha talabalar tahsil olmoqda. 2014-yildan boshlab “Turizim” ixtisosligi bo‘yicha talabalar qabul qilina boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 30-iyundagi QarDUning strukturasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan “Tarix fakulteti” nomi “Tarix va ijtimoiy fanlar” fakulteti deb o‘zgartirildi.
Fakultet jamoasi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga amal qilgan tarzda olib bormoqda. Fakultet faoliyati oliy ta’lim, kasb-hunar va o’rta maxsus ta’limi, umumta’lim muassasalari hamda ijtimoiy sohalar uchun zarur bo’lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.Fakultet ma'muriyati
Tarix fakulteti dekani v.b, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), v.b dotsent
Xudoyberdiyev Dilshod Murodovich
Qabul vaqti: Har kuni: 15.00 -17.00 (Dushanbadan tashqari)
Telefon: +998-90-666-55-75
E-mail: khudoyberdiyev.85@mail.ru
O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini, tarix fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
Normatov Sherzod Mirzayevich
Qabul vaqti: Har kuni: 15.00 -17.00 (Dushanbadan tashqari)
Telefon: (+998 93) 930-79-30
E-mail: normatovsherzod@umail.uz
O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini, tarix fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
Achilov Anvar Tuychiyevich
Qabul vaqti: Har kuni: 15.00 -17.00 (dushanbadan tashqari)
Telefon: (+998 91) 211-64-96
E-mail: anvarochilov1983@gmail.com
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini, tarix fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
Mansurxon Karimov
Qabul vaqti: Har kuni: 14.00-17.00 (dushanba va shanba kunlaridan tashqari)
Telefon: (+998 97) 311-56-59
E-mail: MansurxonKarimov89@gmail.com
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan muovini, tarix fanlari nomzodi, dotsent
Rahmonov Fahriddin Shoymardonovich
Qabul vaqti: Har kuni: 15.00 -17.00 (Dushanba va shanba kunlaridan tashqari)
Telefon: (+998 91) 563-73-20
E-mail: Fahriddin@umail.uz
Fakultet kafedralari:
O‘zbekiston tarixi
Jahon tarixi
Milliy g’oya, ma‘naviyat asoslari
Ijtimoiy fanlar
Fakultet quyidagi ta'lim yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlarni tayyorlaydi:
60220300-Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
6021000-Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish
5120300-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)
5111600-Milliy g’oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta'limi
5151700- Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish yo‘nalishi
Quyidagi mutaxassisliklar bo`yicha magistrlarni tayyorlaydi:
70220301 Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha)
5A111601- Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)