Shartnomalarni rasmiylashtirish va hisobga olish guruhi

18-Noyabr 2023

                     Ahmedov Ulug‘bek Akramovich


Shartnomalarni rasmiylashtirish va hisobga olish guruhi hisobchisi
Telefon: +998 91 468-15-38
Elektron pochta: email@domain.com
 
Qabul kunlari: Har kuni soat 08:30 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini 1998 yildan Qarshi davlat universiteti iqtisod bo‘limida iqtisodchi  lavozimidan boshlagan. 2006 yildan 2007 yilgacha Toshkent Axborot texnologiyalar universitetining  Qarshi filialida  bosh hisobchi, 2015 yildan 2016 yilgacha Qarshi davlat universitetida  marketing xizmati bo‘limi boshlig‘i, 2016 yildan 2019 yilgacha  Marketing xizmati bo‘limi iqtisodchisi, 2019 yildan 2021 yilgacha  Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitioring bo‘limi boshlig‘i, 2021 yildan hozirgi  vaqtga qadar Hisobxona bo‘limida to‘lov kontrakt asosida o‘qitish bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish va hisobga olish guruhi hisobchisi  vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Bo‘lim tarixi

 

Asosiy vazifalari

Shartnomalarni rasmiylashtirish va hisobga olish guruhi xodimlari umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi;

Vazirlikdan kelgan hisobotlarni o‘z vaqtida topshirish;

Tezkor hisobotlarni tayyorlash;

Universitet tomonidan qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;

Universitet rektorining buyruqlari va ilmiy kengash qarorlarini bajarilishini ta’minlaydi.

Universitet Nizom qoidalariga asoslangan holda ish yuritadi.

Qo‘shma ta’lim, magistratura bo‘limi va  kunduzgi ta’lim yo‘nalishi  dekanatlariga talabalarning to‘lov kontrakt tushumlarini ruyxatga olib, qarzdorligi va stipendiya to‘g‘risidagi hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlash hamda tegishli xodimlarga  yetkazishni ta’minlash;

Qo‘shma ta’lim, magistratura bo‘limi va  kunduzgi ta’lim yo‘nalishi  talabalari bilan savol javob qilish;

Buyruqlar bilan ishlash;

Talabalarni pul tushumini qayd qilish  uchun qat’iy javobgar.

Shartnoma to‘lovi uchun  tushgan pul tushumlarini korxona,tashkilot va sanalarini kiritish.

Talabalarni kursdan kursga o‘tishini nazorat qilish;