“Access Microscholarship Program” dasturi (2022-2024 yy.) – AQSHning O‘zbekistondagi Elchixonasi moliyaviy ko‘magida Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari rahbarligida boshlangan, koordinatori – Musayeva D. va ingliz tili o‘qituvchilari – Nekboyeva R., Otamurodova O., Mavlonova N. Ushbu loyiha Qarshi shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan, kam ta’minlangan, ijtimoiy-iqtisodiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini ingliz tili malakalarini oshirishga qaratilgan. Loyiha doirasida o‘quvchilarni o‘quv darsliklari va o‘quv jihozlari bilan ta’minlash loyiha mablag‘idan qoplanadi.