Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi

16-fevral 2024

Zoirova Aziza Ibragimovna


Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri,
filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori
Telefon: +998 97 290-12-27
Elektron pochta: Zoirova.qarshi.du.@gmail.com
 
Qabul kunlari: Haftaning Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma,  shanba kunlari soat 15:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

A.Zoirova 2019 yildan buyon Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda.

A.Zoirova fransuz tili yo‘nalishi talabalarini zamonaviy bilimlar bilan qurollantirishda, xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratib, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va “Alliance Française” instituti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.

U 2013 yilda Fransiya elchixonasi tomonidan tashkil qilingan tanlovda ishtirok etib, Fransiyaning Bezanson shahri Franche-Comté universiteti qoshidagi SLA o‘quv markazida grant asosida malaka oshirgan.

A.Zoirova 2016 yilda Fransiya davlatining nufuzli «Akademik Palma kavaleri» ordeni bilan mukofotlandi.

A.Zoirova 2017 yil iyul oyida Xitoy davlatining Shenyan universitetida grant asosida malaka oshirgan.

2018 yil u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi stipendiyati sifatida, Fransiyaning Tur shahridagi “Institut de Touraine”da 3 oylik ilmiy stajirovka o‘tadi.

A.Zoirova 2022 yil iyul oyida Fransiya davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan konkurs g‘olibi sifatida Nitssa shahridagi Côte d’Azur universitetida “Frankofoniya” dasturi bo‘yicha tashkil etilgan fransuz tilini xorijiy til sifatida o‘rgatish  didaktikasiga asoslangan o‘quv seminarida malaka oshirdi.

A.Zoirova 2022 yil 3 oy davomida Fransiyaning Montpelye shahridagi “Accent Français” institutida FLE va DALF C1 kurslari metodikasi bo‘yicha stajirovka xam o‘tadi.

2022 yil 26 avgustda u Monpelye Akademiyasida CECR talablari bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro til bilish darajasini aniqlovchi imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib xalqaro DALF C1 diplomiga ega bo‘lgan.

2023 yilning 03 iyulidan 14 iyuliga qadar “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari buyicha falsafa doktori A.Zoirova Fransiya davlatining Nitssa shahridagi “Sote d”Azur” universitetida quyidagi modullar bo‘yicha malaka oshirdi:

La créativité, ou apprendre à communiquer autrement

Dynamiser les pratiques de l’oral en classe de FLE

ANL, enseignement de la lecture et de l’écriture

Développer les competences orales des apprenants débutants en utilisant les concepts de l’Approche neurolinguistique (ANL)

Uning boshchiligida fransuz tilini o‘rganayotgan Xorijiy tillar fakulteti talabalari fan olimpiadalarining respublika bosqichida hamda Fransiya elchixonasi tomonidan tashkil etilib kelinayotgan «Frankofoniya» ko‘rik-tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

A.Zoirova rahbarligida fransuz tili yunalishi iqtidorli talabalari davlat stipediyasi sovrindorlari va nufuzli xalqaro tanlovlar g‘oliblari bo‘lishgan.

A. Zoirova 70 dan ortiq ilmiy va o‘quv- uslubiy ishlar muallifi.

A. Zoirova 2023 yil 7 yanvarda Buxoro davlat universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda “Fransuz feminist adibalar asarlari tarjimasining ginokritik tadqiqi (Jorj Sand va Jermena de Stal asarlari misolida)” mavzusida 10.00.06 “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.

A.Zoirova Respublikamiz ilm-fani taraqqiyotini rivojlantirish va yosh avlodni yuqori malakali kadrlar qilib tarbiyalashda munosib hissasi uchun 2021 yil O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining “30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

A.Zoirova 2023 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Kafedra tarixi

Qarshi davlat universitetida 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab “Fransuz tili” bo‘limi o‘z faoliyatini boshladi.

2014 yil fevral oyidan “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi sifatida katta o‘qituvchi G.Qo‘shayeva rahbarligida qayta tashkil etildi. 2019 yildan buyon dotsent A.Zoirova kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda.

Kafedrada 3 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 4 nafar katta o‘qituvchi va 6 nafar assistent o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat – 40%.

Kafedra  professor-o‘qituvchilari o‘z ilmiy salohiyatlari va malakalarini oshirish ustida doimiy ish olib bormoqda. Ular turli yillarda respublikamiz va xorijiy davlatlar tomonidan e’lon qilingan nufuzli tanlovlarda ishtirok etib grant sovrindorlari sifatida xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliygohlarida o‘z malakalarini oshirganlar. Jumladan, G.Qo‘shayeva Xitoyning Shanxay universiteti va Germaniyaning Myugelzee ta’lim markazida, K.Baratova Xitoyning Shanxay universitetida, T.SHermatova, H.Jo‘raqobilova, H.Hamzayevlar Fransiyaning IMEF institutida, A.Zoirova turli yillarda Fransiyaning la Roshel  CEMEA o‘quv markazi, Bezanson SLA o‘quv markazi, Xitoyning SHenyan pedagogika universiteti, Fransiyaning Tur “Institut de Touraine” instituti, Nitssa “Sote d”Azur” universitetlarida o‘z malakalarini oshirib qaytdilar.

Universitetimizga 2001 yilda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi  Klod Rishar janoblari, 2013 yil 20 mayda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Fransua  Gote janoblari tashrif buyurishgan.

2013 yilning 20 - 24 may kunlari Qarshi davlat universitetida va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan xamkorlikda ilk marotaba 25 soatlik fransuz tili darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi. Seminar treningda respublikamizdagi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 100 ga yaqin fransuz tili mutaxassislari ishtirok etishdi. Mashg‘ulotlar Fransiyaning nufuzli ta’lim muassasalaridan taklif qilingan bir guruh mutaxassislar tomonidan olib borildi.

2016 yilda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan “Frankofoniya kunlari” bayramiga bag‘ishlangan “Teatr festivali” , “Yevropa tillari kuni” bayramiga bag‘ishlangan videoroliklar tanlovlarida iqtidorli talabalarimiz F.Mustafaqulov,  M. Murodova va D.Jabborovalar faol ishtirok etishdi hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

“Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasining yutuqlari haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, 2016 yil 18 mart kuni kafedra katta o‘qituvchisi A.Zoirova Fransiya davlatining “Akademik Palma” ordeniga sazovor bo‘ldi.

U 2023 yilning mart oyida esa A.Zoirova Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

Fransuz tili yo‘nalishining 4 kurs talabasi F. Mustafaqulov katta o‘qituvchi A.Zoirova rahbarligida BGF – Fransiya davlatining ta’lim stipendiyasi dasturi doirasidagi tanlovda qatnashib, Fransiyada magistraturada bepul ta’lim olish huquqini qo‘lga kiritdi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir nechta darslik va o‘qo‘v qo‘llanmalar nashr etildi. Jumladan kafedra dotsenti A.Zoirova hamda F.Yarmanovlarning akademik litsey 1 bosqich talabalari uchun “Fransuz tili” darsligi, “Grammaire française”  nomli o‘quv qo‘llanmasi, bakalavr talim yunalishi talabalari uchun “Mèthode de français” darsligi, kafedra katta o‘qituvchisi H.Jo‘raqobilovaning esa “Pratique phonétique français” , “Grammaire pratique: temps et mode” , “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, kafedra o‘qituvchisi H.Hamzayev “Production orale et écrite” nomli  o‘quv qo‘llanmalari nashr etildi. Qarshi davlat universiteti “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1875 sonli “Chet tillarini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori ijrosiga qaratilgan Qarshi davlat universiteti “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasida “Filologiya ilmining dolzarb masalalari” Respublika miqyosidagi ilmiy – maqolalar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi va davriy to‘plami  (6 kitob) nashr etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909 sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yilning 28-31 oktabr kunlari Fransiyaning Monpelye shahri“ Accent français” til markazi mutaxassislari Selin Ruzafa, Odre Alter (Céline Ruzafa, Audrey Halter) xonimlar tomonidan Fransuz tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari va  fransuz tili yo‘nalishi talabalari uchun “Fransuz tilini xorijiy til sifatida o‘qitish metodologiyasi” mavzusida seminar trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

2019 yil kafedra katta o‘qituvchisi F.Yarmanov Fransiya elchixonasi tomonidan tashkil qilingan intensiv  malaka oshirish kursida Ekzamenator – korrektor sertifikatini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, kafedraning 1 nafar o‘qituvchisi (A.Zoirova) CECR bo‘yicha xalqaro DALF (C1) diplomini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kafedraning yana 5 nafar o‘qituvchilari (H.Jo‘raqobilova, H.Hamzayev, F.Yarmanov, E.Miyassarov, K.Qosimov) “Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi (milliy S1)” sertifikatlariga egadirlar.

Kafedra dotsenti A.Zoirova rahbarligidagi 3 kurs talabasi G.A’zamova Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi. Fransuz tili va adabiyoti kafedrasining 30 ga yaqin talabalari turli xil olimpiadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar. 2020 yil 2 mart kuni Frankofoniyaning 50 yilligi munosabati bilan Toshkent Fransuz Alyansi va Xalqaro Frankofoniya tashkilotiga hamkor davlatlar elchixonalari bilan hamkorlikda tashkil qilingan fransuz tilidagi milliy diktant tanlovida 3 kurs talabasi G.A’zamova 1 o‘rinni qo‘lga kiritib, Fransiya davlatining Nitssa shahridagi CAVILAM o‘quv markazida 2 haftalik o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

2019-2024 o‘quv yilida kafedra professor o‘qituvchilar tomonidan jami  100 dan ziyod ilmiy maqola va tezislar chop etildi, 3 ta darslik 5 ta uquv kullanma nashr etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 23 avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 7 sentabrdagi 805 sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Qarshi davlat universiteti roman german fakulteti “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan Kitob tumanidagi 68 umumiy o‘rta ta’lim maktabida hamkorlik asosida o‘quv-tarbiya jarayonlari sifatini oshirish,  metodik yordam berish hamda mahorat darslarini yo‘lga qo‘yish maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilari har oyda grafik asosida mazkur ta’lim muassasasiga tashrif buyurishadi.

Bundan tashqari “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi Qamashi tumanidagi 4 sonli « Mehribonlik uyi » tarbiyalanuvchilari uchun turli xil saxovat aksiyalarini o‘tkazish bilan birga, xorijiy tillarni bilishning bugungi kundagi ahamiyati to‘g‘risida ham turli davra suhbatlari, master – klasslar muntazam o‘tkazib kelmoqdalar.

“Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi” Qarshi davlat universiteti qoshidagi 1 akademik litseyi va Qarshi ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab internati bilan hamkorlik doirasida turli tadbirlar tashkil qilish bilan bir qatorda litsey “Axborot resurs markazi” ni xam turli adabiyotlar bilan boyitish uchun samarali ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Shuningdek, 2023 yil fevral oyida Qarshi tumani “Yangi Batosh” mahallasida joylashgan 71 umumta’lim maktabida Qarshi davlat universiyetining Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi Filiali tashkil etildi.

Qarshi davlat universiteti rektori D.Nabiyev tashabbusi bilan o‘rnatilgan o‘zaro hamkorlik doirasida 2021 yil 28 aprel kuni Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Qarshi davlat universiteti Fransuz tili va adabiyoti kafedrasiga Qashqadaryo hududida fransuz tili mavqeini ko‘tarilishi, fransuz tili yo‘nalishi talabalarini tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati bilan yaqindan tanishishi va ularda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini yuqori darajada shakllantirilishidagi faol ishtiroki uchun 471,53 yevro qiymatidagi 25 dona Fransiyada nashr etilgan fransuz tilini xorijiy til sifatida o‘qitilishida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan eng so‘nggi zamonaviy o‘quv va metodik adabiyotlar, video va audio kassetalar jamlanmasi taqdim etildi.

Bundan tashqari Qarshi davlat universiteti rektori, professor D. Nabiyevning tashabbusi bilan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi "Alliance française" til va madaniyat markazi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzilib, Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi qoshida ushbu markaz filialini tashkil etishga va kelgusida til o‘rganuvchi talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida fransuz ko‘ngilli stajyori taklif etilishiga kelishildi.

2021 yil 6 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish” mavzusida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, Oliy ta’lim muassasalari oldiga qo‘yilgan dolzarb masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida hamkorlik doirasida Fransiya davlatining Monpelye shahri Pol Valeri universiteti FLE yo‘nalishining DALF C2 darajasiga ega Master 1 stajyori Zhang Xinyu xonimning fransuz tili yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talabalariga CECR bo‘yicha “Xalqaro DELF, DALF chet tili bilish darajalari” kursini onlayn shaklda ZOOM dasturi orqali o‘tishi grafik asosida yo‘lga qo‘yildi.

Fransiya davlatining "Accent français" instituti, “Sote d”Azur” universitetida “Francophonia” tashkiloti va Qarshi davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi o‘rnatilib, hozirda ushbu shartnoma doirasida professor-o‘qituvchilar almashinuvi va qisqa muddatli stajirovkalar utash yulga quyilgan.

2022 yilning 11 iyulidan 26 avgustga qadar “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri A. Zoirova Fransiya davlatining Nitssa shahridagi “Sote d”Azur” universitetida “Francophonia” dasturi bo‘yicha tashkil etilgan 162 soatdan iborat fransuz tilini xorijiy til sifatida o‘rgatish didaktikasi asosida malaka oshirdi.

2023 yilning 7 yanvar sanasida A. Zoirova O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti R. Shirinova rahbarligi ostida “Fransuz feminist adibalar asarlari tarjimasining ginokritik tadqiqi (Jorj Sand va Jermina de Stal asarlari tarjimasi misolida) mavzusida ilmiy ish dissertatsiyasini himoya qildi va falsafa doktori darajasini oldi.

2023 yilning 03 iyulidan 14 iyuliga qadar “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari buyicha falsafa doktori A.Zoirova Fransiya davlatining Nitssa shahridagi “Sote d”Azur” universitetida malaka oshirdi.

2023 yil 9-11 noyabr kunlari Qarshi davlat universiteti Fransuz tili va adabiyoti kafedrasiga Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Alliance Française til va madaniyat markazi Xalqaro madaniy missiyalar koordinatori Chêne Maxime, Kommunikatsiya va xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul Theo Gardeslar tashrif buyurdi.

Fransiyalik mutaxassislar ishtirokida tashkil etilgan muloqotda Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari, fransuz tili ta’lim yo‘nalishi talabalari qatnashdi. Uchrashuvda "Madaniyatlararo kompetensiya" fanidan ma’ruza mashg‘ulotlari olib borildi. Bundan tashqari professor-o‘qituvchilar uchun mahorat darslari va xalqaro DALF C1 imtihonlari bo‘yicha chuqur ko‘nikmalar berildi. Tashrif chog‘ida fransiyalik mutaxassislar universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Xolmurodov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i D.Musayevalar bilan uchrashib , hamkorlik doirasida o‘zaro talaba va o‘qituvchi almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy stajirovkalar tashkil etish va qo‘shma loyihalar ishlab chiqish xususida kelishuvlar olib borishdi. Ikki tomonlama kelishuvlar hamkorlik shartnomasini imzolash bilan yakun topdi.

Kafedra 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili), 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab esa 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha hozirda 175 nafar talaba tahsil olmoqda. 750 nafardan ortiq talaba fransuz tilini ikkinchi chet tili sifatida, 300 nafardan ortiq boshqa yo‘nalishdagi talabalar chet tili sifatida o‘rganmoqda. Rektor D. Nabiyev xayrixohligida 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab magistratura yo‘nalishi ham tashkil etildi.

2022 yilning oktabr oyidan boshlab Fransiya davlati Oliy Ta’lim Vazirligining “Service Civique” loyihasi bo‘yicha Qarshi davlat universiteti Fransuz tili va adabiyoti kafedrasida Clermont Auvergne universiteti ko‘ngilli volontyori Mathis Marcoux o‘z faoliyatini boshladi. U 2022-2023 o‘quv yili davomida fransuz tili yo‘nalishi talabalariga og‘zaki nutqni rivojlantirish, tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishtirish, chet tilini bilish darajasini aniqlovchi imtihonlarga tayyorlash kabi mashg‘ulotlar ustida ish olib boradi.

Bundan tashqari bitiruvchi talabalarga Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi huzurida joylashgan Campus France agentligi bilan hamkorlikda Fransiya davlati OTMlariga grand asosida bakalavr, magistratura va doktoranturaga o‘qishga kirish bo‘yicha ham ma’lumotlar berib boradi.

2023 yil 24 mart kuni Qashqadaryoda referendum targ‘ibotiga bag‘ishlangan "Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!" shiori ostida ommaviy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Ushbu targ‘ibot tadbirida Karshi davlat universiteti “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Aziza Zoirova spiker sifatida ishtirok etib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning har bir moddasi inson qadri uchun xizmat qilishini ta’kidlab, yig‘ilganlarni Referendum saylovlarida faol ishtirok etishga chorladi.

Kafedra ilmiy yo‘nalishi: «Fransuz tilshunosligi, adabiyotshunosligi va o‘quv uslubiyati».

Asosiy vazifalari

Kafedra 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili), 2021-2022 o‘quv  yilidan boshlab esa 60230100 –  Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili)  yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab magistratura yo‘nalishi ham tashkil etildi.

O‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat

  • O‘qish va yozish amaliyoti
  • Tilshunoslik
  • Adabiyotshunoslik
  • Jahon adabiyoti
  • Mamlakatshunoslik
  • Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi
  • Leksikologiya va stilistika
  • Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti tarixi
  • Nazariy grammatika va fonetika.
  • Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari
  • Til nazariyasi
  • Xorijiy tillarni o‘qitishda madaniyatlararo muloqot
  • O‘rganilayotgan til tarixi
  • Amaliy grammatika
  • Amaliy fonetika
  • O‘rganilayotgan til filologiyasiga kirish
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti
  • Ikkinchi chet tili
  • Fransuz tili (Fakultetlararo)

Magistratura (Lingvistika)

  • Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  • Zamonayiy lingvistika
  • Ilmy va kasbiy faoliyatga yunaltirilgan ta’lim
  • Lingvistik tahlil metodlari
  • Qiyosiy tilshunoslik
  • Matn tilshunosligi
  • Magistirlik ishiga rahbarlik
  • Amaliy xorijiy til

Ilmiy ishlar

“Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasida har yili “Filologiya ilmining dolzarb masalalari” Respublika miqyosidagi ilmiy – maqolalar konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda va davriy to‘plami  nashr etilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan jami  100 dan ortiq maqola va tezislar chop etildi, shundan 30 dan ortiq ilmiy maqola xalqaro  va OAK tasarrufidagi jurnallarda chop etilgan bo‘lsa, bir qancha maqola, tezislar darslik chop etildi, kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan 1 darslik, 7 ta SCOPUS bazasidagi ilmiy jurnallarda, 10 ta xalqaro,  15 ta ilmiy maqola OAK tasarrufidagi jurnallarda  va Respublika miqyosidagi turli xil konferensiyalarda 35 ta maqola chop etildi.

Tadqiqotchilar

Hamzayev Hasan Rajabboyevich. "Turizimga oid atamalar tasnifi". Ilmiy rahbar dotsent G.Rahimova
Miyassarov Eldor Amanovich. "Volterning "Zadig" asarida sharqona kaloritlarning ifodalanishi". Ilmiy rahbar professor A. Mamatov.
Qosimov Kamol. "Fransuz va o'zbek tillarida ruxsat va ta'qiq kategoriyalari". professor J. Yakubov.

Hamkorlik

1. Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi
2. O‘zbekiston Milliy Universtteti
3. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
4. Samarkand davlat chet tillar instituti
5. Samarkand davlat pedagogika universiteti
6. Qarshi davlat universiteti qoshidagi 1-akademik liseyi
7. Qarshi ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san'ati maktabi internati 
8. Qarshi tumani “Yangi  Batosh”  mahallasida joylashgan  71-umumta'lim maktabi
9. Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi "Alliance française" til va madaniyat markazi 
10. Fransiya davlatining Monpele shahri Paul Valery universiteti
11. Fransiya davlatining "Accent français" instituti

Kafedra o‘qituvchilari

  • Zoirova Aziza Ibragimovna – katta o‘qituvchi, kafedra mudiri
  • Jo‘raqobilova Hamida Xolmatovna – s.f.n., katta o‘qituvchi
  • Baratova Klara Xolmanovna – o‘qituvchi
  • Yarmanov Faxriddin - katta o‘qituvchi
  • Miyassarov Eldor Amanovich - o‘qituvchi
  • Hamzayev Hasan Rajabboyevich - o‘qituvchi
  • Qosimov Kamol Oripovich – o‘qituvchi
  • Elmurodov To‘ramurod Bobonazarovich – o‘qituvchi
  • Ashirova Bonu Yusuf qizi – o‘qituvchi
  • Matis Marku – ko‘ngilli - volontyor