Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi

1-Mart 2025

Kamolov Iftixor Baxtiyorovich


Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi mudiri,
 DSc(Pedagogika fanlari), professor
Telefon: +998 99 745-23-82
Elektron pochta: kamolov.ib@qarshidu.uz
 
Qabul kunlari: Haftaning Dushanba, Chorshanba kunlari soat 15:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

2010-2016 yillar - Qarshi davlat universiteti, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi o‘qituvchisi. 
2016-2018 yillar- Qarshi davlat universitetining maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi katta ilmiy xodimi, izlanuvchi.
2018-2019 yillar Qarshi davlat universitetining Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi katta o‘qituvchi.  

2018-yildan Qarshi davlat universitetining tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi mudiri.           

Kafedra tarixi

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi 2008 yil 20 mayda Kasbiy ta’lim kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedrada hozirgi vaqtda 8 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan 1 nafari DSc(Pedagogika fanlari bo‘yicha), professor, 1 nafari texnika fanlari nomzodi, professor, 2 nafari dotsent , 1 nafari katta o‘qituvchi hamda 3 nafari assistent o‘qituvchi bo‘lib, ilmiy salohiyat   30% ni tashkil etadi.

Asosiy vazifalari

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi  “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” hamda Arxitektura(turlari bo‘yicha) yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis tayyorlaydi. 

O‘qitiladigan fanlar

1.Chizma geometriya
2. Qalamtasvir
3. Rangtasvir. Kompozitsiya
4. Chizmachilik
6. Plastik anatomiya
7. Akademik qalamtasvir asoslari va kompozitsiya
8. Dastgohli akademik rangtasvir va kompozitsiya
9. Haykaltaroshlik
10. Grafik tasvirlash asoslari
11. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o‘qitish nazariyasi va metodikasi
12. Kompyuter grafikasi
13. Tasviriy san’at tarixi
14. Muhandislik grafikasi terminologiyasi 
 15. Amaliy san’at. Badiiy bezak san’ati.
16. Arxitekturaviy loyihalash asoslari.
17. Bino va inshootlar tipologiyasi.
18. Arxitekturaviy qalamtasvir, rantasvir, haykaltaroshlik
19. Arxitekturaviy chizma, grafika.
20. Arxitektura tarixi va nazaryasi
21. Qurilish konstruksiyalari
22. Qurilish materiallari

Ilmiy ishlar

Kafedrada asosan quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda tadqiqot ishlari olib boriladi:
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at va chizmachilik fanlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish metodikasi.
2. Kasb-hunar kollejlarida muhandislik grafikasi fanini o‘qitishni takomillashtirish metodikasi
3. Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish metodikasi.
4. Arxtektura fanlarini o‘qitish metodikasi.
 Mazkur ilmiy yo‘nalishlarda texnika fanlari nomzodi professor F.Ochilov, Pedogogika fanlari  doktori, professor I.Kamolov rahbarligida tadqiqot ishlari olib boriladi.

Tadqiqotchilar

Kafedra o‘qituvchisi Qorjovov Bobur Jovliyevich kafedra tayanch doktoranti hisoblanib, 13.00.02 - ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Tasviriy san’at) ixtisosligi bo‘yicha “Tasviriy san’at darslarida talabalarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasi (OTM misolida)” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun olib borgan ilmiy ishi nihoyasiga yetdi. Ҳимоя қилиш арафасида турибди.

Hamkorlik

Kafedrada xalqaro aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Rossiya faderasiyasining Belgorod davlat milliy tadqiqotlar universiteti, Belgorod davlat texnologiya universiteti, Belgorod davlat san’at va madaniyat instituti, Krasnoyarsk davlat badiiy instituti, Gjel davlat universiteti, Orel  davlat universiteti, Qozog‘iston Respublikasining Ko‘kchatov va Jetisuv  davlat universitetlari hamda Janubiy Koreyaning Xanbat universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Ularga asosan hamkorlik aloqalari davom etmoqda. Belgorod davlat milliy tadqiqotlar universiteti va Qarshi davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik ta’lim dasturi asosida 47.03.01. “Pedagogik ta’lim” Tasviriy san’at va 5110800 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuv shartnoma imzolandi.

Kafedra o‘qituvchilari

• Kamolov Iftixor Baxtiyorovich
• Ochilov Farxod Egamberdiyevich                                            
• Astanov Tolib Muxtorovich                              
• Xujakulov Elbek Ermatovich
• Muxammadiyeva Zarifa Lutfullayevna
• Mirzayev Orif Nurmuxammadovich
• Oripov Ne’mat Chuliyevich
• Pardayev Abbos