![]() |
Ernazarova Gulnoza XamrayevnaYangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi mudiri,
|
1986-1991 yy. - Toshkent davlat universiteti talabasi
1991-1996 yy. - Qarshi davlat universiteti o‘zbek va rus tili kafedrasi o‘qituvchisi
1996-2000 yy. - Qarshi davlat universiteti aspiranti
2000-2005 yy. - Qarshi davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta
o‘qituvchisi
2005-2009 yy. - Qarshi davlat universiteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, jamoatchilik asosida Qarshi universiteti gazetasi muharriri vazifasini bajaruvchisi
2009-2010 yy. - Qarshi davlat universiteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti o‘zbek filologiyasi fakulteti dekani
2010-2015 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi fan, madaniyat va ta’lim, sport masalalari qo‘mitasining a’zosi
20.01.2015 yy. - Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti
2015-2018 yy. - Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori
2018-2019 yy. - Qarshi davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
2019-2021 yy. - Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash ularning malakasini oshirish hududiy markazining o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
2021 -2023 - Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti dekani
2023 y. h.v. - Qarshi davlat universiteti “Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi” kafedrasi mudiri.
“Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi” kafedrasi 2023 yilda tashkil topgan. Filologiya fanlari doktori, professor G.X. Ernazarova kafedraning birinchi mudiri bo‘lgan.
Oliy ta’lim muassasasi yoki fakultetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib unda bir yoki bir nechta turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, uslubiy, ilmiy – uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
1.Adabiyot nazariyasi. 2. Jahon adabiyoti. 3.Adabiyot o‘qitish metodikasi. 4. Yangi o‘zbek adabiyoti. 5. Adabiyotshunoslik nazariyasi. 6. Bolalar adabiyoti. 7. Adabiyotshunoslik asoslari. 8. Kutubxona axborot faoliyatini boshqarish. 9. Kutubxona axborot faoliyati marketingi. 10. Badiiy nasr poetikasi. 11. Hujjatshunoslik, axborot tahlili. 12. Biblografiyashunoslik. 13. Kutubxona axborot faoliyatining meyoriy huquqiy asoslari. 13. O‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi. 14. Poetik nutq asoslari. 15. Yangi o‘zbek adabiyoti. 16. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar biblografiyasi.
Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining ko‘p yillik faoliyati davomida 20 yaqin monografiya, risolalar, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, 10 ga yaqin o‘quv qo‘llanmalar va turli mavzulardagi ilmiy maqolalar xorijiy va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy ommabop jurnallarda chop etildi. Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi har yili “Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasining dolzarb masalalari” nomli ilmiy to‘plamini nashr etib kelmoqda.
Hozirda kafedra ilmiy salohiyatini yuksaltirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi. Natijada, 1994 yildan Damin Toʼraev, 2020 yildan G. Ernazarova, 2022 yildan Gulchehra Imomovalar filologiya fanlari doktori (DsC), Shohida Karamova, Saodat Moʼminova, Nilufar Sultonova, Guluh Ravshanova, Nilufar Umarova, Toʼlqin Kenjaevlar filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga egalar. 2023-2024 oʼquv yilidan 10.00.02- Oʼzbek tili va adabiyoti ixtisosligi boʼyicha (PhD) (tayanch doktorantura) faoliyat yuritmoqda. Hozirda kafedrada 4 nafar doktorant, 3 nafar tayanch doktorant tahsil olmoqda. Doktorantlar: 1.Sattorzoda Xurshida 2. Berdieva Zulayho 3. Botirova Feruza 4. Moʼminova Gavhar; Tayanch doktorantlar: 1. Usmonov Sherzod 2. Ravshanova Gulruh 3. Karamova Shohida.
Kafedra O‘zR FA O‘zbek tili adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zMU, TDPU, BuxDU, SamDU, TerDU kabi oliy ta’lim muassasalari va EGE universiteti Turk Dunyasi tadqiqot itstituti, Rossiya FA Qozon davlat universiteti “Turkologiya” kafedrasi bilan hamkorlik qiladi.
Xo‘jalik shartnomasi: Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi, Dehqonobod Kaliy o‘g‘itlar zavodi.