“Eko-oromgoh – 2025” ekologik haftaligi
2025 yil 26 may – 1 iyun kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da “Eko-oromgoh – 2025” ekologik haftaligi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Ekologiya vazirligi, Yoshlar agentligi, Turizm qo‘mitasi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilib, ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlandi.
Haftalik doirasida butun respublikadan yosh yetakchilar, volontyorlar, ekofaollar hamda “Ekologiya bilimdonlari” tanlovi g‘oliblari ishtirok etishdi. Dasturga o‘quv-seminarlar, intellektual va sport musobaqalari, tanlovlar hamda madaniy tadbirlar kiritildi.
Qarshi davlat universitetining Geografiya va agronomiya fakulteti talabalari ham ushbu tadbirlarda faol qatnashib, “Ekologiya bilimdonlari” tanlovida muvaffaqiyatli ishtiroklari uchun faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Qarshi davlat universitetida joriy o‘quv yilida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish mavsumi Qarshi davlat universitetida qizg‘in davom etmoqda. “Har bir fuqaro uchun – bir daraxt” tamoyili asosida ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Ko‘rik-tanlovga Qarshi davlat universiteti Geografiya va agronomiya fakulteti Ekopotrol jamoasi va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Ko‘rik-tanlovda talaba-yoshlar Qarshi davlat universiteti hududidagi bog‘ maydoniga yashil daraxt ekish ishlari olib borildi. “Har bir fuqaro uchun – bir daraxt” tamoyili asosida tashkil etiladigan ko‘rik-tanlovida Qarshi davlat universiteti Geografiya va agronomiya fakulteti Ekopotrol jamoasi talabalari bilan birgalikda Qarshi davlat universiteti hududidagi bog‘ga bir nechta manzarali va mevali daraxtlar ekildi. “Har bir fuqaro uchun – bir daraxt” tamoyili asosida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovida faol qatnashgan Geografiya va agronomiya fakulteti Ekopotrol jamoasi talabalaridan Norboyev Bekjon, Xudoyberdiyev Laziz, Xujamov Azizlar estalik sovg‘alar bilan fakultet raxbariyati tomonidan taqdirlandilar. Bu kabi tadbirlardan asosiy maqsad talaba yoshlarni ekologiyani asrash va yashil makoni ko‘paytirishni maqsad qilingan.
“Chiqindisiz bir kun” — talabalardan ekologik tashabbus
QarDU talabasi Yosh turizm elchisi
Butunjahon chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni
Ekologik xavfsizlik va resurslarni muhofaza qilishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi