Axborot-resurs markazi

17-Mart 2025

Dusyorova Klara Narmuminovna


Axborot-resurs markazi direktori
Telefon: +998 91 643 81 51 , +998 98 275 40 80
Elektron pochta: 
 

Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 9.00 dan 16. 00 ga qadar

Mehnat faoliyati

1982-1985 yy. - Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tuman markaziy kutubxonasi  kutubxonachisi

1985-1991 yy. – Qashqadaryo viloyati viloyat   bolalar kutubxonasi sektori  mudiri

1991-1994 yy. – Qashqadaryo viloyati  viloyat bolalar kutubxonasi bibliografiya bo`lim mudiri

1994-2002 yy. - Qashqadaryo viloyati viloyat bolalar kutubxonasi  direktori o`rinbosari

2002-2004 yy. - Qashqadaryo viloyati Sayido Nasafiy nomli ilmiy-universal kutubxonasi  direktori o`rinbosari

2004-2006 yy. - Qashqadaryo viloyati Sayido Nasafiy nomli ilmiy-universal kutubxonasi direktori

2006-2012 yy. - O`zbekisyon aloqa va axborotlashtirish agentligi Respublika  axborot-kutubxona markazi Qashqadaryo viloyati S.Nasafiy nomidagi  axborot-kutubxona markazi direktori

2012-2015 yy. - O`zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya  texnologiyalari davlat qo`mitasi Respublika axborot-kutubxona markazi Qashqadaryo viloyati S. Nasafiy nomidagi  axborot-kutubxona  markazi direktori

2015-2017 yy. O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini  rivojlantirish vazirligi Respublika axborot-kutubxona markazi Qashqadaryo viloyati S. Nasafiy nomidagi  axborot-kutubxona markazi direktori

2017- 2020 yy.  Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi, Qashqadaryo  viloyati axborot-kutubxona markazi direktori

2020 y.10.10.dan – Qarshi davlat universiteti “Yangi o`zbek  adabiyoti va adabiyot nazariyasi” kafedrasi  katta o`qituvchisi

2025 y.23.01.dan- Qarshi davlat universiteti axborot-resurs markazi direktori

Bo‘lim tarixi

Dastlab bu muassasa Universitet kutubxonasi shaklida  1946 yilda tashkil etilgan.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatishni tashkil etish   to`g`risida”gi PQ-381 son qarorga ko`ra Axborot-resurs markaziga aylantirilgan. Hozirgi kunda markaz jamg`armasida  19776 nomda, 365593 nusxa o`quv ,ilmiy ,badiiy va boshqa sohalarga doir adabiyotlar mavjud.Markaz jamg`armasi har yili  o`rtacha  8000 (sakkiz ming) nusxa adaboyotlar bilan boyitiladi. Jamg`armaning asosiy qismini oliy o`quv yurti talabalari uchun mo`ljallangan darslik va qo`llanmalar tashkil qiladi. Xususan, 2024 yilda markaz jamg`armasiga 12 nomda, 69 nusxa gazeta, 50 nomda, 111 nusxa ilmiy ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy masalalarga bag`ishlangan jurnallar berilib, bu jamg`arma asosida ko`p sonli professor-o`qituvchilar va talabalarga xizmat qilinmoqda. Markaz tarkibida 5 ta bo`lim: 1. Axborot kutubxona resurslari bilan xizmat ko`rsatish, 2. Axborot kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish, 3. Ilmiy-uslubiy va axborot-ma`lumot (davriy nashrlar), 4. Elektron axborot resurslari 5. Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo`limlari faoliyat olib boradi.Shu bilan birga tibbiyot fakulteti, filologiya fakulteti, Koson tumanida 3 ta tarmoq talabalar va aholiga axborot va kitob xizmati ko`rsatilmoqda. Markazda 140 o`rindiqli 2 ta o`quv zali ,2 ta maxsus jihozlangan kompyuter xonalari,2 ta lingafon xona, Universitet professor-o`qituvchilari  uchun “Ilmiy izlanishlar zali”,Qarshi shahridagi 10 ta mahalla yoshlariga xizmat ko`rsatuvchi “Mahalla yoshlari xonasi” kitobxon va foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatmoqda. Markazda jami 42 nafar xodim xizmat  ko`rsatadi.

Asosiy vazifalari

      Axborot-resurs markazi direktori universitet rektori tomonidan tayinlanadi; faoliyatini boshqaradi;

Axborot-resurs markazi direktori markazning bo`limlar va shahobchalar ishlarini nazorat qiladi;

O`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qaror va farmonlariga: Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, kutubxonachilik ishi bo`yicha yuqori tashkilotlarning boshqaruv materiallariga: Mirzo Ulug`bek nomidagi Milliy universitetning ilmiy kutubxonasi tomonidan tavsiya etilgan metodik qo`llanmalarga va boshqa materiallarga, universitet buyruqlari, ko`rsatmalari, tavsiyalari, metodik qo`llanmalari, Mehnatni muhofaza qilish texnika xavfsizligi va yong`indan saqlash bo`yicha qoida va farmoyishlarga amal qiladi;

Axborot-resurs markazini malakali xodimlar bilan to`ldirishini, xodimlarning bilim va tajribalaridan to`laqonli foydalanish ishlarini tashkil etadi hamda xodimlarning malakalarini oshirishni tashkil etadi;

Xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini nazorat qiladi;

Ishlov berish va butlash bo`limining ishiga mutasaddilik qilish: kitob do`konlarida adabiyotlarning jamlanishi bilan shug`ullanadi, kutubxona (axborot resurs markazi) fondlarini to`liq butlash uchun tarmoq OTM va pochta orqali kitob jo`natadigan do`konlar bilan aloqani yo`lga qo`yish, Kutubxona (axborot-resurs markazi) dagi adabiyotlarni hisobdan chiqarishga va yo`qolganlarni o`rniga boshqa kitoblarni qabul qilib olishga bevosita rahbarlik qilish, hisob-kitob hujjatlarini tekshirish;

Axborot-resurs markazi Kengashi faoliyatini boshqaradi. Yuqori tashkilotlarda markaz manfaatlarini himoya qiladi. Davlat organlari va boshqa idoralari bilan aloqalarda ARM nomidan vakolatlangan shaxs sifatida hamda “Mehnat kodeksi” ga rioya qilinishini ta`minlaydi;

O`z faoliyat mazmunini va aniq shakllarini O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyun “ Respublika aholisini Axborot kutubxona xizmatini tashkil etish to`g`risida” gi PQ-381-sonli qarori va nizomda ko`rsatilgan maqsad va vazifalarga muvofiq takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqaradi;

Boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan konferensiyalar, yig`ilishlar tashkil etadi

Ma`naviy ta`lim, axborot va boshqa dasturlar, loyihalar, aksiyalarni birgalikda amalga oshirish uchun, shuningdek, foydalanuvchilarning hujjatlarga va axborotga bo`lgan ehtiyojlarini yanada to`liq qondirish uchun boshqa ARMlar, kutubxonalar, ta`lim muassasalari, o`zini o`zi boshqarish organlari, ijtimoiy ta`minot xizmatlari, milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikni, faoliyatni muvofiqlashtirish va koordinatsiyalashni rivojlantirish ishlarini amalga oshiradi;

 ARM uchun gazeta va jurnallar obunasini tashkil etadi;

 Universitet ARM va boshqa ARMlar bilan aloqani olib boradi;

Axborot resurs markazida kitob yarmarkalarini tashkil etadi;

Istiqbolli va joriy ish rejalarini ishlab chiqish;

Axborot resurs markazini zarur uskunalar bilan, shuningdek, uni kompyuterlashtirishni ta`minlaydi;

Xodimlar tarkibi:

 G. Eshonqulova

Ilmiy-uslubiy va axborot ma`lumot (davriy nashrlar) bo`limi mudiri

D.Xolboyeva

Bibliograf

Z.Qorayeva

Kutubxonachi

G.Achilova

Kutubxonachi

X. Qo`chqorova

Kutubxonachi

Z. Rustamova

Kutubxonachi

D. Temirova

Kutubxonachi

K. To`ychiyeva

Kutubxonachi

N. Xamrayeva

Kutubxonachi

N.Xalilova

AKT bo`yicha yetakchi mutaxassis

G.Babayeva

AKT bo`yicha yetakchi mutaxassis

V.Muhammadiyeva

Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo`limi mudiri

Y. Kenjayeva

AKT bo`yicha yetakchi mutaxassis

I.Xayrullayeva

Bibliograf

R. Boynazarova

Kutubxonachi

R.Eshmirzayeva

Kutubxonachi

F.Eshqobilova

Kutubxonachi

A. Omonova

Kutubxonachi

H .Qo`ldosheva

Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko`rsatish bo`limi mudiri

S. Boboqulova

Bibliograf

O`. Ostonov

Bibliograf

D. Rustamova

Bibliograf

G.Isoqulova

Kutubxonachi

M.Qodirova

Kutubxonachi

M.Rustamova

Kutubxonachi

D.Boboqulova

Kutubxonachi

D.Rustamova

Kutubxonachi

S.Baratova

Kutubxonachi

N. Baratova

AKT bo`yicha yetakchi mutaxassis

D.Soqiyeva

AKT bo`yicha yetakchi mutaxassis

M.Ochilova

Elektron axborot resurslari bo`limi mudiri

X.Saidova

AKT bo`yicha yetakchi mutaxassis

L. Tog`ayeva

AKT bo`yicha yetakchi mutaxassis

M. Murotova

Kutubxonachi

A. Yuldoshev

Kutubxonachi

D.Safarova

Xorijiy axborot kutubxona resurslari bilan ishlash bo`limi mudiri

Z. Zikriyoxo`jayeva

Kutubxonachi

I.Eshimova

Kutubxonachi

Z.Davronova

Kutubxonachi

S.Axmedova

AKT bo`yicha yetakchi mutaxassis