Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
Ariza.
Qisqacha biografik ma’lumotnoma.
Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo’yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi.
Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (dissertasiya tadqiqoti asosini tashkil etishi mumkin bo’lgan kamida bitta ilmiy maqola va ikkita tezis chop etilgan bo‘lishi lozim).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa).
Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi В1 yoki B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-iyuldagi 211-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha).