OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul qilishda ilmiy tadqiqot ishi taqdimotini tayyorlash, taqdim etish va baholash boʻyicha
USLUBIY KOʻRSATMA
Mazkur Uslubiy koʻrsatma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF‑98-son Farmonining 3-bandi “b” qismida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul qilishda talabgorlarning ilmiy tadqiqot olib borishga tayyorgarligi va ilmiy salohiyatini xolis baholashga nisbatan yagona uslubiy yondashuvni taʼminlash maqsadida Qarshi davlat universiteti tomonidan ishlab chiqildi.
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Uslubiy koʻrsatmada Qarshi davlat universitetida ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul qilishda ilmiy tadqiqot ishi taqdimotini tayyorlash, taqdim etish va baholash tartibi belgilanadi.
2. Ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti (keyingi oʻrinlarda — taqdimot) — talabgor tomonidan rejalashtirilayotgan ilmiy tadqiqotning maqsadi, obyekti, ahamiyati va uni amalga oshirish rejasi toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumotni qamrab oluvchi material hisoblanadi.
3. Taqdimot ustuvor yoʻnalishlarga oid ixtisosliklar boʻyicha qabul hujjatlari tarkibida taqdim etiladi. Talabgor Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat qilganda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi orqali ariza yuborganda taqdimot elektron shaklda qabul hujjatlariga ilova qilinadi.
4. Taqdimotda keltiriladigan maʼlumotlar ishonchli ilmiy, statistik, tahliliy yoki boshqa tegishli manbalarga asoslanishi shart.
5. Tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qoʻyiladigan talablarga muvofiq, taqdimot mazmuniga va uni baholashga qoʻyiladigan talablar alohida belgilanadi (mazkur Uslubiy koʻrsatmaning 2 va 3-boblariga qarang).
6. Taqdimotning mazmuni aniq, qisqa va mantiqiy izchillikda bayon etilishi, qismlari bir-biri bilan uzviy bogʻliq boʻlib, tadqiqot gʻoyasini yaxlit anglash imkonini ochib berishi lozim.
7. Taqdimot davlat tilida tayyorlanadi. Ilmiy ixtisoslik xususiyatidan kelib chiqib, taqdimot rus, ingliz yoki boshqa tilda ham tayyorlanishi mumkin.
8. Taqdimotning mazmuni va tuzilishini shakllantirish boʻyicha namunalar mazkur Uslubiy koʻrsatmaning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan.
2-BOB. TAYANCH DOKTORANTURA (PhD) TAQDIMOTI
Tayanch doktorantura (PhD) taqdimoti talabgorning mustaqil ilmiy tadqiqot olib borishga tayyorligi, ilmiy muammoni anglashi, tadqiqot maqsadi va vazifalarini belgilashi, tadqiqot uchun asoslangan usullarni tanlashi hamda tadqiqotni rejalashtira olish salohiyatini namoyon etadi.
Qabul jarayonida talabgordan ilmiy yangilik yoki yakuniy ilmiy natija talab etilmaydi. Asosiy eʼtibor tanlangan ilmiy muammoning asoslanganligi, tadqiqot qismlarining oʻzaro mantiqiy bogʻliqligi va taklif etilayotgan tadqiqotni amalga oshirish imkoniyatiga qaratiladi.
Taqdimot quyidagi tarkibiy boʻlimlardan iborat boʻlishi tavsiya etiladi:
1. Tadqiqot mavzusi va talabgor toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar
– oliy taʼlim tashkiloti nomi (Qarshi davlat universiteti);
– talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi;
– taʼlim shakliga qabul — tayanch doktorantura (PhD);
– ilmiy ixtisoslikning shifri va nomi;
– rejalashtirilayotgan tadqiqot mavzusi.
2. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va oʻrganilganlik darajasi
– tadqiqotga asos boʻlayotgan aniq muammo yoki masala;
– mavzuning dolzarbligini tasdiqlovchi asosiy dalillar;
– mahalliy va xorijiy tadqiqotlarda erishilgan asosiy natijalar;
– yetarlicha oʻrganilmagan yoki hal etilmagan jihatlar;
– yangi tadqiqotni amalga oshirish zarurati;
– foydalanilgan asosiy manbalarga qisqa havolalar.
3. Tadqiqot maqsadi va vazifalari
– tadqiqotning aniq va umumlashtiruvchi maqsadi;
– maqsadga erishishga qaratilgan asosiy ilmiy vazifalar;
– vazifalarning oʻzaro mantiqiy ketma-ketligi;
– maqsad va vazifalarning ilmiy muammo bilan bogʻliqligi;
– vazifalar orqali erishilishi kutilayotgan natija yoʻnalishi.
4. Tadqiqot obyekti, predmeti va qamrovi
– tadqiqot obyekti;
– tadqiqot predmeti;
– obyekt va predmet oʻrtasidagi bogʻliqlik;
– ularning tadqiqot maqsadi va vazifalariga muvofiqligi;
– tegishli hollarda hududiy, vaqt, maʼlumotlar, tajriba qamrovi.
5. Tadqiqot metodologiyasi va usullari
– tadqiqotning asosiy metodologik yondashuvi;
– qoʻllaniladigan asosiy ilmiy usullar;
– usullarning tadqiqot vazifalari bilan bogʻliqligi;
– maʼlumotlarni olish, qayta ishlash va tahlil qilish tartibi;
– zarur maʼlumot, material, dasturiy vosita yoki uskunalar;
– tanlangan usullar orqali kutilayotgan natijalarni olish imkoniyati.
6. Tadqiqot gʻoyasi va kutilayotgan ilmiy ahamiyati
– tadqiqotning asosiy gʻoyasi;
– tadqiqot orqali aniqlanishi yoki asoslanishi kutilayotgan masala;
– taklif etilayotgan yondashuvning mavjud tadqiqotlardan farqi;
– kutilayotgan ilmiy natija yoʻnalishi;
– tadqiqotning ilmiy ahamiyati;
– tegishli hollarda amaliy qoʻllanish imkoniyati.
7. Tadqiqotni amalga oshirish bosqichlari va ish rejasi
– tadqiqotning asosiy bosqichlari;
– har bir bosqichda bajariladigan asosiy ilmiy ishlar;
– vazifalarning uch yillik davr boʻyicha taqsimlanishi;
– har bir bosqich yakunida kutilayotgan oraliq natijalar;
– natijalarni umumlashtirish va dissertatsiyani yakunlash;
– dastlabki ekspertizadan oʻtkazish va Ilmiy kengashda himoya qilishgacha boʻlgan ketma-ketlik;
– uch yillik muddatda yakunlash imkoniyati.
8. Tadqiqotni amalga oshirish imkoniyati va yakuniy asoslash
– tadqiqot uchun asosiy maʼlumotlar, materiallar va tadqiqot bazasi;
– tegishli laboratoriya, uskuna, dasturiy vosita yoki boshqa resurslar;
– ulardan foydalanish imkoniyati;
– tadqiqotni uch yilda amalga oshirish imkoni;
– asosiy qiyinchilik yoki cheklovlar;
– muammo, maqsad, metodologiya, gʻoya va rejaning umumiy muvofiqligi.
Taqdimotning tarkibiy boʻlimlari boʻyicha toʻldirish namunasi mazkur Uslubiy koʻrsatmaning 1-ilovasida keltirilgan.
3-BOB. DOKTORANTURA (DSc) TAQDIMOTI
Doktorantura (DSc) taqdimotida talabgorning avvalgi ilmiy natijalari va tajribasiga tayangan holda yangi ilmiy muammoni belgilashi, uni hal etish konsepsiyasini asoslashi, kutilayotgan ilmiy yangilik hamda ilmiy va amaliy ahamiyati va tadqiqotni amalga oshirish strategiyasi koʻrsatib beriladi.
Doktorantura (DSc) taqdimoti quyidagi tarkibiy boʻlimlardan iborat boʻlishi tavsiya etiladi:
1. Tadqiqot mavzusi va talabgor toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar
– oliy taʼlim tashkiloti nomi;
– talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi;
– taʼlim shakliga qabul — doktorantura (DSc);
– ilmiy ixtisoslikning shifri va nomi;
– rejalashtirilayotgan dissertatsiya tadqiqoti mavzusi.
2. Avvalgi ilmiy natijalar va ularning rejalashtirilayotgan tadqiqot bilan bogʻliqligi
– tayanch doktorantura (PhD) dissertatsiyasi yoki keyingi ilmiy faoliyat doirasida olingan asosiy natijalar;
– ushbu natijalar orqali hal etilgan ilmiy masalalar;
– natijalarning ilmiy yoki amaliy ahamiyati;
– rejalashtirilayotgan DSc tadqiqotiga bevosita daxldor natijalar;
– avvalgi natijalardan yangi muammoga uzviy bogʻliqlik;
– DSc tadqiqotining avvalgi ishlardan farq qiluvchi yangi yoʻnalishi.
3. Ilmiy muammoning zamonaviy holati va hal etilmagan jihatlari
– tadqiqot yoʻnalishining zamonaviy ilmiy holati;
– mahalliy va xorijiy tadqiqotlarning asosiy natijalari;
– mavjud nazariya, usul, model yoki texnologiyalar;
– mavjud yechim va yondashuvlarning yetarli boʻlmagan jihatlari;
– qoʻshimcha tadqiqot talab etadigan masalalar;
– hal etilishi rejalashtirilayotgan asosiy ilmiy muammo;
– foydalanilgan asosiy ilmiy manbalarga havolalar.
4. Tadqiqot konsepsiyasi, maqsadi va asosiy vazifalari
– hal etilishi rejalashtirilayotgan asosiy ilmiy muammo;
– tadqiqotning asosiy konsepsiyasi;
– konsepsiyaning mavjud ilmiy holatdan kelib chiqishi;
– tadqiqot maqsadi;
– maqsadga erishishga qaratilgan asosiy ilmiy vazifalar;
– vazifalarning oʻzaro mantiqiy ketma-ketligi;
– kutilayotgan ilmiy natija yoʻnalishlari.
5. Tadqiqot obyekti, predmeti va qamrovi
– tadqiqot obyekti;
– tadqiqot predmeti;
– obyekt va predmetning ilmiy muammo bilan bogʻliqligi;
– ularning konsepsiya, maqsad va vazifalarga muvofiqligi;
– hudud, vaqt, maʼlumotlar, tanlanma yoki eksperiment qamrovi.
6. Tadqiqot metodologiyasi va usullari
– tadqiqotning asosiy metodologik yondashuvi;
– qoʻllaniladigan asosiy ilmiy usullar;
– har bir usulning tegishli vazifa bilan bogʻliqligi;
– maʼlumot yoki eksperiment natijalarini olish tartibi;
– maʼlumotlarni qayta ishlash, tahlil va qiyoslash usullari;
– natijalarning ishonchliligini baholash usullari;
– metodologiyaning kutilayotgan natijalarni olish imkoniyati.
7. Kutilayotgan ilmiy yangilik
– olinishi kutilayotgan asosiy yangi ilmiy natijalar;
– ular hal etadigan ilmiy masalalar;
– natijalarning mavjud bilim, usul yoki nazariyalardan farqi;
– kutilayotgan yangilikning vazifalar bilan bogʻliqligi;
– avvalgi PhD natijalaridan farqi;
– ilmiy yangilikka asos boʻluvchi metodologik yondashuv.
8. Kutilayotgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati
– kutilayotgan natijalarning ilmiy ahamiyati;
– mavjud bilim, nazariya yoki usullarni rivojlantirishdagi oʻrni;
– kutilayotgan natijalarning amaliy ahamiyati;
– natijalardan foydalanish mumkin boʻlgan soha yoki jarayon;
– amaliyotga tatbiq etish yoʻnalishlari;
– ilmiy-amaliy ahamiyatning ilmiy yangilik bilan bogʻliqligi.
9. Tadqiqotni amalga oshirish strategiyasi, bosqichlari va yakuniy asoslash
– tadqiqotni amalga oshirishning umumiy ilmiy strategiyasi;
– tadqiqotning asosiy bosqichlari;
– har bir bosqichda bajariladigan asosiy ilmiy ishlar;
– vazifalarning uch yillik davr boʻyicha taqsimlanishi;
– har bir bosqich yakunida kutilayotgan oraliq natijalar;
– bosqichlar va natijalarning oʻzaro mantiqiy bogʻliqligi;
– natijalarni umumlashtirish, dastlabki ekspertiza va Ilmiy kengashda himoya;
– uch yillik muddatda amalga oshirish imkoniyati.
Doktorantura (DSc) taqdimoti tarkibiy boʻlimlarini toʻldirish namunasi mazkur Uslubiy koʻrsatmaning 2-ilovasida keltirilgan.
4-BOB. TAQDIMOTNI BAHOLASH TARTIBI VA MEZONLARI
Talabgorning ilmiy tadqiqot ishi taqdimotini baholashda uning taqdimot mazmuniga qoʻyilgan talablarni qay darajada bajargani, tadqiqotning ilmiy asoslanganligi hamda uni mustaqil tushuntirib va asoslab bera olishi inobatga olinadi.
Baholash oldindan belgilangan mezonlar asosida ball qoʻyilishi orqali amalga oshiriladi. Taqdimot mazmunida nazarda tutilmagan qoʻshimcha talablar yoki baholash shartlaridan foydalanilmaydi.
Talabgorning taqdimoti 100 ballik tizimda baholanadi. Baholash mezonlari taqdimotning tegishli tarkibiy boʻlimlari hamda ogʻzaki taqdimot va savol-javob natijalarini qamrab oladi.
Har bir komissiya aʼzosi talabgorni mustaqil ravishda, alohida baholab, tegishli baholash jadvalini toʻldiradi. Baholash jarayonida komissiya aʼzolari bir-biriga taʼsir oʻtkazishi maqsadga muvofiq emas. Komissiya aʼzolari qoʻygan ballarning oʻrtacha arifmetik qiymati talabgorning yakuniy natijasi hisoblanadi.
Baholash jadvallari va natijalar mezonlar kesimida keyinchalik tekshirish imkonini beradigan shaklda rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda saqlanadi.
Tayanch doktorantura (PhD)ga talabgorlar uchun baholash mezonlari (3-ilova):
|
№ |
Baholash koʻrsatkichi |
Eng yuqori ball |
|
1 |
Tanlangan ilmiy muammoning aniqligi va dolzarbligining asoslanganligi |
15 |
|
2 |
Mavzuning oʻrganilganlik darajasi va manbalar tahlilining sifati |
10 |
|
3 |
Tadqiqot maqsadi va vazifalarining aniq hamda mantiqiy shakllantirilganligi |
10 |
|
4 |
Tadqiqot obyekti va predmetining toʻgʻri va asoslangan belgilanganligi |
10 |
|
5 |
Tanlangan metodologiya va usullarning vazifalarga muvofiqligi |
15 |
|
6 |
Tadqiqot gʻoyasining originalligi va ilmiy ahamiyatining ochib berilganligi |
10 |
|
7 |
Uch yillik ish rejasining real, izchil va bosqichma-bosqich tuzilganligi |
10 |
|
8 |
Ogʻzaki taqdimot mahorati va komissiya savollariga asoslangan javob berish qobiliyati |
20 |
|
|
Jami |
100 |
Doktorantura (DSc)ga talabgorlar uchun baholash mezonlari (4-ilova):
|
№ |
Baholash koʻrsatkichi |
Eng yuqori ball |
|
1 |
Avvalgi ilmiy natijalarning yangi tadqiqot bilan uzviy bogʻliqligi |
10 |
|
2 |
Ilmiy muammoning zamonaviy holatini tanqidiy tahlil qila olish darajasi |
15 |
|
3 |
Tadqiqot konsepsiyasi, maqsadi va vazifalarining ilmiy asoslanganligi |
15 |
|
4 |
Tadqiqot obyekti, predmeti va qamrovining toʻgʻri belgilanganligi |
8 |
|
5 |
Metodologik yondashuvning yetuklik darajasi va vazifalarga muvofiqligi |
12 |
|
6 |
Kutilayotgan ilmiy yangilikning aniq va ishonarli ifodalanganligi |
15 |
|
7 |
Ilmiy va amaliy ahamiyatning asoslanganligi |
5 |
|
8 |
Amalga oshirish strategiyasi va uch yillik bosqichlarning realligi |
5 |
|
9 |
Ogʻzaki taqdimot va savol-javobda oʻz ilmiy pozitsiyasini asoslab bera olish qobiliyati |
15 |
|
|
Jami |
100 |
5-BOB. TAQDIMOTNI TASHKIL ETISH VA OʻTKAZISH TARTIBI
Taqdimotni tashkil etish va oʻtkazishda barcha talabgorlar uchun teng sharoit yaratish, yagona yondashuvni qoʻllash, baholashning xolisligi va jarayonning shaffofligini taʼminlash asosiy tamoyillar hisoblanadi.
Taqdimot oʻtkaziladigan sana, vaqt, joy, uning formati, taqdimot va savol-javob uchun ajratiladigan vaqt hamda tashkiliy shartlar Qarshi davlat universiteti tomonidan oldindan belgilanib, talabgorlarga universitetning rasmiy veb-sayti va Yagona elektron tizim orqali maʼlum qilinadi.
Taqdimotlarni koʻrib chiqish va baholash uchun talabgor tanlagan ilmiy ixtisoslik va tadqiqot yoʻnalishi xususiyatlarini inobatga olgan holda komissiya shakllantiriladi. Komissiya tarkibi tegishli ilmiy malaka va tajribaga ega kamida 5 nafar mutaxassisdan tashkil etiladi.
Komissiya aʼzosining talabgor bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuvi mavjud boʻlsa, u mazkur talabgorni baholashda ishtirok etmaydi. Taqdimot va savol-javob jarayoni videokuzatuv (onlayn translyatsiya) ostida oʻtkazilishi tavsiya etiladi.
Talabgor taqdimot jarayonida oʻz tadqiqot taklifining asosiy mazmunini mustaqil bayon etadi, taqdimot matnini toʻliq oʻqib berish bilan cheklanmaydi. Taqdimot yakunlanganidan soʻng komissiya aʼzolari talabgorga savollar beradi.
Baholash ikki bosqichda tashkil etiladi: birinchi bosqichda hujjatlar boʻyicha dastlabki baholash, ikkinchi bosqichda ogʻzaki taqdimot va savol-javob natijalari baholanadi.
6-BOB. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Mazkur Uslubiy koʻrsatmada nazarda tutilgan talablar Qarshi davlat universitetida ilmiy tadqiqot ishi taqdimotini tayyorlash, taqdim etish va baholash jarayonida qoʻllaniladi.
Qabul jarayoni boshlanishidan oldin talabgorlarga taqdimotning mazmuniga qoʻyiladigan talablar, uni oʻtkazish tartibi hamda baholash mezonlari bilan tanishish imkoniyati universitet veb-sayti orqali yaratiladi.
Taqdimotni baholash natijalari yuzasidan apellyatsiya shikoyatlari natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida universitet qabul komissiyasiga yozma murojaat orqali beriladi va 3 (uch) ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Mazkur Uslubiy koʻrsatmada tartibga solinmagan boshqa masalalar oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasidagi tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Qarshi davlat universiteti Ilmiy Kengashining 2026-yil 27-avgustdagi 1-sonli bayyonnomasi