Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi

5-Iyul 2023

Gulruxbegim Ravshanova Qahramon qizi


Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi boshlig‘i,
filologiya fanlaari bo'yicha falsafa doktori, dotsent
Telefon: +998 97 229-69-27
Elektron pochta: gulrux.ravshanova@mail.ru
 
Qabul kunlari: Haftaning juft kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha

Mehnat faoliyati

2018-2020 yy - Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi

2020-2022 yy - Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi

2022-2023 yy - Qarshi davlat universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi

2023-y- h.v. - Qarshi davlat universiteti xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi boshlig‘i

Bo‘lim tarixi

2023-yil 6-martgacha universitet xotin qizlar kengashi faoliyat yuritgan. 2023-yil 7-martdan boshlab Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi Qarshi davlat universiteti rektorining 111 X sonli buyrug‘iga asosan ish boshladi.

Asosiy vazifalari

-         talaba-qizlarining axloqiy va estetik madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;

-         talabalar turar joylaridagi xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish;

-         TTJlarda talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga yo‘naltirilgan ijodiy, kasbiy, badiiy to‘garak-klublar faoliyatini yanada kuchaytirish;

-         fakultetlarda faoliyat yurituvchi xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash;

-         Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikni aniqlash yuzasidan soʻrovnomalar oʻtkazish, natijalarini tahlil qilish;

-         notinch oilalarda yashayotgan talaba-qizlarga alohida e’tibor qaratish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazilishini ta’minlash;

-         ijarada yashovchi  talaba qizlar xolidan xabar olish, ularga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish, ijarachi va xususiy xonadon egalari bilan suhbatlashish maqsadida  ijarada yashovchi talabalar manzillariga tashrif buyurish;

talaba-qizlarda siyosiy madaniyat asoslarini tarbiyalash maqsadida ularda siyosiy ong, siyosiy qadriyatlar, siyosiy xulq-atvor, davlat ramzlariga nisbatan munosabatni shakllantirish;