Xorijiy tillar fakulteti

17-fevral 2024

Nashirova Shahnoza Bo’riyevna


Fakultet dekani,
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Telefon: +998 97 585-68-88
Elektron pochta: n.shakhnoza@mail.rum
 
Qabul kunlari: Har kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha

Mehnat faoliyati

Nashirova Shaxnoza Buriyevna mehnat faoliyatini 2004-yildan Qarshi davlat 10-ixtisoslashtirilgan maktabida o‘qituvchi lavozimidan boshlagan. 2010-yildan 2014-yilga qadar Qarshi davlat universitetining ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida, 2014-yildan 2015-yilga qadar Qarshi davlat universitetining lingvistika kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida, 2015-yildan 2020-yilga qadar Qarshi davlat universitetining ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida, 2021-yildan 2023-yilga qadar Qarshi davlat universitetining  ingliz tili o‘qitish metodikasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida, 2023-yil 1-oktabrdan hozirgi vaqtga qadar Qarshi davlat universitetining Roman-german filologiyasi fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Roman-german filologiyasi fakulteti xamda Ingliz filologiyasi fakulteti birlashishi munosabati bilan universitet Ilmiy kengashining 2023-yil 17-noyabrdagi 575 X-sonli qaroriga binoan Xorijiy tillar fakultetiga o‘zgartirildi. Xozirda “Xorijiy tillar” fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 

2011-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” va 2022-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Fakultet tarixi

Qarshi davlat pedagogika institutida 1965-yilda xorijiy tillar bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash maqsadida ingliz va nemis tili ixtisosligiga talabalar qabul qilindi va chet tillar bo‘limi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining 1968-yil 4-dekabrdagi 526-sonli buyrug‘iga muvofiq mazkur bo‘lim “Chet tillar” fakultetiga aylantirildi. Qarshi davlat pedagogika institutiga 1992-yilda Universitet maqomi berilishi munosabati bilan fakultet “Xorijiy tillar” fakulteti nomi bilan yuritila boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining yangi tuzilmasida (2011-yil) Roman-german filologiyasi, 2014-yil 30-iyunda universitet fakultetlari va kafedralari yangi tuzilmasi qayta tasdiqlanishi munosabati bilan universitet Ilmiy kengashining 8-iyuldagi qaroriga binoan Xorijiy tillar fakultetiga o‘zgartirildi.Qarshi qavlat uninversitetining 2021-yil 3-noyabrdagi 646-X-sonli buyrug‘iga asosan “Xorijiy tillar” fakulteti ikkiga bo‘linib, “Roman-german filologiyasi” va “Ingliz filologiyasi” fakultetlari tashkil qilindi. Roman-german filologiyasi fakulteti xamda Ingliz filologiyasi fakulteti birlashishi munosabati bilan universitet Ilmiy kengashining 2023-yil 17-noyabrdagi 575 X-sonli qaroriga binoan Xorijiy tillar fakultetiga o‘zgartirildi. Xozirda “Xorijiy tillar” fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Asosiy vazifalari

Ingliz tili va adabiyoti bo‘yicha bilimli kadrlar tayyorlash

Bakalaviatura yo‘nalishlari

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)

Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili)

Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili)

Fakultetning iqtidorli talabalari

Karimov Ramis Ayratovich-“United States & Uzbekistan Network and International Exchange for Development (UNITED)” almashinuv dasturi g‘olibi;

Ziyodova Asal Isomiddin qizi- 2022-2023 o‘quv yilida “Yil talabasi” viloyat bosqichi g‘olibi, “Eng yosh tadbirkor talaba” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi 2-o‘rin sohibasi;

Choriyev Jaloliddin Almirzayevich, Raxmonov Zafar Baxriddin o‘g‘li–Yosh kitobxon tanlovi g‘oliblari; Husenova Shosura Toshtemir qizi - Ibrat maktabi grand sohibasi;

Amirova Aziza Furqat qizi-Ibrat maktabi grand sohibasi; Ravshanova Aziza Alisher qizi-Ibrat maktabi grand sohibasi, Erasmus dasturi grand sohibasi;

Usmonova Sabina Uchqun qizi-Erasmus dasturi grand sohibasi;

Xolmuminov Abdilaziz Ulug‘bek o‘g‘li-Erasmus dasturi grand sohibi;

Qutbiddinova Sevara Gulmurod qizi-Erasmus dasturi grand sohibasi;

Jalilov Jahongir Ravshan o‘g‘li-Milliy va belbog‘li kurash sport turi bo‘yicha viloyat chempioni

Kafedralar

Xorijiy tillar fakultetida bugungi kunda 2021-nafar talaba tahsil oladi va quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

Bakalavriat:

5111400 – Xorijiy til va adabiyoti, 

5120100- Filolgiya va tillarni o‘qitish (ingliz, nemis, fransuz tillari)

Hozirgi kunda fakultetda 107 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi, shundan 3 nafari fan nomzodi, dotsent, 21 nafari filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 86 nafar katta o‘qituvchi, assistent-o‘qituvchilardir,

Fakultet tarkibidagi kafedralar:

Lingvistika kafedrasi

Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi

Nemis tili va adabiyoti

Amaliy ingliz tili

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi

Ingliz tili o‘qitish metodikasi va amaliyoti

Fakultetlararo ingliz tili