Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi

29 March, 2023

Kafedra mudiri: pedagogika fanlari doktori. professor

http://qarshidu.uz/images/fak/pedfak/Shodiyev_R.jpg

Rizamat Davranovich Shodiyev

Telefon: (+998 98) 777-53-43

E-mail: qardu_rizamat@edu.uz

Kafedra tarixi

“Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi 1960 yilda Qarshi davlat pedagogika institutida "Boshlang‘ich ta’lim metodikasi" nomi bilan tashkil topgan. Kafedraga shu o‘tgan davrda professor M.Ochilov, professor T.G‘afforova, dotsentlar T.Rasulov, Sh.Nurullayeva,  N.Oripovalar mudirlik qilgan. 2014 yil 1 apreldan boshlab “Ijtimoy pedagogika” va “Maktabgacha ta’lim” kafedralarini optimallashtirish va tarkibiy o‘zgarishlar natijasida “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi”  kafedrasi tashkil topdi. 2018 yil oktabr oyidan boshlab kafedra “Boshlang‘ich ta’lim” nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda mazkur kafedraga pedagogika fanlari doktori, professor  R.D.Shodiyev mudirlik qilib kelmoqda.

Kafedra ravnaqiga  olimlardan  professor M. Ochilov va professor T. G‘afforovalar katta hissa qo‘shgan. Malla Ochilov 1960 yildan 2010 yilgacha kafedrada faoliyat ko‘rsatdi. Ish jarayonida unumli mehnat qilib, ustoz degan ulug‘ nomni sharaf bilan oqlab keldi. Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ko‘plab darslik, o‘quv va metodik qo‘llanmalar chop etilishiga bosh qosh bo‘ldi.

2002-2009 yillargacha kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Tal’at G‘afforova rahbarlik qildi, bu davrda ham kafedra har taraflama taraqqiy etib ilmiy salohiyati ko‘tarilib bordi.

U mudirlik qilgan yillardan  kafedra o‘qituvchilardan Sh.Nurullayeva, N.Oripova, D.Kenjayeva, Sh.Hamroyevlar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Professor T.G‘afforova rahbarlik ishlari bilan birga mamlakatimiz ta’lim sohasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “Alifbe”, “O‘qish” darsliklarini nashrdan chiqardi. Shu yillar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ham ko‘plab risolalar hamda  ilmiy maqolalar chop ettirildi.

2009-2014 yillargacha kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Nurullayeva Shaxlo O‘ktamovna rahbarlik qildi. Uning rahbarligi jarayonida ham  kafedra ko‘rsatkichlari o‘sib bordi. Bu davrga kelib kafedrada  5A111701- Boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha magistratura va 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha katta ilmiy xodim izlanuvchilar  instituti faoliyat yurita boshladi.

2014 yil iyun oyidan boshlab kafedraga  Shodiyev Rizamat Davranovich mudirlik qila boshladi.  Shodiyev Rizamat Davranovich kafedraga mudirlik qilayotgan davrdan buyon kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari yanada yuksalishi kuzatilmoqda. Bu davrga kelib, kafedrada 5A111701 - Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi  (Boshlang‘ich ta’lim) magistratura hamda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi, 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.05- Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) hamda doktorantura (DSc) faoliyat yuritmoqda.

2020 yildan buyon 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi Qarshi davlat universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02 raqamli Ilmiy Kengash faoliyat yuritmoqda.

Kafedra a’zolari asosiy shtat 17 kishini tashkil etib, 3 nafari fan doktori professor,  11 nafari nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),   dotsentlar 2 nafari katta o‘qituvchi va 1 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Ilmiy salohiyat 82 % ni tashkil etadi.

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi 5111700 – boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslik  kafedrasi hisoblanadi.

Bakalavriat:

5111700 – boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida quyidagi fanlar o‘qitiladi

Matematika

Matematika  o‘qitish metodikasi

Boshlang‘ich matematika kursi nazariyasi

Oliy matematika asoslari

Umumiy pedagogika

Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi

Tarbiyaviy ish metodikasi

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi

Xalq pedagogikasi

Kafedra a’zolari:

Shodiyev Rizamat Davranovich - p.f.d., professor

G‘afforova Tal’at G‘afforovna - p.f.n., professor

Nurullayeva Shaxlo Uktamovna –p.f.d. DSc, professor

Nabiyev Abdisalom - p.f.n., dotsent

Yoziyeva Umida Lutfullayevna – dotsent

Aslonova Orzigul Pirimovna- dotsent

Berdiyev Baxodir Ravshanovich - dotsent

Yarmanova Yulduz Buriyevna – PhD

Yo‘ldoshev Sodiq Norchayevich- dotsent

Choriyeva Feruza Amrullayevna- PhD

Yo‘ldoshev Jahongir Tilakmurodovich-  PhD

Kazakova Marhabo Qudratovna- PhD

Tirkashov Muhiddin-  katta o‘qituvchi

Ochilov Akmal Eshtemirovich- katta o‘qituvchi

Umirov Azamat Abdinazarovich- o‘qituvchi

Niyozqulov Mirjalol Baxtiyorovich- PhD

Rajabov Adxam Umarqulovich- PhD 

Kafedra qoshida “Modernizatsiyalashgan ta’lim texnalogiyalari” nomli ilmiy-metodik seminar doimiy faoliyat olib boradi

2021-2022 o‘quv yili davomida kafedra a’zolari tomonidan 6 ta darslik va 10 ta o‘quv qo‘llanmalari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muvofiqlashtirish kengashining guvohnomasiga ega bo‘linib,  nashrdan chiqarildi hamda o‘quv jarayoniga tadbiq etildi.

Shu bilan ilmiy tadqiqot ishlarini natijasi sifatida 4 ta monografiya ham chop ettirilgan.

2018 yildan buyon kafedra mudiri pedagogika fanlari doktori, professor R.D.Shodiyev ilmiy rahbarligida 2 ta fan doktori (DSc) va 10 ta pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoya qilindi. T. G‘afforova rahbarligida 1 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoya qilindi.

P.f.d., professor Sh.O‘.Nurullayeva ilmiy rahbarligida 3 ta pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoya qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 sentabrdagi Qaroriga ko‘ra kafedra mudiri R.D.Shodiyevning ta’lim sohasidagi ko‘p yillik mehnati e’tirof etilib “Shuxrat” medali bilan mukofotlandi.

Kafedra so‘nggi yillarda universitetda yetakchi o‘rinlarda faoliyat olib bormoqda.