Ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi

14-fevral 2024

Akramov Sherzod Xalmirzayevich


Ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i,
Filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 

Telefon: +998 93 152 00 82
Elektron pochta: 
 
Qabul kunlari: Har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

2006-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bakalavr yo‘nalishini, 2008-yilda magistratura mutaxassisligini, 2011-yilda esa aspirantura bosqichini tamomlagan. 2020-yilda Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti “Adabiyotshunoslik” kafedrasi o`qituvchisi, 2021-yildan Filologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2024-yil 29-yanvardan Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Bo‘lim tarixi

Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi negizida 2023-yilning 16-noyabrida universitet rektorining buyrug`iga asosan Ma`naviy-ma`rifiy ishlarni tashkil etish bo`limi qilib o`zgartirildi. Hozirda Ma`naviy-ma`rifiy ishlarni tashkil etish bo`limi deb yuritiladi.

Asosiy vazifalari

  • Talaba - yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Talaba- yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor talabalar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash;
  • talaba-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada oshirish;
  • talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlash;