Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi

16 December, 2022

Kafedra mudiri: fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Nodirov Shohruh Dilmurodovich

Telefon: (+998 90) 167-92-34

Elektron manzili: shoh0809@mail.ru

Kafedra tarixi

“Matematik analiz” kafedrasi 1982-yilda tashkil etilgan va unda f-m.f.n. E.Eshdavlatov mudirlik qilgan. 1988-yildan 1992-yilgacha  “Matematik analiz” kafedrasida dotsent N.Dilmurodov mudirlik qilgan. 1992-yilda ushbu kafedra mudirligi lavozimida dotsent J.Toshev ishlagan. Shu yili kafedra uchga bo‘linib, “Matematik analiz”, “Algebra va geometriya” hamda “Differensial tenglamalar” kafedralari tashkil etilgan. “Matematik analiz” kafedrasiga dotsent J.Toshev, “Algebra va geometriya” kafedrasiga dotsent S.Uzoqov, “Differensial tenglamalar” kafedrasiga dotsent J.Oromov mudirlik qilgan.

1995-yilda “Matematik analiz” va “Differensial tenglamalar” kafedralari birlashtirilib, “Matematik analiz”  kafedrasi deb nomlandi. Bu kafedraga 1998-yilgacha dotsent J.Toshev mudirlik qildi. 1998-yildan 2001-yilgacha “Matematik analiz” kafedrasiga dotsent J.Oromov mudirlik qildi. 2001-yil kafedra mudiri lavozimiga dotsent E.Eshdavlatov tayinlandi. 2005-yilda “Matematik analiz” va “Algebra va geometriya” kafedralar birlashtirildi va “Matematik analiz va algebra” kafedrasi tashkil etildi.  Kafedraga dotsent N.Sharipov mudirlik qila boshladi. 2008-yildan 2010-yilning iyun oyigacha ushbu kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida f-m.f.n. M.Abulov ishlagan. 2010 yildan 2014 yilgacha kafedra mudiri vazifasida f-m.f.n. A.Imomov ishladi.

2014-yil “Matematik analiz va algebra” va “Umumiy matematika” kafedralari birlashtirildi va “Matematika” kafedrasi tashkil etildi. 2014 yil sentabrdan kafedra mudiri lavozimiga f-m.f.n. E. Aliqulov saylandi. “Matematika” kafedrasi 2018-yil noyabrda “Matematik analiz va differensial tenglamalar” va ”Algebra va geometriya” kafedralariga ajratildi. “Matematik analiz va differensial tenglamalar ”kafedrasi mudiri lavozimiga f-m.f.n. E.Aliqulov tayinlandi. 2020-2022 yillar “Matematik analiz va differensial tenglamalar” kafedrasiga f.-m.f.f.d. (PhD) M.S.Rustamova rahbarlik qildi. 2022 yil sentabrdan mazkur kafedraga Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nodirov Shohruh Dilmurodovich rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra Rossiyaning Sibir Federal universiteti, Novosibirsk Davlat universiteti, Qozon Federal universitetlari bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatgan. Joriy 2022 yilda PhD.SH.Nodirov Rossiya federatsiyasining Qozon federal universiteti “Hisoblanuvchanlik nazariyasi bo‘yicha xalqaro vorkshop 2022”ga maxsus taklif asosida 20 kun malaka oshirib, u yerdagi bakalavr, magistr hamda aspirantlarga “Funksional fazolarning algoritmik holatlari” mavzusida ma’ruzalar o‘qib qaytdi (https://mathcenter.kpfu.ru/computability). Sh.Nodirov Qozon federal universiteti professor o‘qituvchilari bilan ilmiy xamkorlikni olib bormoqda.

Shu bilan bir qatorda 2022 yil 3-noyabrda, Novosibirsk davlat universitetidan tashrif buyurgan f.-m.f.n. O.A.Danilov bilan matematika hamda amaliy matematika yo‘nalishlari talabalari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Ucharashuvda talabalarga Novosibirsk davlat universitetining matematik salohiyati hamda Karshi davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalari doirasidagi imkoniyatlar haqida aytib o‘tildi. Talabalarga Novosibirsk davlat universitetda magistratura va aspiranturada o‘qishga kirish imkoniyatlari haqida tanishtirib o‘tildi.

2019 yildan buyon Novosibirsk davlat universitetga 14 ta bitiruvchilarimizni magistraturada o‘qish uchun jo‘natildi, shulardan 2 tasi magistraturani tamomlagach, kafedramizga tegishli yo‘nalish bo‘yicha Novosibirsk davlat universitetida, aspiranturada tahsil olmoqda. 2022 yilda 4 ta bitiruvchi talabalarimiz Novosibirsk davlat universitetiga magistraturada grant asosida tahsil olish uchun yuborildi.

Kafedra a’zolari 60540100-Matematika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha barcha matematik va ixtisoslik fanlaridan, qolaversa boshqa ta’lim yo‘nalishlarida matematikaga oid fanlardan dars mashg‘o‘lotlarini olib boradi.

Bakalavriatura yo‘nalishlarida o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati:

Matematik analiz;

Differensial tenglamalar;

Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi;

Funksional analiz;

Differensial tenglamalar va matematik fizika;

Matematika fizika tenglamalari;

Operatorlar nazariyasi;

Analizning tanlangan boblari;

KO‘FNning geometrik prinsiplari;

Matematik fizika tenglamalarining tanlangan boblari;

Matematik fizika usullari;

Oliy matematika;

O‘rta maktablar uchun olimpiada masalalari;

Elementar matematika;

Gibbs o‘lchovlari.

Magistratura

Kafedraga tegishli 70540101-Matematika yo‘nalishida 18 nafar magistratura talabalari matematik analiz hamda differensial tenglamalar yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishmoqda.

Magistraturada o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati:

O‘lchovlar va integrallar nazariyasi;

Operatorlar nazariyasi;

Matematik fizikaning zamonaviy usullari;

Ko‘p kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi;

Garmonik analiz nazariyasi;

Ko‘pxilliklarda analiz;

Diskret dianmik sistemalar;

Stoxastik analiz nazariyasi;

Integral tenglamalar nazariyasi;

Yuklangan differensial tenglamalar va ularning tadbiqlari;

Matematik-fizikaning zamonaviy usullari;

Aralash tipdagi tenglamalar uchun masalalar;

Matematik fizikaning teskari masalalari;

Differensial operatorning spekral nazaryasi.

Kafedra a’zolari

Hozirgi vaqtda kafedrada jami 11 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan 1 nafari fan doktori, 1 nafari fan nomzodi va 2 nafari fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd).

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

f.-m.f.d., professor            Eshkabilov Yusup Xolbayevich

f-m.f.f.d.(PhD),                  Nodirov Shohruh Dilmurodovich

f-m.f.n., dotsent                Xamrayev Axror Yusupovich

f-m.f.f.d.(PhD), dotsent     Yangiboyev Zoyir Shoberdiyevich

o‘qituvchi                          Jumayev Jaxongir Nafasovich

o‘qituvchi                          Xalilov Akbar Zamirovich

o‘qituvchi                          Shoimov Baxodir Sayfullo o‘g‘li

stajer o‘qituvchi                Dusanova Umida Xomid qizi

stajer o‘qituvchi                Nuraliyeva Navbaxor Shaymardon qizi

stajer o‘qituvchi                Istamov Jahongir Ziyodulla o‘g‘li

stajer o‘qituvchi                Toshqulova Dilshoda Adxam qizi

kabinet mudiri                   Urakova Dilnoza Klichovna 

Doktorantura

Kafedrada 01.01.01-matematik analiz ixtisosligi bo‘yicha 2 nafar, 01.01.02 – differensial tenglamalar va matematik fizika  bo‘yicha 1 nafar  tayanch doktorant tahsil olmoqda.

1. D.J.Qulto‘rayev, ilmiy rahbari f.-m.f.d., professor, Y.X.Eshkabilov;

2. B.S.Baratov, ilmiy rahbari f.-m.f.d., professor, Y.X.Eshkabilov;

3. A.M.Raximov, ilmiy rahbari f.-m.f.d., professor, X.Imomnazarov;

Shuningdek, xozirda kafedrada 2 nafar stajyor tadqiqotchi tahsil olmoqda.

1. Sh.B.Yusupova, ilmiy rahbari f.-m.f.d., professor, N.Jabborov;

2. A.H.Muqumov, ilmiy rahbari f.-m.f.d., professor, X.Imomnazarov;

Ilmiy kengash:

2020 yilda Qarshi davlat universiteti huzurida  kafedraning asosiiiy yo‘nalishlari bo‘lgan 01.01.01 – matematik analiz, 01.01.02 – differensial tenglamalar va matematik fizika  ixtisosligi bo‘yicha Ixtisoslashgan PhD.03/30.06.2020.FM.70.04 raqamli ilmiy kengash  o‘z faoliyatini boshladi. Ilmiy kengash hamda seminar tarkibi asosan kafedra a’zolaridan tashkil topgan bo‘lib, ushbu ilmiy kengashda 2021 yili 5 ta talabgor 01.01.01 – matematik analiz ixtisosligi bo‘yicha, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktorlik ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiyalarini muvafaqqiyatli himoya qilishdi. 

Ilmiy yo‘nalishlar:

1. Kompleks analizda integral formulalar va ko‘p o‘lchovli qoldiqlar.

2. Uzluksiz va diskret vaqtli dinamik sistemalar.

3. Matematik fizika tenglamalari uchun to‘g‘ri va teskari masalalar.

4. Gibbs o‘lchovlari xamda nochiziqli operatorlarning qo‘zg‘almas nuqtalari. 

Seminar va to‘garaklar:

Kafedra qoshida haftaning har payshanba kuni, soat 1:30, 115-xonada prof. Y.X.Eshkabilov raxbarligida “Matematika va uni o‘qitishning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy seminar faoliyat ko‘rsatadi. Seminarda dolzarb mavzular bo‘yicha ma’ruzalar bilan bir qatorda fan doktorligi va falsafa doktorligi (PhD) bo‘yicha dissertatsiyalar muhokamalari ham o‘tkazib kelinmoqda.

Talabalar uchun “Al-Xorazmiy vorislari” nomli  to‘garak mavjud. To‘garak vaqti: har seyshanba kuni soat 14:00, 119-auditoriyada.

Ilmiy loyihalar:

Kafedrada 2017-2021 yillarda “Diskret va uzluksiz vaqtli dinamik sistemalar va qismiy integral operatorlarning spektrlari” (OT-F4-22)  mavzusida fundamental loyixa muvafaqiyatli, grant rahbari prof. Y.Eshkabilov, a’zolari prof. B.Shoimqulov, dots. E.Aliqulov, dots.A.Xamrayev, dots.O.G‘ulomov, PhD. J.Bozorov, dots.M.Rustamova, PhD.SH.Nodirov.

Ilmiy hamkorliklar:

Kafedra Rossiyaning Sibir Federal universiteti, Novosibirsk Davlat universiteti, Qozon Federal universitetlari, qolaversa O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand Davlat universiteti, Buxoro davlat universitetlarining tegishli kafedralari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Kafedra manzili: 180103, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ 17, 2-bino, 115-xona.