Geografiya kafedrasi

1-Mart 2025

Nazarov Maqsud Geldiyorovich


Geografiya kafedrasi mudiri,
geografiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
Telefon: +998 99 666-38-10
Elektron pochta: mgnkd@mail.ru
 
Qabul kunlari: Dushanba, Juma

Mehnat faoliyati

2001-2005 yy. - Qarshi davlat universiteti talabasi
2005-2006 yy. - Kasbi tumanidagi 7-o‘rta maktab o‘qituvchisi
2006-2008 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti
2008-2021 yy. - Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi o‘qituvchisi
2021 y. - h.v.   - Qarshi davlat universitetining geografiya kafedrasi mudiri

Kafedra tarixi

Geografiya kafedrasi 1969-yilda  tashkil etilgan bo‘lsada, aslida Botanika kafedrasi tarkibida A.Ro‘ziyev (1963), M.Yangiboyev (1962), R.Ahmedov(1963), I.Toirov (1964), A.Mamatov (1966), A.Najimov (1966) lar geografiya mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchilarni tayyorlashda katta xizmat qilganlar. Geografiya kafedrasiga o‘tgan davr mobaynida quyidagi professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilgan: Mamatov Abdulla – 1960-75, 1977-78-yillar; Ro‘ziyev Abdimo‘min – 1975-77-yillar; Yangiboyev Mahmud – 1978-1989-yillar; Abdullayev Suyun – 1990-94, 1999-2004-yillar; Kalonov Bahriddin – 1994-98-yillar; Erdonov Latif – 1998-2012-yillar; Jankоbilov Ilhomiddin – 2012-2015 yillar; Qurbonov Pahlavon -2015-2021 yillar; Nazarov Maqsud - 2021 yildan hozirga qadar.

Asosiy vazifalari

Geografiya kafedrasi“5140600-Geografiya”, “60530400-Geografiya”, “70530201-Geografiya (o`rganish obyekti bo`yicha)”  yо‘nalishlari bo`yicha mutaxassis tayyorlovchi kafedra hisoblanadi. 

O‘qitiladigan fanlar

• Tabiyot va geografiya о‘qitish metodikasi
• Umumiy tabiiy geografiya
• Gidrologiya va iqlimshunoslik
• Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
• Geomorfologiya va geologiya asoslari
• Topografiya, kartografiya va GIS
• Shaharlar geografiyasi va geourbanistika
• Tuproqlar geografiyasi
• Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
• O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi
• Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
• Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
• O‘zbekiston  geografiyasi
• Landshaftshunoslik
• Jahon geografiyasi
• Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
• Qashqadaryo geografiyasi
• Geoekologiya va landshaft ekologiyasi
• Biogeografiya
• Toponimika
• O‘lkashunoslik
• Geografiyaning asosiy muammolari 
• Turizm va rekreatsion geografiya
• Transport, sanoat va qishloq xo`jalik geografiyasi

Ilmiy ishlar

Kafedrada 13,75 shtat birligida 15 nafar professor-o‘qituvchilar ( fan nomzodi, dotsent,  katta o‘qituvchi, o‘qituvchilar) faoliyat olib borishadi. Kafedraning ilmiy salohiyati 60 % ni tashkil etadi.О‘zbekiston janubida о‘ziga xos ilmiy geografiya maktabi sifatida kafedraning faoliyati quyidagi ikki yо‘nalishda amalga oshirilmoqda. 
 1. Janubiy О‘zbekiston tabiatidan foydalanishning geografik-ekologik jihatlari 
 2.О‘rta maktab, litsey va oliy о‘quv yurtlarida geografiya ta’limini takomillashtirishning ilmiy-uslubiy masalalari  
Mazkur yо‘nalishlar bо‘yicha kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan hozirgа qadar  “Rekreatsion geografiya” (2015), “Geografiyadan malakaviy o‘quv dala amaliyoti” (2016), “Umumiy yer bilimidan labaratoriya mashg`ulotlari” (2017), “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasidan amaliy mashg`ulotlar”(2019), “Janubiy O`zbekistonda urbanizatsiya jarayonlari”(2019), “Janubiy O`zbekiston qishloq xo`jalik geografiyasi”(2020), “Qashqadaryo havzasining antropogen landshaftlari va ularning geoekologik holati” (2020), “Geografiyada masala va mashqlar”(2020), “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyadan mavzulashtirilgan testlar to`plami”(2020), “Qashqadaryo viloyati toponimlari”(2021), “Jahon mamlakatlari nomlarining geografik va toponimik asoslari”(2021), “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasidan amaliy mashg`ulotlar”(2021), “Umumiy gidrologiya fanidan amaliy mashg`ulotlar”(2021), “Qashqadaryo viloyati tabiiy geografiyasidan amaliy mashg’ulotlar”(2022), Jahon geografiyasi (O`rta osiyo tabiiy geografiyasi) (2024), Turizm geografiyasi (2024), Tuproqlar geografiyasi (2024), Jahon xo`jaligi geografiyasi (2024), Mamlakatshunoslik (2024), Topografiya (2025), Topografiya, kartografiya va GAT (2025) kabi ilmiy, ilmiy metodik, ilmiy ommabop va o`quv, o`quv uslubiy qo`llanma va darsliklar nashr etildi.   2024 yil 25-26-oktabr kunlari Qarshi davlat universiteti Geografiya va agronomiya fakulteti Geografiya kafedrasi tomonidan “Zamonaviy geografiyada innovatsion g‘oyalar: Raqamli iqtisodiyot va GIS texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Tadqiqotchilar

Kafedra o`qituvchilari Murtazayev Bahrom "Qashqadaryo viloyat balandlik mintaqalarining tizimli- strukturaviy tahlili,  Murodova Dilafro`z "Qashqadaryo viloyati aholisi o`sishi va joylanishining asosiy xususiyatlari" mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Hamkorlik

Kafedra tomonidan hozirgi vaqtda Rossiyaning Oltoy davlat universiteti, Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti va boshqa respublika oliy ta`lim muassasalari bilan muntazam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu hamkorlik doirasida kafedrada professorlar A.Abdulqosimov, E.Yu.Safarov, S.B.Abbosov, M.T.Mirakmalov, dotsentlar Q.Yarashov, N.Alimqulov, M.Nazarov, X.Toshevlar, Osh davlat unversiteti professori A.G.Nizamiyev, Oltoy davlat universiteti dotsenti Y.P. Krupochkinning ma’ruzalari doimiy ravishda tashkil etiladi. Ular “5110500-Geografiya о‘qitish metodikasi” “5110500-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari”, “5140600-Geografiya” yo‘nalishi talabalariga hamda, “70530402-Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha)” magistrlariga ma’ruzalar o‘qib, magistrlik dissertatsiya ishlariga rahbarlik qiladilar

Kafedra o‘qituvchilari

• Nazarov Maqsud Geldiyorovich
• Abdullayev Suyun Ismatovich
• Erdonov Latif Nuraliyevich
• Usmonova Roxatjon Usmonovna
• Qurbonov Paxlavon Rustamovich
• Eshboyev Bekzod Tojiyevich
• Jumayev Xayrulla Hayitovich
• Murtazayev Baxrom Choriyevich
• Muqumova Husnora Ergashevna
• Murodova Dilafro‘z Sunnatovna
• Berdiqulova Muhayyo Toshtemirovna
• Navotova Dilnoza Ibragimovna
• Boymurodov Sami Mamurovich
• Xushmurodov Farrux Mirzomurodovich
• Safarov Isoq Bozor o`g`li