Musiqiy ta‘lim kafedrasi

17-Fevral 2025

Primov Rashid Toshkulovich


Musiqiy ta’lim kafedrasi mudiri,
Dotsent vazifasini bajaruvchi
Telefon: +998 97 507 45 45
Elektron pochta: primov.rt@qarshidu.uz
 
Qabul kunlari: Har kuni  9.00 - 16.00 gacha

Mehnat faoliyati

1. Primov Rashid Toshqulovich 1964-yil 2-fevralda tug‘ilgan, millati o‘zbek.
2.1988-yilda Qarshi davlat pedagogika institutining  musiqa ixtisosligini imtiyozli tugatgan hamda “Musiqa o`qituvchisi” mutaxassisligi berilgan.
3.Umumiy ish staji–34 yil. Pedagogik ish staji–34 yil. Qarshi davlat universitetidagi pedagogik ish staji – 34 yil, shu jumladan: 
-1984 -1988 yillar - Qarshi davlat pedagogika institutining  talabasi;
-1988 -1992 yillar - Qarshi davlat pedagogika institutining  musiqa kafedrasi o‘qituvchisi;
-1993-1996  yillar - Qarshi davlat universitetining musiqa nazariyasi kafedrasi  katta o‘qituvchisi;
-1996-1998  yillar - Qarshi davlat universitetining  musiqa bo‘limi boshlig‘I;
-1998-1999  yillar - Qarshi davlat universitetining  musiqa nazariyasi va ijro san’ati» kafedrasi mudiri   vazifasini bajaruvchi;
-1999-2009  yillar - Qarshi davlat universitetining  musiqa kafedrasi katta o‘qituvchisi;
-2009-2015 yillar - Qarshi davlat universitetining  musiqa ta’limi kafedrasi mudiri;
-2015- 2020 yillar - Qarshi davlat universitetining  musiqiy ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi;
-2020  yil  23 dekabrdan  Qarshi davlat universitetining musiqiy ta’limi kafedrasi kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Xalqaro musiqa ijrochiligi tanlovining laureati 

Kafedra tarixi

“Musiqa ta’limi” kafedrasi 1977 yildan tashkil topgan. Kafedraning tashkil etilishida f.f.n.dotsent Sami Aziz o‘g‘lining xizmatlari katta bo‘lgan. Uzoq yillar dotsent Sami Aziz o‘g‘li mazkur kafedrani boshqargan. Kafedrada keyingi yillarda s.f.n., prof. M.Abdukarimov, 2010-2015 yillarda katta o‘qituvchi R.Primov, 2015- 2020 yillarda M. Muradovlar kafedraga mudirlik qilganlar. 2020 yil 7 noyabrdan kafedrani katta o‘qituvchi Primov Rashid Toshkulovich boshqarib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 10 nafar professor-o‘qituvchi, 1  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent, 3 nafar dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi 3 nafar o`qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Asosiy vazifalari

Kafedra 60111300 – Musiqa ta’limi  yo‘nalishi, 60110600-Musiqa ta’limi yo‘nalishi, 60211400-Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik) yo‘nalishi va 60211500-Cholg‘u ijrochiligi  (xalq cholg‘ulari) yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis chiqaruvchi  kafedra hisoblanadi.

O‘qitiladigan fanlar

Musiqa  nazariyasi. Solfedjio
Musiqa tarixi
Vokal ijrochiligi
Maktabgacha ta`limda musiqa o`qitish metodikasi
Cholg`u ijrochiligi
An`anaviy xonandalik
Musiqa o`qitish metodikasi. Maktab repertuari
Xalq cholg`ularida o`qitish uslubiyoti
Maqom asoslari
Polifiniya
Dirijyorlik
Cholg'u sozlarini o'rganish 
Ijrochilik san`ati tarixi
Xalq cholg`ularida o`qitish uslubiyoti
Ansambl sinfi (xalq cholg`ulari)
O`zbek maqomi tarixi va  nazariyasi
Maqom xonandaligi asoslari
Maqom yakka xonandaligi
Xalq musiqa ijodi
Fortepiano
Garmoniya 
Musiqa asarlari tahlili
Ansambl sinfi (an`anaviy xonandalik)
O`zbek musiqa tarixi
Sharq xalqlari musiqasi tarixi
An`anaviy xonandalik o`qitish uslubiyoti
Ansambl bilan ishlash uslubiyoti
Musiqiy pedagogika va psixologiya
Ovozni yo`lga qo`yish

Ilmiy ishlar

Kafedrada asosan quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda tadqiqot ishlari olib boriladi:
Musiqa ta’limiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar.
Musiqa san’ati fanlarini o‘qitishning ilmiy metodik asoslari.
Mazkur ilmiy yo‘nalishlarda Pedogogika fanlari falsafa doktori (PhD) dotsent M.Kurbanova rahbarligida tadqiqot ishlari olib boriladi.

Tadqiqotchilar

Kafedra o‘qituvchisi Babanazarova Gulruh Yunusovna O‘zbekiston davlat konsertvatoriyasida  mustaqil izlanuvchi  hisoblanib, 17.00.02 – musiqa san’ati ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek baxshchilik san’atida talqin masalalari xususida (Qashqadaryo baxshichilik maktablari  misolida )” mavzusida San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajasi olish uchun ilmiy ish olib bormoqda. Kafedra o‘qituvchisi Abdullaev Ravshan Sheralievich Pedagogika kafedrasida mustaqil tadqiqotchi hisoblanib 13.0.02 - ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi  ixtisosligi bo‘yicha “Ritmik cholg‘ularni o‘rganishda metroritmik ko‘nikmalarni shakllantirish”  mavzusida  Pedogogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy ish olib bormoqda. Abdullaev Dostonbek Inom o‘g‘li  San’atshunoslik instituti tayanch doktoranti hisoblanib, 17.00.02 – musiqa san’ati ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek musiqa madaniyatida qashqar rubobi cholg‘usi ijrochilik an’analari” mavzusida San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun ilmiy ish olib bormoqda.

Hamkorlik

Musiqiy ta’lim kafedrasi Rossiyaning Nijnevartovsk davlat universiteti hamda  Tojikistonning Panjikent shahridagi Tojik pedagogika instituti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Mazkur oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari mavjud

Kafedra o‘qituvchilari

Qurbonova Mohigul Shoniyozovna
Pirnazarov Laziz Qahramonovich
Azizov Fayoz Samiyevich
Xadjaniyazov Islambay Atabayevich
Sohibov Asadullo Ibrogimovich
Abdullayev Doston Inom o`g`li
Abdullayev Ravshan Sheraliyevich
Babanazarova Gulruh Yunusovna
Boboyev Omonxon Muhammadiyevich