Pedagogika

17-fevral 2024

Yuldoshev Ismoil Abriyevich


Fakultet dekani,
p.f.f.d. (PhD), dotsent
Telefon: +998 90 187-76-52
Elektron pochta: yuldoshevi1983@gmail.com
 
Qabul kunlari: Har kuni 14:00-16:00 (dushanba va shanbadan tashqari)

Mehnat faoliyati

Yuldoshev Ismoil Abriyevich 1983-yilda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug‘ilgan.
2000-2006-yilda Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakultetining “Amaliy matematika va informatika” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va “Informatika”  mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan, 2006-2017-yillarda Qarshi davlat universiteti “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi assistenti, 2018-2020-yillarda Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2020-2021- yillarda Qarshi davlat universiteti “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri va 2021-yil may oyidan Qarshi davlat universiteti Pedagogika fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib bormoqda.
2019-yil pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori bo‘yicha dissertatsiya yoqlagan va pedagogika fanlari PhD ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. 2021-yil dotsent ilmiy unvonini olgan. Hozirda “Axborot texnologiyalari asosida pedagogik diagnostika dasturiy ta’minotini yaratish va joriy etish konsepsiyasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Shuningdek,  rahbarligi ostida magistrlik dissertatsiyalari va 10 dan ortiq bitiruv malakaviy ishlari muvaffaqiyatli himoya qilingan. 1 ta monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta elektron darslik, 80 dan ortiq ilmiy (xorijiy va respublika miqyosida) maqola va tezislar muallifi.

Fakultet tarixi

1956-yildan Tarix-filologiya fakulteti qoshida Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim bo‘limi sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagan. 1960-yildan Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim fakulteti, 2014-yildan boshlab Pedagogika fakulteti deb yuritilgan. 2018-yilda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Pedagogika fakulteti tarkibidan alohida bo‘lib ajralib chiqdi. 2020-yildan Pedagogika fakulteti deb nomlangan.

Asosiy vazifalari

Fakultetda o‘quv jarayonini tashkil etish va ta’minlash;
Ta’limning barcha masalalari bo‘yicha talabalarga axborot xizmati ko‘rsatish va tushuntirish ishlarini olib borish;
Fakultet bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash va farmoyishlar chiqarish;
Yuqori tashkilotlarning ko‘rsatmalariga asosan fakultet bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash;
Talabalar faoliyatiga oid ma’lumotlarni yuritish, to‘plash, saqlash va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
Talabalar kontingenti monitoringini olib borish;
Talabalik guvohnomalarini rasmiylashtirish va talabalarga yetkazish;
Baholash daftarchalarini rasmiylashtirish, talabalar o‘zlashtirish natijalarini qayd etib borilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va ularni saqlash;
Baholash qaydnomalarini rasmiylashtirish, ularning o‘rnatilgan tartibda to‘ldirilishini nazorat qilish va saqlash;
Semestr natijalarini umumlashtirish, hisobotlarni tayyorlash va o‘rnatilgan tartibda Oliy ta’lim muassasa o‘quv-uslubiy boshqarmasiga taqdim etish;
Semestr natijalari va stipendiya komissiyasi qaroriga asosan talabalarga stipendiyalar belgilash va ularni kursdan kursga o‘tkazish xususidagi buyruq loyihalarini tayyorlash;
Bitiruvchi bakalavr va magistr talabalarning talabalik guvohnomasi, reyting daftarchasi, o‘quv va shaxsiy varaqalarini OTM talabalar bo‘limiga o‘rnatilgan tartibda topshirish;
Bitiruvchi talabalarga tegishli buyruqlar ijrosini ta’minlash.

Bakalaviatura yo‘nalishlari

Boshlang‘ich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Texnologik ta’lim
Chaqiriqgacha harbiy ta’lim
Pedagogika va psixoliya
Amaliy psixologiya 
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi

Magistratura mutaxassisliklari

Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha),
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi

Fakultetning iqtidorli talabalari

Hozirda fakultetda 10dan oshiq iqtidorli talabalar mavjud. Ular tomonidan davlat stipendiant sohiblari, "Zakovat" intellektual o‘yini ishtirokchilari, turli innovatsion loyihalar va "Yosh kitobxon" tanlovi va xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari va g‘oliblari mavjud. Bularga fakultetning qo‘yidagi iqtidorli talabalarini keltirib o‘tish mumkin:
Ismoilov Vohid Zoxid o‘g‘li
Nazarov Toxir Xusniddin o‘g‘li
Botirova Mohinur Amin qizi
Mardonova Fotima Nabijon qizi
Tashturdiyeva Qutlugnigor Dustmurod qizi
Zaytseva Angelina Georgiyevna
Yusupova Surayyo Abdusalim qizi
Sharkova Aleksandra Valeriyevna
Qo‘ziboyeva E’zoza To‘lqin qizi
Jumaqulova Muxlisa Amiroli qizi
Cattorova Fotima Sanjar qizi
Eshpo‘latova Marvarid

Kafedralar

Texnologik ta‘lim kafedrasi

Boshlang`ich ta`lim kafedrasi

Maktabgacha ta’lim kafedrasi

Pedagogika kafedrasi

Psixologiya kafedrasi