Pedagogika kafedrasi

25-may 2024

Karaxonova Oysara Yuldoshevna


Pedagogika kafedrasi mudiri,
Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Telefon: 99894-334-57-57
Elektron pochta: oysarakhan1977@mail.ru
 
Qabul kunlari: Har kuni 9:00 dan 15:00 gacha

Mehnat faoliyati

1994-2000 yy. - Qarshi davlat universitetining talabasi 

2001-2003 yy. - Qarshi davlat universitetining pedagogika kafedrasi kabinet mudiri

2003-2005 yy. - Qarshi davlat universiteti magistranti 

2006-2017 yy. - Qarshi davlat universitetining pedagogika kafedrasi o'qituvchisi

2017-2021 yy. - Qarshi davlat universitetining pedagogika kafedrasi katta o'qituvchisi

2021-2022 yy.- Qarshi davlat universitetining pedagogika kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi

2022-2024 yy. - Qarshi davlat universitetining pedagogika kafedrasi dotsenti

2024 y- h.v. - Qarshi davlat universitetining pedagogika kafedrasi mudiri

Kafedra tarixi

“Pedagogika” kafedrasi 1964 yilning mart oyida Ijtimoiy gumanitar fanlar negizida tashkil topgan. Unda taniqli olimlardan professor M.Ochilov, dotsentlar N.Hamrayev, Usmonov S.I., Xoliqov D. Qultayev J.Q., Xidirova B.X., Mazitova G.X., Mazitova M.X.lar faoliyat ko‘rsatganlar.

“Pedagogika” kafedrasi quyidagi professor-o‘qituvchilar kafedra mudirligi lavozimida ishlaganlar: Tatarskaya Ideya Yefimovna (1964-1966), Baratov T.B. (1966-1970), Usmonov S.I. (1970-1972), Ochilov M.O. (1972- 1983), Xamrayev N.X. (1983-1985), Choriyev A.CH. (1985-1996; 1999- 2003), Eshmuradov E.E. (1996-1999), Fayzullayeva N.S. (2003-2006), Soxibov A.R. (2007-2013), Djumayeva N.E. (2013- 2018), Soxibov A.R. (2018-2023), Karaxonova O.Y. (2024-xozirgacha).

Kafedrada hozirgi vaqtda 3 nafar pedagogika fanlari nomzodlari, 9 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, 2 nafar assistent o‘qituvchi va 2 nafar stajyor o‘qituvchilar  faoliyat ko‘rsatmoqda. Ilmiy salohiyat 75%. “Pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari universitetning barcha fakultet va yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatadi.

Asosiy vazifalari

Kafedrada  5110900-Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha (kunduzgi, sirtki, 2-mutaxassislik) bakalavrlar tayyorlanadi.

O‘qitiladigan fanlar

1. Pedagogika

2. Umumiy pedagogika

3. Ijtimoiy pedagogika

4. Oila pedagogikasi

5. Pedagogik mahorat

6. Qiyosiy pedagogika

7. Pedagogik akmeologiya

8. Tarbiyaviy ishlar metodikasi

9. Pedagogika va psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasi

10. Xalq pedagogikasi

11. Pedagogik texnologiya

12. Maxsus pedagogika

13. Pedagogik konfliktologiya                                                                                                                                  

Ilmiy ishlar

2022 yil 15-16 dekabr kunlari Pedagogika kafedrasi tomonidan “Zamonaviy ta’limda xalq pedagogikasining o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

2022-2023 yillar davomida kafedra o‘qituvchilari Qoraxanova O., Murodova Z., Sattorova M., Berdiyeva G., Sultonov A., Radjabova L.lar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Keyingi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan qator darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar nashr etildi. Jumladan, “Pedagogik tafakkurni rivojlantirish” darsligi va o‘quv qo‘llanma Sohibova A., Murodova Z. “Umumiy pedagogika”, Karaxanova O. “Qiyosiy pedagogika”, Kurbanova A. “Qiyosiy pedagogika” o‘quv qo‘lanma, Ismoilova Y. , S.Begmatova va N.Xujayarovalar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr ettirdilar.

2023-2024 o‘quv yilida Kafedra professor-o‘qituvchilarining xalqaro va respublika miqyosida ilmiy maqolalari chop etilgan. Jumladan, ular xalqaro anjumanda 30 ta maqola, shuningdek, xalqaro ilmiy jurnallarda 25 ta maqola va milliy ilmiy jurnallarda chop etilgan 20 ta maqola bilan ishtirok etdilar. 

Tadqiqotchilar

2022 yildan 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD) va fan doktori (DSc)  bo‘yicha tadqiqotchilar ilmiy izlanish ishlarini olib bormoqdalar.

Hamkorlik

Kafedraning xalqaro va respublika OTM va ITM lar bilan hamkorligi. Kafedrada xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida quyidagi ishlar amalga oshirilgan: Volgograd Sotsial pedagogika universiteti tuzilgan shartnomaga muvofiq 2022-2023 o‘quv yilida dotsent, pedagogika fanlari nomzodi dotsent Lapp Yelena Aleksandrovna Vvedeniye v pedagogicheskuyu professiyu fanidan va Sadovski M.V Belgorod Milliy ilmiy tadqiqot universiteti dotsenti  talabalarga “Variativniye formi obrazovaniya lits  s ogranichennimi vozmojnostyami zdorovya” fanlaridan ma’ruza  va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

2024 yil aprel oyidan Turkiyaning Istanbul shahridagi Marmara universitetining Egitim Bilimlari (Ta’lim fanlari) bo‘limi boshlig‘i prof. Dr. Sibel Chingizhan bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Kafedra o‘qituvchilari

PhD, dotsent Karaxonova Oysara Yuldoshovna - kafedra mudiri
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent  Ochilova Nigora Mallayevna
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Radjabova Inobat Ravshanovna
PhD, dotsent Murodova Zulfiya Qayumovna
pedagogika fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi Eshmurodova Gulbahor Xushmurodovna
PhD, katta o‘qituvchi  Sultonov Akram Ikromovich
PhD, katta o‘qituvchi   Xalilova Habiba Mamatqulovna
PhD, katta o‘qituvchi    Qurbonova Aziza O‘ktamovna
PhD, katta o‘qituvchi  Sattorova Moxira Aminqulovna
PhD, katta o‘qituvchi  Rajabova Lola Raxmatullayevna
PhD, katta o‘qituvchi    Xo‘jayorova Nafisa Sultonmurodovna
PhD, katta o‘qituvchi  Berdiyeva Gulobod Shonazarovna
o‘qituvchi Ismoilova Yulduzxon Turayevna
o‘qituvchi  Begmatova Sevara Nematovna
o‘qituvchi  Shodmonova Zilola Bozorovna
o‘qituvchi Dovranova Oysulton Dovrankulovna