O‘zbekiston tarixi kafedrasi

9 November, 2022

Kafedra mudiri:

To‘rayeva Matluba Xoliqulovna

Telefon: (+99893) 240-23-69

Elektron manzili: m_turayeva@list.ru

“O‘zbekiston tarixi” kafedrasiga 1993-yilda asos solingan bo‘lib, 1993-1997 yillarda professor O.Jo‘raqulov, 1997-2006 yillarda dotsent N.Ismoilov, 2006-2013 yillarda prof.A.Choriyev mudirlik qildi.

2014-yilda “O‘zbekiston tarixi” va “Jahon tarixi va arxeologiya” kafedralarining qo‘shilishidan Tarix kafedrasi tashkil etildi. Qarshi davlat universiteti rektorining 2018-yil 3-dekabrdagi 565-X sonli buyrug‘iga asosan Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix kafedrasi negizida “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi qaytadan tashkil etildi.

2018-yil 3-dekabrdan 2020-yil fevralgacha t.f.n, dotsent A.Hasanov, 2020 yil mart oyidan boshlab kafedra mudiri lavozimini t.f.n, dotsent M.To‘rayeva davom ettirib kelmoqda.

“O‘zbekiston tarixi” kafedrasida 1993-yildan boshlab tarix ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli va tayanch mutaxassislik diplomini olish uchun bakalavrlar tayyorlanmoqda. Kafedrada viloyatdagi ijtimoiy rivojlanishda tarixchi mutaxassislarga nisbatan ehtiyojning ortib borayotganligini nazarda tutgan holda, sirtqi va ikkinchi oliy ta’lim yo‘nalishida ham tarixchi mutaxassislar tayyorlanib kelinmoqda.

Bundan tashqari kafedrada 5A120302 va 70220301 - Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

“O‘zbekiston tarixi” kafedrasi ixtiyoridagi magistratura mutaxassisligida O‘zbekistonda yer-suv munosabatlari tarixi, Globollashuv sharoitida O‘zbekiston va Jahon mamlakatlari hamkorligi, O‘zbekistonning XIX asr II yarmi - XX asr davri tarixi dolzarb masalalari, O‘zbekistonda elchilik munosabatlari tarixi fanlari o‘qitilib kelinmoqda.

Mazkur kafedra tomonidan 2019-yil 18-may “O‘zbekiston tarixi fani va ilmiy tadqiqotlardagi innovatsiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etishning dolzarb muammolari”, 2020-yil 28-sentabrda “Ijtimoiy-gumanitar ta’lim va yoshlarni ilmiy tadqiqltga jalb etish muammolari”, 2021 yil 4 iyun kuni “Milliy qadriyatlar, tarixiy xotira: tarixiy – ma’naviy o‘qitishning dolzarb muammolari” kabi mavzularda ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazib kelingan.

O‘zbekiston tarixi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va mehmonlar respublika konferensiyasida (2021-yil 4-iyun)

Kafedra professor-o‘qituvchilari va tarix ta’lim yo‘nalishi talabalari anjumanda (2021-yil 4-iyun)

Shuningdek, 2021-yil 27-fevral sanasidan boshlab universitet huzurida 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtissosligi bo‘yicha PhD (falsafa doktori) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/27.02.2021. tar.70.05-raqamli ilmiy kengash faoliyat olib bormoqda.

O‘zbekiston tarixi kafedrasi huzurida O‘zbekiston tarixi ixtissosligi bo‘yicha doktorantura ham mavjud bo‘lib, bugungi kunda 4 nafar (M.Mamatova, I.Jabborova, N.Ahmadova, S.Botirov) doktorant tahsil olmoqda.

O‘zbekiston tarixi kafedrasida 22 nafar professor - o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Shundan 2 nafar fan doktori, professor, 5 nafar dotsent, 1 nafar fan nomzodi va 5 tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 9 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “5120300 - Tarix (Mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida va universitetdagi barcha nomutaxassis yo‘nalishlarda quyidagi fanlar o‘qitiladi:

O‘zbekiston tarixi, Tarixiy geografiya, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, Muzeyshunoslik va arxivshunoslik, O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi, O‘zbekiston davlatchiligi tarixi, O‘rta Osiyo me’morchiligi tarixi, Tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya jarayonlari, manbashunoslik va tarixshunoslik, Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan o‘rni, Qashqadaryo vohasi tarixi, barcha nomutaxassis yo‘nalishlar uchun O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanlaridan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda. Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy ta’lim texnologiyalari va axborot texnologiyalariga asoslangan elektron o‘quv uslubiy majmualar yaratilgan. Kafedra qoshida bitta zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan ma’ruzalar zali mavjud. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv yili davomida 30 dan ortiq ma’ruza mashg‘ulotlari mazkur ma’ruzalar zalida olib boriladi.

Kafedra a’zolaridan mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchilardan 5 nafari (G‘.Karomov, K.Polvonov, Sh.Normatov, R.To‘xtayeva, A.Achilov) ilmiy ishlarini yakunlab, muvaffaqiyatli himoyani amalga oshirishdi.

Kafedra mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchilardan Normatov SHerzod Mirzayevich 2021-yil 12-iyun kuni “Ilk o‘rta asrlar davri O‘rta Osiyoning janubida migratsiya va etnomadaniy jarayonlar” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini (PhD) muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kafedra tadqiqotchisi Sh.Normatov himoya jarayonida (2021-yil 12-iyun)

Shuningdek, kafedra mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchilardan Karomov G‘ulom Hamitovich ham 2021-yil 16-iyul kuni “Turkiston ASSR, BXSR va XXSRda sog‘liqni saqlash sohasining yo‘lga qo‘yilishi” mavzusidagi mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini (PhD) muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kafedra tadqiqotchisi G‘.Karomov himoya jarayonida (2021 yil 16 iyul)

Kafedra mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchilardan Polvonov Kozim Naimovich 2021-yil 28-iyul kuni “Qashqadaryo viloyatida shaharlarning tashkil topishi va rivojlanish tarixi (1970-2016 yillarda)” mavzusidagi mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini (PhD) muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kafedra tadqiqotchisi K.Polvonov himoya jarayonida (2021-yil 28-iyul)

Kafedra mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchilardan To‘xtayeva Ra’no Norto‘xtayevna ilmiy ishlarini yakunlab, 2021-yil 4-avgust kuni “Sovet hokimiyatining pul islohotlari va O‘zbekiston aholisining ijtimoiy hayoti (1917-1970 yillar)” mavzusidagi mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini (PhD) muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kafedra tadqiqotchisi R.To‘xtayeva himoya jarayonida (2021-yil 4-avgust)

Kafedra mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchilardan Achilov Anvar Tuychiyevich ilmiy ishlarini yakunlab, Oliy Attestatsiya komissiyasi huzuridagi Ilmiy Kengashga topshirishdi. A.Achilov 2021-yil 27-avgust kuni “Buyuk ipak yo‘lida xizmat ko‘rsatish tizimi” (O‘rta Osiyo misolida) mavzusidagi mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini (PhD) muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kafedra tadqiqotchisi A.Achilov himoya jarayonida (2021-yil 27-avgust)

Kafedra mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchilardan Turayev Shuxrat Raxmanovich ilmiy ishlarini yakunlab, 2022 yil 27 mart kuni “O‘rta asr Yevropa sayyohlari asarlarida O‘rta Osiyo tarixi va madaniyatining yoritilishi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini (PhD) muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kafedra mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchilardan Mo‘minov Usmon Muhammad o‘g‘li ilmiy ishlarini yakunlab, 2022 yil 25 avgust kuni “XVIII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Qarshi shahrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini (PhD) muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kafedra tadqiqotchisi U.Mo‘minov himoya jarayonida (2021 yil 28 iyul)

Kafedra mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchilardan Ko‘charov Jamshid Qulnazarovich ilmiy ishlarini yakunlab, 2022 yil 30 mart kuni “Amir Temur va temuriylar davrida Buxoro vohasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot (XIV asrning 70-yillari – XV asr)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini (PhD) muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kafedra mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchilardan Sulaymonova Sohiba Bohodirovna ilmiy ishlarini yakunlab, 2022 yil 27 mart kuni “Sug‘d vohasida G‘arbiy Turk xoqonligining boshqaruvi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini (PhD) muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kafedra doktarant sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan va hozirgi kunda kafedra o‘qituvchilaridan biri bo‘lgan o‘qituvchilardan Mamatova Mahfuza Bahriddinovna ilmiy ishlarini yakunlab, 2021 yil 17 noyabr kuni “Chay i chayniy put v istoriyii narodov Uzbekistana” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini (PhD) muvaffaqiyatli himoya qildi.

Кафедра тадқиқотчиси М.Маматова ҳимоя жараёнида (2021 йил 28 июль)

Кафедра доктарант сифатида фаолият кўрсатиб келган ва ҳозирги кунда кафедра ўқитувчиларидан бири бўлган ўқитувчилардан Жаббарова Иқбол Хўжамуратовна илмий ишларини якунлаб, 2022 йил 23 апрель куни “Қашқадарё воҳасида янги ерларнинг ўзлаштирилиши ва суғориш тизими тарихи (ХХ асрнинг 60-80-й.й)”  мавзусидаги докторлик диссертациясини (ПҳД) муваффақиятли ҳимоя қилди.

 

Kafedra tadqiqotchisi I.Jabbarova himoya jarayonida (2022 yil 23 aprel)

Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan keng miqyosda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, keyingi yillarda kafedra a’zolari tomonidan Skopus, xorijning nufuzli jurnallari va OAK ro‘yxatidagi ilmiy jurnallarda 100 ga yaqin ilmiy maqolalar chop ettirildi.

Kafedraning professor-o‘qituvchilari, “Janubiy O‘zbekiston tarixi, arxeologiyasi va etnologiyasining dolzarb muammolari” mavzusida tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha prof. B.Eshov 2 ta darslik, dots. A.Hasanov 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, dots. M.To‘rayeva 1 ta uslubiy qshllanma, 1 ta monografiya, N.O‘roqova 3 ta monografiya, Quvvatova 1 ta monografiya, M.Qodirova 3 ta monografiya, 1 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta uslubiy ko‘rsatma, Shuhrat To‘rayev 1 ta monografiya,  Polvonov Kozimbek 1 ta monografiya, Achilov Anvar 1 ta monografiya va shu kabi o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda risolalar nashr ettirishgan. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidan kelib chiqib, kafedrada ilmiy-uslubiy seminar faoliyat ko‘rsatmoqda. Seminarni t.f.d. professor B.Eshov boshqarmoqda.

 

Kafedra qoshida “Yosh tarixchilar” to‘garagi mavjud bo‘lib, iqtidorli talabalar bilan o‘qituvchi O.Rahmonqulova ish olib bormoqda. To‘garak faoliyati talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etishga qaratilgan bo‘lib, talabalar tomonidan ilmiy rahbarlari bilan birgalikda 80 dan ortiq maqola va tezislar Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida chop etildi.

Kafedra QarDU qoshidagi Akademik litsey bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Kafedra tomonidan muntazam ravishda uslubiy qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, elektron ta’lim resurslari tayyorlanib, Akademik litseyga uslubiy yordam berilib kelinmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

1.         To‘rayeva Matluba Xoliqulovna - kafedra mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent.

2.         Eshov Bahodir Jo‘rayevich - tarix fanlari doktori, professor.

3.         Choriyev Ahmadjon Huvayevich - tarix fanlari doktori, professor.

4.         Hasanov Akrom Mo‘minovich - tarix fanlari nomzodi, dotsent.

5.         O‘roqova Nigora Salomovna - tarix fanlari nomzodi, dotsent.

6.         Quvvatova Nodira Kadirovna - tarix fanlari nomzodi, dotsent.

7.         Qodirova Mamlakat Mo‘minovna - tarix fanlari nomzodi, dotsent

8.         Nizomov Xayriddin XXX - tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.

9.         Karomov G‘ulom Xamidovich – t.f.f.d., katta o‘qituvchi.

10.       To‘xtayeva Ra’no Norto‘xtayevna –t.f.f.d., katta o‘qituvchi.

11.       Polvonov Kozim Naimovich – t.f.f.d., katta o‘qituvchi.

12. Jabbarova Iqbol Xo‘jamuratovna - t.f.f.d., katta o‘qituvchi.

13.       Ko‘charov Jamshid Qulnazarovich - t.f.f.d., o‘qituvchi.

14.       To‘rayev Shuhrat Raxmonovich - t.f.f.d.,o‘qituvchi.

15. Mamatova Mahfuza Bahriddinovna - t.f.f.d.,o‘qituvchi.

16.   Sulaymonova Sohiba Bohodirovna - t.f.f.d.,o‘qituvchi.

17       Mo‘minov Usmon Muhamad o‘g‘li - t.f.f.d.,o‘qituvchi.

18.       Karimov Bahrom Djalolovich- o‘qituvchi.

19. Qo‘ldoshev Husan Shaharovich - o‘qituvchi.

20.       Rahmonqulova Oksana Aliqulovna - o‘qituvchi.

21.       Saidov Farrux Soibovich – o‘qituvchi.

22. Mallayeva Feruza Rajabovna - o‘qituvchi.

23. O‘ralov G‘aybulla Aliqulovich – stajyor-o‘qituvchi

24. Oripova Laylo Zafar qizi – stajyor-o‘qituvchi

25. Rasulova Matluba Abdumo‘min qizi – stajyor-o‘qituvchi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 29/09-sonli qaroriga muvofiq, hamkorlik doirasida Panjikent shahridagi Tojikiston pedagogika instituti professori Voxidov Shodmon Xusenovich 2022-2023 o‘quv yilida Tarix ta’lim yo‘nalishi bakalavr hamda magistratura bosqichi talabalari bilan dars mashg‘ulotlarini olib borishlari rejalashtirilgan.