Umumiy fizika kafedrasi

24-Fevral 2025

Qo‘yliyev Bahron To‘xliyevich


Umumiy fizika kafedrasi mudiri,
Fizika-matematika fanlari nomzodi, professor
Telefon: +998 97 723 70 31
Elektron pochta: bahromq@rambler.ru
 
Qabul kunlari:  Har kuni  soat 15:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

Qo‘yliyev Bahrom To‘xliyevich – Molekulyar spektroskopiya sohasidagi olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor. Optika, molekulyar optika, kombinatsion sochilish spektroskopiyasi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Mazkur yo‘nalishda uning 90 dan ortiq ilmiy ishlari, shu jumladan 7 ta ishi Scopus bazasidagi jurnallarda nashr etilgan. 2023-yildan buyon Qarshi davlat universiteti “Umumiy fizika” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Optika nomli darsligi va bir nechta o‘quv qo‘llanmalari nashr etilgan.

Kafedra tarixi

2021 yilda «Umumiy fizika» kafedrasi tashkil topgan. Kafedrada 2 ta professor, 3 ta fan nomzodi, dotsent, 2 ta katta o‘qituvchi, 2 ta assistent o‘qituvchi va 3 ta tayanch doktorant faoliyat ko‘rsatmoqda. Ilmiy salohiyat – 50 %. «Umumiy fizika» kafedrasi 60530500 -  Fizika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis chiqaruvchi kafedra hisoblanadi.  Kafedrada «70530501 -  Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha: optika, magnitooptika, molekulyar optika)» mutaxassisligi bo‘yicha magistratura mavjud. 

Asosiy vazifalari

Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida ta’lim texnologiyalari yaratilgan. Kafedra qoshida ikkita zamonaviy axborot-kommunikatsiya va multimedia vositalari bilan jihozlangan ma’ruzalar zali mavjud. Kafedraga hozirgi kunda Qo‘yliyev Baxrom To‘xliyevich rahbarlik qilmoqda. Kafedrada ilmiy salohiyatni oshirish uchun barcha yosh o‘qituvchilar tajribali o‘qituvchilarga biriktirilgan. 5 nafar o‘qituvchi doktorlik PhD ilmiy ishi ustida ishlamoqda. Kafedra qoshida ilmiy seminar faoliyat ko‘rsatadi. Kafedra O‘zR FA Astronomiya instituti, Samarqand davlat  universitetining Muhandislik fizikasi instituti  “Optika va spektroskopiya” kafedrasi, O‘zbekiston Milliy universitetining "Fotonika" kafedrasi, Ion-plazma va lazer texnologiyasi va ko‘pgina respublikamizdagi oliy o‘quv  yurtlari bilan hamkorlik asosida faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari kafedraning MDH mamlakatlari Oliy  o‘quv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalari ham mavjud. Kafedra professor-o‘qituvchilari Sankt-Peterburg universiteti, Kiyev Milliy universitetlari professorlari bilan hamkorlikda maqolalar chop ettirishmoqda va tashrif buyurishib darslar o‘tmoqda. 2024-2025 o‘quv yilida Kiyev Milliy universiteti professori I.Y.Doroshenka hamda dotsentlar A.P.Naumenko, V.S.Kudryalar ZOOM platformasi orqali talabalarga va yosh olimlarga ma’ruzalar o‘qishmoqda.

O‘qitiladigan fanlar

Mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika, atom fizikasi, lazer fizikasi, molekulyar spektroskopiya, molekulyar optika, energetik resurslar fizikasi, spektroskopiya asoslari va fizikaning zamonaviy tadqiqot usullari

Ilmiy ishlar

Molekulyar spektroskopiya

Tadqiqotchilar

Umarova Saida, Xo‘jamberdiyeva Jamila, Salomov Umid, Nekboyev Asqar, Botirov Hayot, Qurbonova Nafisa

Hamkorlik

·        O‘zRFA  U.A.Arifov nomidagi Ion-  plazma va lazer texnologiyalari instituti 
·        Kiyev milliy universiteti  
·        O‘zbekiston milliy universiteti
·        Samarqand davlat universiteti
·        Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
·        Talimarjon IES AJ
·        Muborak gazni qayta ishlash zavodi AJ
·        Dehqonobod kaliy zavodi AJ

Kafedra o‘qituvchilari

Qo‘yliyev Baxrom To‘xliyevich
Xayriddinov Botir Egamberdiyevich
Uzoqova Gulnoza Saydullayevna
Umarova Saida O‘roqovna
Xo‘jamberdiyeva  Jamila Norqobilovna

Botirov Hayot Zokir o’g’li

Dilmurodov Shavkat Dilmurod o‘g‘li
Meyliyev Laziz Orziqulovich
Turdiyev O‘ral Ibragimovich
Salomov Umid Erkinovich
Nekboyev Asqar Abduvali o‘g‘li
Erkinova Dinora Abdulhamid qizi

Qurbonova Nafisa Ilhom qizi

2024-yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirilgan o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlari:

Xalqaro ilmiy jurnallaridagi (OAK ro‘yxatidagi) ilmiy maqolalar – 13 ta, Respublika ilmiy jurnallaridagi (OAK ro‘yxatidagi) ilmiy maqolalar – 18 ta,  Scopus va Web of Science bazasidagi ilmiy jurnallardagi ilmiy maqolalar – 5ta, Darslik – 1ta, o‘quv qo‘llanma – 2 ta nashr etildi. Bir dona patent va 5 dona DGU mualliflik guvohnomalari olindi. Uch nafar xorijlik professor-o‘qituvchilar dars o‘tish jarayoniga jalb etildi. Bir dona dotsentlik ilmiy unvoni olindi. Bir nafar professor-o‘qituvchi xorijda malaka oshirdi. Kafedrada iqtidorli talabalar guruhi mavjud. Kafedrada fan to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda. Davlat granti uchun ariza berildi. Talabalarimizdan Allanazarova Sarvinoz va Xoliyorova Ezoza Ulug‘bek nomli davlat stependiyasi g‘olibi bo‘lishdi. Xo‘jalik shartnomasi asosida 16 million so‘m topildi. 2025 yilda kafedrada 1 nafar tayanch-doktorant PhD ilmiy ishini himoya qilish rejalashtirilgan.