![]() |
Imomov A’zam AbduraximovichAlgebra va geometriyakafedrasi mudiri,
|
Imomov A’zam Abduraximovich ‒ Matematik, ehtimollar nazariyasi sohasidagi olim, fizika-matematika fanlari doktori. Ilmiy tadqiqotlari Markov tasodifiy tarmoqlanuvchi jarayonlari zamonaviy modellarining asimptotik strukturasi hamda regulyar о‘zgaruvchi funksiyalarning stoxastik analizdagi tatbiqlari bо‘yicha tadqiqotlar olib boradi. Mazkur yо‘nalishlarda uning 100 dan ortiq ilmiy ishlari, shu jumladan 23 ta ishi Scopus bazasidagi jurnallarda chop etilgan. 2019 yildan buyon Qarshi davlat universiteti “Algebra va geometriya” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
“Matematik analiz” kafedrasi 1982 yilda tashkil etilib, unda f.-m.f.n. E.Eshdavlatov mudirlik vazifasini bajara boshladi.
1988 yilda 1992 yilgacha “Matematik analiz” kafedrasida dotsent N.Dilmurodov mudirlik qilgan. 1992 yilda ushbu kafedra mudirligi lavozimida dotsent J.Toshev ishlagan. Shu yili kafedra uchga bо‘linib, “Matematik analiz”, “Algebra va geometriya” hamda “Differensial tenglamalar” kafedralari tashkil etilgan. “Matematik analiz” kafedrasiga dotsent J.Toshev, “Algebra va geometriya” kafedrasiga dotsent S.Uzoqov, “Differensial tenglamalar” kafedrasiga dotsent J.Oromov mudirlik qilgan.
1995 yilda “Matematik analiz” va “Differensial tenglamalar” kafedralari birlashtirilib, “Matematik analiz” kafedrasi deb nomlandi. Bu kafedraga 1998 yilgacha dotsent J.Toshev mudirlik qildi.
1998 yildan 2001 yilgacha “Matematik analiz” kafedrasiga dotsent J.Oromov mudirlik qildi. 2001 yil kafedra mudiri lavozimiga dotsent E.Eshdavlatov tayinlandi.
2005 yilda “Matematik analiz” va “Algebra va geometriya” kafedralar birlashtirildi va “Matematik analiz va algebra” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedraga dotsent N.Sharipov mudirlik qila boshlagan.
2010–2014 yillarda “Matematik analiz va algebra” kafedrasi mudiri lavozimga f.-m.f.n. A.Imomov faoliyat ko’rsatgan. O’sha davrda kafedrada Rossiya, Ukraina, Germaniya, Vengriya, AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Ispaniya va Malayziya davlatlari universitet va ilmiy markazlari bilan ilmiy va ta’lim sohasida muntazam aloqalar davom etgan. Bu hamkorliklar doirasida kafedra a’zolari Vengriya, Rossiya, Ukraina, Buyuk Britaniya davlatlarida qisqa muddatli safarlarda bo’lishgan.
Kafedramiz ilmiy hamkorliklardan tashqari Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturi doirasida ham muayyan natijalarga erishgan. Xususan, 2011–2013 yillarda A.Imomov Buyuk Britaniya, Litva, Gretsiya va О‘zbekiston universitetlari hamkorligidagi “Enhancement of Quality Assurance System through professional development of academic leaders” loyihasining Qarshi DU bо‘yicha koordinatori bo’lgan. Kafedra tashabbusi bilan 2013 yilda universitetda “Ta’lim sifatini ta’minlash markazi” tashkil etilgan.
2014-yil “Matematik analiz va algebra” va “Umumiy matematika” kafedralari birlashtirildi va “Matematika” kafedrasi tashkil etildi. 2014-yil sentabridan 2018-yil 1-noyabrgacha ushbu kafedrada mudir lavozimida f-m.f.n. E. Aliqulov ishladi.
2018-yil 1-noyabrdan “Matematika” kafedrasi negizida “Matematik analiz va differensial tenglamalar” kafedrasi hamda “Algebra va geometriya” kafedralari tashkil etildi.
2018-yil 1-noyabrdan “Algebra va geometriya” kafedrasi mudiri vazifasini f-m.f.n. A. Imomov bajarib kelmoqda.
Kafedra qoshida “Matematika va uni о‘qitishning dolzarb muammolari” nomli ilmiy seminar faoliyat kо‘rsatadi.
Universitet va kafedra Nizomining aniq bajarilishini ta’minlash; kafedra to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bo‘limga yuklangan vazifalarning bajarilishini va vazifalariga erishishni ta’minlash; amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqarma faoliyatini boshqarish va boshqarish; Kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha kafedra faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hamda kafedrani rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli rejaning amalga oshirilishini ta’minlash, shu jumladan o‘quv va ilmiy ishlanmalar, uslubiy va moddiy-texnik ta’minlash hamda kafedrada kadrlar zahirasini tashkil etish masalalari. Darsliklar, o‘quv va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bo‘yicha xulosalar tuzilishini ta’minlash. Kafedraning o‘quv qo‘llanmalari, ko‘rgazmali qurollari va o‘quv-metodik qo‘llanmalarini tayyorlash borasidagi ishlarni tashkil etish va bevosita ishtirok etish; Kafedraning o‘quv rejalari va fanlari bo‘yicha, fakultet va universitetning boshqa kafedralarining o‘quv rejalari bo‘yicha xulosalar tayyorlash; Kafedra ish rejalarini va kafedra professor-o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalarini fakultet dekaniga (institut direktoriga) tasdiqlash uchun taqdim etish; Kafedrada o‘quv jarayonini tashkil etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, zamonaviy fan va texnika talablarini hisobga olgan holda mutaxassislar tayyorlash sifatini doimiy ravishda oshirish; Kafedra xodimlari tomonidan talabalarning muvaffaqiyatini doimiy nazorat qilish va oraliq attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom, universitetda o‘quv jarayonini tashkil etishni tartibga soluvchi boshqa mahalliy hujjatlarning aniq bajarilishini tashkil etish; Attestatsiyadan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan “Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlari” bo‘limidagi ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash; O‘quv va kasbiy dasturlar, o‘quv rejalari, malaka oshirish kurslari dasturlarini yaratish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlarda ishtirok etish; Kafedra fanlari bo‘yicha ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, ishchi o‘quv dasturlari davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash; Belgilangan talablar asosida oraliq attestatsiyadan o‘tkazish, o‘zlashtirishning doimiy monitoringi, talabalarni yakuniy attestatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlash, ularning natijalarini tahlil qilish va kafedra majlislarida hisobot berish; Kurs va diplom ishlari bilan tanishish, o‘qitish va ishlab chiqarish hamda boshqa turdagi ishlar ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
Bakalavriatura yo‘nalishlarida o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati:
1. Ehtimollar nazaryasi va matematik statistika
2. Algebra
3. Analitik geometriya
4. Differensial geometriya va topologiya
5. Matematika o`qitish metodikasi
6. Diskret matematika va matematik mantiq
7. Matematika tarixi
8. Chiziqli algebra va analitik geometriya
9. Amaliy matematika
10. Oliy matematika
Magistratura yo‘nalishlarida o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati:
1. Gomologiyalar nazariyasi
2. Tasodifiy miqdorlar uchun limit teoremalar
3. Tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlar
4. Regulyar o`zgaruvchi funksiyalar
2022-2023 yillar davomida kafedra a’zolari tomonidan Scopus, Web of Science bazalarida 11 ta maqola, 4 ta о‘quv qо‘llanma, chop etildi. Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalarida indeksatsiyalangan jurnallarda 25dan ortiq, OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda 10 dan ortiq chop ettirildi. 2022 yil oktabr oyida Tomsk Davlat universiteti bilan hamkorlikda «Informatsionniye Texnologii i Matematicheskoye Modelirovaniye» (ITMM – 2022) xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Kafedrada 2022 yildan buyon 01.01.05-"Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika" mutaxassisligi bo‘yicha tayanch doktorantura faoliyatini yuritmoqda. Hozirda 1 nafar doktorant tahsil olmoqda.
Kafedra Tomsk Davlat universiteti, Tbilisi Davlat universiteti, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi boshqaruv tizimlari institutш, Sibir Federal universiteti, Novosibirsk Davlat universiteti, Qozon Federal universitetlari, Respublikamizdagi FA Matematika institute va yetakchi OTMlarining kafedralari bilan hamkorlik aloqalarini о‘rnatgan.
Imomov A’zam Abduraximovich - kafedra mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent
Sharapova Muhabbat Arapovna - professor
Abdurahmonov Abdumo‘min - pedagogika fanlari nomzodi, professor v.b.
Shodiyev Sa’dulla Yusupovich - dotsent
Abdiraxmonova Ra’no Eshqobilovna - katta o‘qituvchi
Okbayeva Nilufar Urakovna - v.b dotsent
Jo‘rayeva Muhayyo Ne’matillayeva - katta o‘qituvchi
Tuxtayev Erkin Egamberdiyevich - o‘qituvchi
Meyliyev Abror Xo‘janazarovich - o‘qituvchi
Temirov Sherali O‘rol o‘g‘li - o‘qituvchi
Xurramov Oybek Shermamat o‘g‘li - o‘qituvchi
Ibroximova Yorqinoy Erkin qizi - o‘qituvchi
Saidov Sardor Soxib o`g`li - o`qituvchi
Ro`ziboyeva Oqila Shonazar qizi - o`qituvchi
Xolmonov Jaxongir Jobir o`g`li - o`qituvchi
O`ralova Mohinur Fayzulla qizi - o`qituvchi