![]() |
Yuldosheva Nilufar ErgashevnaO`zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri,
|
1992-1997yy. -Qarshi davlat universiteti talabasi
1997-2000yy. -Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani H.Olimjon nomli 1-o‘rta maktab o‘qituvchisi
2000-2007yy. -Qarshi davlat universiteti qoshidagi 1-akademik litsey o‘qituvchisi
2002-2005yy. -Qarshi davlat universiteti aspiranti
2007-2011yy. -Qarshi davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi
2011-2018 yy. -Qarshi davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi
2018-2023. yy. -Qarshi davlat universitetining o‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti
2023-h.v. - Qarshi davlat universitetining o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori , kafedra mudiri.
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi 1956-yilda tashkil topgan. Filologiya fanlari nomzodi, dots. T.S.Yadixanova kafedraning birinchi mudiri bo‘lgan. U kafedrani 25 yil (1954-1979) davomida boshqardi. 1963-1964-yillarda kafedra tarkibiga o‘zbek adabiyoti kafedrasi ham qo‘shildi va o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi deb qayta nomlandi. 1988-yildan hozirgi kunga qadar O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mustaqil kafedra sifatida faoliyat ko‘rsatib keladi. 2023-yil 4-sentabrdan kafedrani filologiya fanlari doktori, professor N.Yuldosheva boshqarmoqda.
Oliy ta’lim muassasasi yoki fakultetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha:
1. Tilshunoslik nazariyasi
2. Davlat tilida ish yuritish
3. Hozirgi o‘zbek adabiy tili
4. O‘zbek tili tarixi
5. Tilshunoslikka kirish
6. O‘zbek dialektologiyasi
7. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi
8. O‘zbek tilshunosligi tarixi
9. Umumiy tilshunoslik
10. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
11. Sotsiolingvistika
12. Lingvistik tahlil asoslari
13. Ilmiy ish asoslari
14. Amaliy leksikografiya
15. Matn tahriri amaliyoti
16. Kompyuter lingvistikasi
17. Korpus lingvistikasi
18. Amaliy o‘zbek tili
19. Shaxslararo va madaniyatlararo kommunikatsiya
20. Lingvokriminalistika va ekspertiza
21. O‘zbek tilida darajalanish
22. Eski o‘zbek yozuvi
23. Lingvistik ekspertiza nazariyasi
24. Matn tarjima nazariyasi va amaliyoti
25. Amaliy dialektologiya
26. Filologik va nutqiy kompetensiyalarni baholash asoslari
27. Matn ijod nazariyasi va amaliyoti
28. Amaliy psixolingvistika
29. Kompyuter leksikografiyasi
30. Sotsiopragmalingvistika
31. Xatshunoslik ekspertizasi
32. Amaliy filologiya va menejment
33. Matnning psixologik tahlili
34. Akadem yozuv
35. O‘zbek terminologiyasi
Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha:
1. Pragmalingvistika
2. Psixolingvistika
3. Lingvokulturologiya
4. Nazariy tilshunoslik
5. Matn tilshunosligi
6. Areallingvistika
7. O‘zbek tili leksikasi taraqqqiyoti
8. Semantika
9. Assotsiativ tilshunoslik
10. Xorijiy sotsiolingvistika
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilarining keying yillardagi faoliyati davomida 10 ta monografiya, 3 risola, 12 ta o‘quv qo‘llanma, 10da ziyod uslubiy qo‘llanma, 6 ta darslik tayyorlandi va turli mavzulardagi ilmiy maqolalar xorijiy va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda chop etildi. Jumladan, 2023-2024-o‘quv yilining o‘zida kafedra professor-o‘qituvchilari muallifligida 3 ta darslik, 5 ta monografiya , 4 ta o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr etildi. 2018-yildan buyon kafedrada universitet huzurida ochilgan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash o‘z faoliyatini yuritmoqda. 2024-yilning noyabr oyiga qadar Qorqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan 150 nafarga yaqin ilmiy tadqiqotchi o‘z dissertatsiyalarini munosib himoya qilib, filologiya fanlari doktori va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori nilmiy darajasiga ega bo‘ldilar. 2020-2024-yillar davomida kafedra a’zolaridan 6 nafari filologiya fanlari doktori (DSc), 7 nafari filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Ayni paytda kafedra katta o‘qituvchisi V.Nafasova “Janubiy O‘zbekiston gidronimlarining lingvistik xususiyatlari”, kafedra dotsenti Z.Radjabova “Olamning frazeologik manzarasi: talqin tamoyillari, lingvomadaniy xususiyatlari va leksikografik asoslari” mavzusida filologiya fanlari doktori (DSc), stajyor-o‘qituvchilardan: M.Xudoyberdiyeva “O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida adabiyotshunoslik terminlarining berilishi”, Y.Djurayeva “O‘zbek tilida xotin-qizlar antroponimiyasining lingvistik xususiyatlari” , Z.Kenjayeva “ O‘zbek tilida zamon kategoriyasining gomogen va geterogen aspektlari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanishlar olib borishmoqda.
So‘nggi yillarda kafedra ilmiy salohiyatini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2020-yilda kafedra a’zolaridan B.Bahriddinova filologiya fanlari doktori (DSc), V.Nafasova filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2021-yilda G.Tojiyeva filologiya fanlari doktori (DSc), Z.Raxmatova, B.Sulaymonov va Z.Radjabovalar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2022-yilda O.Shukurov filologiya fanlari doktori (DSc), F.Maxmudova va M.Nabiyevalar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2023-yilda N.Yuldosheva va X.Yo‘ldosheva filologiya fanlari doktori (DSc), X.Karimova filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2024-yilda X.Narxodjayeva filologiya fanlari doktori (DSc), D.Abatov va O.Xo‘jamurodova filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 2020-o‘quv yilidan beri 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha doktorantura va tayanch doktarantura faoliyat yuritmoqda. Hozirda kafedrada 11 nafar doktarant tahsil olmoqda.
Doktarantlar:
1. F.Hamrayev
2. R.Nabiyeva
3. Sh.Nabiyeva
4. Sh.Ismatova
5. S.Choriyeva
6. M.Ashurova
7. Sh.Rustamova
8. Sh.Hojiyeva
9. G.Salomova
10. X.Ro‘ziyeva
11. M.Ibodova
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Rossiya FA huzuridagi Turkologiya bo‘limi, Moskva davlat lingvistika universiteti, Chelyabinsk davlat universiteti (Rossiya), Turkiya respublikasi FA Turkologiya (Anqara) bo‘limi, Turkiyaning Otaturk, Hajettepe, Bartin universitetlari, shuningdek, O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, O‘zMU, Nizomiy nomidagi TDPU, BuxDU, SamDU, FarDU, TerDU, UrDU, NamDU, QDPIlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
1. Yuldosheva Nilufar Ergashevna – kafedra mudiri, f.f.d. (DSc), professor
2. Bahriddinova Bashorat Madiyevna – f.f.d. (DSc), professor
3. Jabborov Xo‘jamurot – f.f.d. (DSc), professor
4. Tojiyeva Gulbahor Nomozovna – f.f.d. (DSc), professor
5. Urinova Olima Tog‘ayevna – f.f.n., dotsent
6. Yo‘ldasheva Xalida Qo‘ziyevna – f.f.d. (DSc), dotsent
7. Nabiyeva Munira Hamroqulovna – f.f.f.d. (PhD), dotsent
8. Kenjayeva Sabohat Eshmamatovna – f.f.f.d. (PhD), dotsent
9. Radjabova Ziyodaxon Ibodullo qizi – f.f.f.d. (PhD), dotsent
10. Nafasova Vazira Turayevna – f.f.f.d. (PhD), katta o‘qituvchi
11. Maxmudova Farangiz Muzaffar qizi – f.f.f.d. (PhD), katta o‘qituvchi
12. Karimova Xurriyat Sharipovna – f.f.f.d. (PhD), katta o‘qituvchi
13. Raxmatova Zoira Haqnazarovna – f.f.f.d. (PhD), katta o‘qituvchi
14. Jurayeva Yulduz G‘aybullayevna.– o‘qituvchi
15. Xudoyberdiyeva Maxbuba Murodovna – stajyor-o‘qituvchi
16. Bo‘riyeva Lobar Abdullayevna– stajyor-o‘qituvchi
17. Kenjayeva Zahro Suyunovna – stajyor-o‘qituvchi